Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
BINOLARNI GORIZONTAL KO‘CHIRILADIGAN QOLIPLARDA
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
bob
BINOLARNI GORIZONTAL KO‘CHIRILADIGAN QOLIPLARDABARPO ETISH G‘ildirab gorizontal ko‘chiriladigan qolipG‘ildirab gorizontal ko‘chiriladigan qolip (G‘GKQ) – bu quyilgan beton yetarli mustahkamlikka erishgach, davriy ravishda gorizontal yo‘nalishda ko‘chiriladigan qolipdir. U asosan ochiq usulda barpo etiladigan katta uzunlikka ega to‘g‘ri chiziqli inshootlarni, qaysiki bu inshootlar o‘zgarmas ko‘ndalang kesimli yuzaga va yacheyka-bo‘linmalarida takrorlanadigan tipovoy (namunaviy) elementlari ko‘p (tirgak devorlar, tunnellar va kollektorlar yer osti inshootlari va kommunikatsiyalari uchun) bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Inshootning turi va hajmiy-rejalashtirish yechimiga bog‘liq holda g‘ildirab gorizontal ko‘chiriladigan qolip (G‘GKQ) o‘ziga xos texnologik jihatlarga ega, biroq to‘liq holda asosiy konstruktiv yechimi o‘zgarmaydi.
qolip:
telejka (aravacha); 8 – kollektorning tubi.
Yo‘naltiruvchi bo‘ylab yoki relsda qoliplarni siljitish uchun u g‘ildiraklar va telejkalar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular lebedkalar yoki uzatmalar bilan tortib qo‘zg‘atiladi Beton qorishmasi yotqizilib va qotgandan so‘ng qolip shchitlarini betondan ajratib olib tashish (transport) holatiga keltiriladi. So‘ngra qolip yo‘naltiruvchi qurilmalar yordamida barpo etiladigan inshootning bo‘ylamasiga yangi to‘xtash joyiga siljitiladi. Qolipni ajratishda ichki gorizontal shchitlar xuddi sindirilgandek qayriladi va pastga tushirilish mobaynida o‘zi bilan vertikal shchitlarni tortadi; ular ham betondan ajraladi va buriladi. Kollektor va tunnellar uchun mo‘ljallangan G‘GKQlar to‘g‘riburchakli va egri chiziqli kesimli bo‘lishi mumkin. Qolip bilan eni 2100…2800mm (100mm modulda) xamda balandligi 1800...2200 mm bo‘lgan inshootlarni betonlash mumkin. Balandligi yon tomonda joylashgan teleskopik ko‘taruvchi tirgaklar yordamida o‘zgartiriladi. Enini esa yon tomon sirtini markaziy tirgak bilan pastki rigel (to‘sin)ga nisbatan surish orqali amalga oshiriladi. Bu tirgak vintli domkrat bilan jihozlangan, u esa ichki qoliplarni ko‘chirish (ajratish) yana uni ish holatiga o‘rnatishga imkon yaratadi. G‘GKQlarning gumbazsimon-qobiqli va ikki tomonlama egrili qobiqsimon konstruksiyalarni betonlashda qo‘llaniladigan turlari ham bor. Betonlanayotgan oralik(prolet)larning orasi 12...18 m gacha, inshootning poldan orayopma tagigacha balandligi 5...7 m gacha yetishi mumkin. Bir zveno inventar qolipining uzunligi 6 m ga ega, qamrov uzunligi bo‘yicha talab qilingan ish maromiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida 2...3 va undan ortiq bug‘un qoliplar bo‘lishi mumkin. G‘GKQlarning baland va uzun o‘lchamli devorlar yoxud tirgak devorlarni betonlashda qo‘llaniladigan turlari ham mavjud (18.2-rasm). Qolip shchitlari 8m gacha uzunlikda bo‘lib, ular qo‘zg‘aladigan P-simon rama (portal)larga mahkamlangan. Portalning 800 mm gacha qalinlikdagi har-xil devorlarni yaratishga imkoni bor. Portalning yo‘naltiruvchi qurilmalari orqali navbatdagi yarus (pog‘ona) ni betonlash uchun qolipni yuqoriga siljitib qayta o‘rnatish mumkin. Qolip shchitlari betondan ajratilgach, domkratlar bilan gorizontal siljitiladi, ko‘tarish-tushirish esa po‘lat troslar yordamida amalga oshiriladi. 18.2-rasm. Devorlarni betonlashga mo‘ljallangan G‘GKQ 1 – vibrator; 2 – muayyan holatda mahkamlovchi moslama (fiksator)lar; 3 – to‘g‘ri chiziq bo‘yicha sirg‘aluvchi qism (polzun); 4 – tutashtiruvchi to‘sin; 5 – qolip shchitlari; 6 – shchit-larni ko‘taruvchi lebedka; 7 – montaj qurilmasi; 8 – zina; 9 – G‘GKQ tirgaki (ustuni); 10 – elektr uzatma; 11 – telejka (aravacha); 12 – ishchilar uchun to‘shama; 13 – to‘shamaning himoya to‘sig‘i; 14 – vibrator o‘rnatilgan beton qorishma bunkeri (idish); 15 – gorizontal ko‘chiriladigan telejka; 16 – relsli yo‘l.
Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling