Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


 Elektron tijoratdagi firibgarliklardan himoyalanish


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

6.3. Elektron tijoratdagi firibgarliklardan himoyalanish 
1. Elektron pochta orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ximoya 
usullari. Barchaga ma’lumki, elektron pochta xozirgi kunda xavfli dasturlarni 
internet orqali tarqatishning eng ommaviy va keng tarqalgan usulidir. Elektron 
pochtadan jo’natiladigan ma’lumotlar oddiygina matn ko’rinishida bo’lib, u 
unchalik xavfli emas. Ammo bu ma’lumotga biror bir fayl biriktirilsa, endi ushbu 
elektron ma’lumot viruslar tufayli xavfli yoki o’ta xavfli bo’lib qolishi mumkin. 
Xavf-xatar tugdiradigan dasturlar u yoki bu ko’rinishidagi bajariladigan fayllar 
(mustaqil yoki skriptli fayllar) bo’lib, ular yozilgan kompyuterda ishga tushib 
ketadilar va foydalanuvchini o’ta nochor axvolga solib qo’yadilar. Ular bilan 
kurashish usullari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: 

Xavfli va virus bilan zararlangan fayllarni kompyuteringizga tushishining 
oldini olish; 

Agarda ular kompyuteringizga tushganini bilib qolsangiz, bunday dasturlarni 
kompyuteringizda ishga tushirmaslik; 

Agarda virus ishga tushib ketgan bo’lsa, ular katta talofat yetkazmasligi 
uchun kerakli chora-tadbirlarni ko’rish. 
Agarda 
siz virusli ma’lumotni olib bo’lgan bo’lsangiz, demak 
kompyuteringizning zararlanishi tomon birinchi qadamni qo’ygansiz, chunki xavfli 
fayl qattiq diskingizda saqlanib bo’lgan. Ammo xozircha bu xolat barcha ish 
barbod bo’ldi degani emas, lekin bu juda xavfli xolat. Shuning uchun xam zudlik 
bilan kerakli bo’lgan ximoya chora-tadbirlarini ko’rish lozim. Ko’pchilik elektron 
pochta aloqa serverlarida xavfli va shubxali ma’lumotlarni filtrlaydigan dasturlar 


251 
o’rnatib qo’yilgan. Lekin umumiy filtrlarning samarali ekanlgiga qaramasdan, ular 
oldindan ma’lum bo’lgan viruslarnigina filtrlaydi, yangi viruslar esa elektron 
pochta qutisiga bemalol kirib, joylashaveradi. Bu esa o’z navbatida xavfsizlikni 
ta’minlash uchun qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rishni taqozo qiladi. O’z pochta 
qutingizni xavfli dasturlardan saqlashning eng yaxshi usuli - bajariladigan fayllar 
biriktirilgan elektron ma’lumotlarni qabul qilmaslikdir. Agar shunday filtr 
o’rnatilsa, bajariladigan fayllar biriktirilgan barcha elektron pochta ma’lumotlari 
pochta serverida avtomatik ravishda yo’qotiladi. Bu tadbirning juda xam radikal 
ekanligiga qaramasdan, u juda xam samarador va foydalanuvchiga unchalik 
noqulaylik tugdirmaydi. Chunki, birinchidan, elektron pochta orqali ko’pincha 
dasturlar emas, balki xujjatlar va tasvirlar junatiladi. Ikkinchidan, agar pochta 
orqali dastur olinishi kerak bo’lsa, bu xaqda jo’natuvchi bilan aloxida kelishib 
olish mumkin (masalan, unga dasturni arxivlangan ko’rinishda jo’natishni 
so’rashingiz mumkin). Bunda ikki karra yutasiz - virusdan ximoyalanisiz xamda 
faylingiz tezroq uzatiladi. Yana bir usul serverdan dastlab ma’lumotlarning 
sarlavxalarini olib ko’rib chiqish va keyin keraksizlarini yuqotgan xolda faqatgina 
keraklilarini kompyuterga yuklash. Bu ishni amalga oshirish uchun xam maxsus 
dasturlar mavjud. Agar siz ma’lumotlarni faqatgina bajariladigan fayllar 
ko’rinishida olishga majbur bulsangiz, u xolda xavfli dasturlarni o’z 
kompyuteringizda aslo ishga tushirmaslik choralarini ko’rishingiz lozim. Agarda 
elektron ma’lumot sizga tanish bo’lmagan insondan sizga jo’natilgan bo’lsa, 
sichqoncha bilan ikki marta turtgan xolda ma’lumotni ochib ko’rish mumkin emas! 
Matnni tez ko’rib chiqish rejimida ko’rmoq tavsiya etiladi, buning uchun 
ma’lumotga sichqoncha bilan bir marta turtiladi va uning nomiga qarab, nimaligi 
aniqlanadi xamda shubxali ma’lumotlar darxol yo’qotiladi.
Siz jo’natilgan fayllarni (u do’stlaringizdan, xamkasblardan yoki taniqli 
firmalar nomidan bo’lsa xam) darxol ochib o’tirmang. Chunki ular tarmoq 
chuvalchanglari tomonidan avtomatik ravishda junatilgan bo’lishlari xam mumkin. 
Elektron 
pochta 
ma’lumotlarini 
ko’rib 
chiqayotganda 
fayllarning 


252 
kengaytirgichlariga xam e’tibor bering. Quyidagi kengaytirgichli fayllar juda xavfli 
bulishlari mumkin: 
 -ade adp bas bat 
-chm cmd com cpl 
-crt eml exe hlp 
-hta inf ins isp 
- jse lnk mdb mde 
-msc msi msp mst 
-pcd pif reg scr 
-sct shs url vbs 
-vbe wsf wsh wsc 
Ko’pchilik xollarda viruslar oddiy grafik, audio va videofayllar tarkibiga 
joylashib oladilar. Shuning uchun faylning xaqiqiy kengaytmasini bilish uchun 
tizimda fayl kengaytirgichlarini ko’rsatish rejimini o’rnatish tavsiya etiladi. Fayllar 
biriktirilgan elektron ma’lumotlarni olishda ayniqsa extiyot buling va shubxali 
ma’lumotlarni darxol o’chirib tashlang. Pochta dasturida ma’lumotlarni to’la 
uchirish uchun quyidagi amallarni bajaring: 
Kirish papkasidan ma’lumotni o'chiring; 
O’chirish papkasidan ma’lumotlarni yo'qoting; 
Fayl/Papka/Barcha papkalar siqishtirilsinoptsiyasini tanlab, papkalar uchun 
«Siqishtirilsin» operatsiyasini bajaring. 
Ming afsuski, ba’zi xolatlarda (shoshib yoki yanglishib) elektron fayllar ochilib 
ketishi mumkin. Bundan ximoyalanish uchun esa quyidagi chora-tadbirlar ko’rish 
tavsiya etiladi: 
 Eng avvalo antivirus dasturlarning eng so’nggi versiyalarini 
kompyuteringizga o’rnatib qo’ying; 
 Kompyuteringizga shaxsiy tarmoqlararo ekran (firewall) o’rnatib qo’ying; 
 Xavfli dasturlar bajarishi mumkin bo’lgan amallarni tekshirish va oldini 
olishga imkon beradigan va antivirus dasturlar tarkibiga kiruvchi qorovul-
dasturlarni kompyuteringizga o’rnating. Ular operatsion tizim ishga 


253 
tushirilganida avtomotik ravishda ishga tushadilar va bilintirmagan xolda o’z 
ishlarini boshlaydilar; 
Kompyuteringizning internetga ulanish seansida kompyuteringizda nimalar ro’y 
berayotganiga aloxida e’tibor qarating. Agarda siz internetda xech qanday ish olib 
bormayotganingizga qaramay, ma’lumot uzatish indikatorining ma’lumot 
uzatilayotganini ko’rsatishi viruslar ishga tushganini anglatadi. Bunda siz darxol 
aloqani to’xtatib, kompyuteringizni antivirus dastur yordamida tekshirib chiqing. 
Tashki modemning chiroqchasi o’chib-yonishi yoki masalalar panelidagi 
kompyuterlarning ulanganini ko’rsatuvchi belgichaning ko’rinib turishi tarmoq 
bilan aktiv ish olib borilayotganini ko’rsatadi.
2. Muloqot vositalari, telekonferentsiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va yangilik 
guruxlari orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ximoya usullari. 
Internetda viruslar eng ko’p miqdorda uchraydigan joy - turli xildagi 
yangilik guruxlari, ijtimoiy tarmoqlar va telekonferentsiyalar mavjud bo’lgan 
internet resurslarihisoblanadi. Boshqacha suzlar bilan aytganda, yangiliklar fayllar 
olishning eng ishonchsiz usuli bo’lib, himoya ma’nosida ularndan juda extiyot 
bo’lmoq lozim. Shuning uchun xam yangiliklardan faqatgina kerakli ma’lumotlarni 
olish va bilish uchungina foydalaning. Ulardan tekin dasturlar olish uchun 
foydalanish achinarli natijalarga olib kelishi mumkin. Yangiliklar guruxlarida 
ishlaganda o’zaro aloqa vositasi xuddi elektron pochta singari bo’lgani uchun 
yuqoridagi tavsiyalarga og’ishmay rioya qilishingiz kerak bo’ladi. Ammo bunday 
avtomat dasturlarni osonlik bilan aldab ketish mumkin. Masalan, unga quyidagicha 
qilibqandaydir ajralib turgan kism kiriting: 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling