Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Ajratib qayta o‘rnatiladigan unifikatsiyalashgan qolip
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
Ajratib qayta o‘rnatiladigan unifikatsiyalashgan qolip- SNIIOMTPda ishlab chiqilgan va bu qoliplarni turli xil modifikatsiyalari mamlakatimizda keng tarqalgan. Bu qolip oddiy ko‘chirib qayta o‘rnatiladigan inventar qolipdan keng miqyosda elementlarni o‘zaro almashinishi, katta bikirlikka ega va montajni osonlashtiruvchi inventar moslamalarga ega ( tortqilar, qulfli birlashtiruvlar va b.). Bunday qolip yog‘ochli, yog‘och-metalli yoki po‘latli bo‘lishi mumkin.(17.2.- rasm).
17.2-rasm. SNIIOMTP ning kombinatsiyalashgan qolip konstruksiyasi a – taxtalardan qoplangan shchit; b –namga chidamli fanera yoki plastik bilan qoplangan shchit; v – tortqi; g – to‘g‘ri burchak ostida tortqilarni birlashish tuguni; d – shchitlarni tortqiga mahkamlash detali; 1 – po‘lat karkas; 2 – taxtalardan qoplama; 3 – yon oboyma ( ramka); 4 – shchitlarni birlashtiruvchi teshiklar; 5 – uzatmalarni utkazuvchi teshiklar; 6 – namga chidamli fanera yoki qatlamli plastik; 7 – taxtali siyrak to‘shama; 8 – shveller tortqilar; 9 − 20×30 mm li brus qistirmalar; 10 – pona; 11 – kosinka-o‘rama; 12 – shayba; 13 – taranglovchi ilmoq. 17.3-rasm -. SNIIOMTP ning unifikatsiyalashgan po‘lat qolip konstruksiyasi a – qolip detallari; b – zinasimon poydevor qolipining umumiy ko‘rinishi; 1 – asosiy shchitlar; 2 – burchak shchiti; 3 – yuk ko‘taruvchi ferma; 4 – qisqich korpusi; 5 – pona; 6 – tortqi. 17.4-rasm. Ustunlar osti poydevori uchun metalli blok forma: 1- ustun osti qolip (forma) i; 2- domkratlar. Po‘lat qolipni ugolniklar, shvellerlar va qalinligi 2 mm tunuka listlardan tayyorlanadi. Yaxshi foydalanilganda uni aylanishi 200 martagacha bo‘lishi mumkin, yog‘och inventar qoliplarni aylanishi 10-15 martadan ortmaydi. Unifikatsiyalashgan qolipning konstruksiyasi yuzasi 35 m2 gacha bo‘lgan yirik o‘lchamli panellarni yig‘ish, hamda bikir qolip yoki armatura-qolipli bloklar yig‘ish imkonini beradi (17.3-rasm). Panelli yoki blokli qoliplar, yirik o‘lchamli ko‘rilmalarda va katta hajmdagi betonlash ishlarida qo‘llaniladi. Bu turdagi qoliplarni yig‘ish ishlarini narxi 50%ga kamayadi va qolip ishlari muddati qisqaradi. 17.5-rasm. Unifikatsiyalashgan yirik shchitli qolip: 1− beton qorishmasini yo‘naltiruvchisi; 2−tortuvchi; 3−tasma; 4− so‘rilar; 5−shchit; 6− vertikal ferma; 7−to‘g‘rilaydigan tortqi; 8−domkrat; 9−tashqi shchitni montaj qilish uchun so‘rilar Blok forma (17.4-rasm) bu blok forma, bir turli ikki va uch pog‘onali poydevorlarni betonlashda qo‘llaniladi. Forma o‘rnatiladi va betonlangandan so‘ng kran bilan ko‘chirib olinadi. Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha blok forma buzib olinmaydigan (ne raz’emnaya) va buzib olinadiganlarga (raz’emnaya) bo‘linadi. Birinchisi betonlangan poydevorlardan domkratlar yordamida, ikkinchisi maxsus ajratib olinadigan moslama bilan olib qo‘yiladi. Blok formani to‘g‘ri ishlatilsa, qayta ishlatilishi 150-200 martagacha boradi. Buzib olinmaydigan (ne raz’emnaya) qolip ishlridagi mehnat sarfi taxminan 0,15 odam- soat/m3 ga teng. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling