Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

operatsiyalri, kontraktlar, patsientlar yoki mijozlar haqidagi ma’lumotlar, turli 
ko’rinishdagi bilimlar va boshqalar) saqlanishi mumkin. Blokcheyn 
texnologiyalarini amalda qo’llashda ko’pincha aqlli kontraktlar (smart contract
tushunchasi ham ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga o’tishdan avval kontrakt nimaligini 
eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko’p shaxlar orasida qandaydir huquq 
yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o’zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab 
beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-
sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli 
olamda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar 
majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat - algoritmdir. Aqlli kontraktlarning 
amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib tashlaydigan 
markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning 
bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda qiymat uzatish 
vositasi - kriptovalyutani ishlatish lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin 
blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 


277 
Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar 
majmuasini yoki ma’lumotlar to’plamini saqlay olamiz. Masalan: 
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen 
ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin:


278 
Blokchen texnologiyasidan jahon miqyosida foydalanish bo’yicha yana bir qancha 
real misollarni quyidagi tasvir orqali tasavvur qilishingiz mumkin: 
Blokchen texnologiyasining notarial idoralar ishida ishlatilishiga yaqqol misol esa 
quyida infogramma ko’rinishida keltirilgan: 


279 
Taqsimlangan reestr vositasida buxgalteriya ishini yuritish bo’yicha real mavjud 
bo’lgan platformalarga misol sifatida Everledger ni keltirishimiz mumkin 
(everledger.io). Bu blokcheyn texnologiyalarning jahon miqyosida ishlatilayotgani 
va tan olinayotganiga o’ziga hos xayotiy bir misoldir. Gruziyada ham yer kadastri 
ishlari bitkoinning blokcheynida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud. 
Ukrainada esa blokcheyn yordamida kim oshdi savdolari o’tkazilsh loyihalari 
amalga oshirilmoqda. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling