Rasulova iroda dilshod qizi


Tadqiqotning obyekti va predmeti


Download 0.89 Mb.
bet4/29
Sana11.07.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1659709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
eng so\'ngi

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Ishning obyekti О‘zbekiston va boshqa xorijiy mamlakatlar Respublikasi Markaziy banki monetar siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyoti hisoblanadi.
Markaziy bank monetar siyosati instrumentlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar ishning predmetini tashkil qiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari – О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
- Markaziy bank monetar siyosatining mohiyati, ahamiyati va turlarini yoritib berish;
- Markaziy bank monetar siyosatining nazariy asoslarini о‘rganish;
- О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining amaldagi holatini tahlil qilish;
- Markaziy bank tomonidan pul muomalasini barqarorlashtirish siyosatining
strategik maqsadlari amaliyotini yoritish;
- О‘zbekistonda pul-kredit siyosatidan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarni о‘rganish va ularni ilg’or xorij tajribasi asosida bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini bank tizimi likvidliligiga ta’sirini kuchaytirish maqsadida quyidagi innovatsion vositalaridan foydalanish lozim:
– xalqaro reyting agentliklarining yuqori (investitsion) reyting baholariga ega bо‘lgan korporativ obligatsiyalardan tо‘g‘ri va teskari REPO operatsiyalarining obekti sifatida foydalanish lozim;
– tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxira ajratmalari miqdoridan kelib chiqqan holda, ularga qayta moliyalash kreditlari berish zarur;
– Markaziy bankning majburiy zaxira siyosati va qayta moliyalash siyosati o'rtasidagi mutanosiblikni taʻminlash yo'llari ishlab chiqilgan;
– mamlakat iqtisodiyotining pul mablag'lari bilan taʻminlanganlik darajasini oshirish uchun ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirshning zarurligi asoslab berilgan;
– milliy ssuda kapitallari bozori faoliyatining uzluksizligi va uning likvidliligini taʻminlash maqsadida kredit resurslari taklifi va ularga bo'lgan talab o'rtasidagi muvozanatning taʻminlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling