Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Ko‘chirib olinmaydigan qolip


Download 280.99 Kb.
bet26/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

Ko‘chirib olinmaydigan qolip – konstruksiyalarni qolipi ko‘chirilmaydigan, pardoz qoplamasiz hamda issiqlik izolyatsiyasi va gidroizolyatsiyasizli barpo etishda qo‘llaniladi. Beton ishlarini bajarganda qolip sistemalarining quyidagi yordamchi elementlari qo‘llaniladi:
Osma so‘rilar – maxsus so‘rilar, devorlarga fasad tarafidan kronshteyn yordamida osiladi. Kronshteynlar devorlarni betonlash chog‘ida qoldirilgan teshiklarga mahkamlanadi.
Dumalatib chiqariladigan so‘rilar – tunnel qoliplarni yoki demontaj qilingan yopma qoliplarni dumalatib chiqarish uchun mo‘ljallangan surilar.
Bo‘shliq xosil qiluvchilarmaxsus qolip, monolit konstruksiyalarni shakllanishida deraza, eshik va boshqa o‘rinlarni xosil qilish uchun mo‘ljallangan.
Monolit konstruksiyalarni texnologikligini oshirishga va beton ishlarni majmuali bajarishda mexnat sarfini kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari:
  • kimyoviy qo‘shimchali yuqori qo‘zg‘aluvchanli va qo‘yma beton qorishmalarini qo‘llashga o‘tish, bu o‘z navbatida betonni tashishga, joylashtirishga va zichlashga bo‘lgan mexnat sarfini minimumgacha kamaytiradi − qo‘l mexnatini 35%, dan 8% pasayishi va bir vaqtning uzida betonlashni jadallashtirish oshganda beton qorishmasini joylashtirish nisbiy tannarxi anchaga kamayadi;


  • to‘liq tayyor armokarkaslarni qo‘llash, payvandli biriktirishdan mexanik tutashuvlarga o‘tish − mexnat sarfini 1,5... 2 martaga pasaytirish;


  • maxsus antiadgezion polimer qoplamalar bilan qoplangan inventar, tozalash va moylash ishlari bajarilmaydigan modul sistemali tez ko‘chirib olinadigan qoliplarni qo‘llash;


  • uzluksiz betonlashni qo‘llaydigan qolip sistemalaridan foydalanish, demontaj qilishga mexnat sarfi bo‘lmaydigan yoki kamaytiradigan ko‘chirib olinmaydigan qoliplarni qo‘llash.


Agarda, monolit temir beton konstruksiyalarni barpo etishga ketadigan mexnat sarfini 100% deb qabul qilsak, shundan qoliplarni o‘rnatishga ketgan mexnat sarfi taxminan – 45... 65%, armatura o‘rnatishga – 15... 25% va betonlashga – 20... 30% ni tashkil etadi.




      1. bob


Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling