Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
vositalarining birgalikda ishlatilishi) paydo bo’lishiga olib keladi. Ammo
hozirda carshering degan tushuncha ham mavjud, bunda qandaydir bir tomon uning mulkdori bo’lmaydi. 5. Kommunikatsiya va koordinatsiya. Simsiz aloqa vositalari, videokonferentsiyalar va hujjatlar almashinish uchun qo’llaniladigan dasturiy ta’minot kabi kommunikatsiya vositalari insonlar va resurslarga olar qaerda bo’lganligidan qat’i-nazar o’zaro yaxshiroq muloqot qilish imkonini beradi. Shu tufayli firmalar o’z mahsulotlari va hizmatari bilan global bozorda yaxshiroq ishlay oladilar. 2016 yildan boshlab G7 va G20 ministrlari darajasida raqamli transformatsiya masalasi global kun tartibida katta ahamiyat kasb eta boshladi. Hozirgi paytda luda ko’p davlatlarning va jahon bo’yicha ko’zga ko’ringan rahbarlarning orasida raqamli transformatsiyaning jamiyatdagi ahamiyati bo’yicha yakdillik mavjud. Tarixda uchta sanoat inqilobi bo’lib o’tgan va raqamli iqtisodiyot to’rtinchi sanoat inqilobi deb hisoblanilayapti: Birinchi sanoat inqilobi 1760-1850 yillarda Buyuk Britaniyada boshlangan va bunda qishloq ho’jaligidan mexanizatsiyalshgan tizimlarga o’tilgan (paxtani qayta ishlash uskunalari, par generatorlari, paroxodlar, temir yo’llar va metallurgiya); Ikkinchi sanoat revolyutsiyasi 1870 yilda AQSH da boshlanib, tahminan 100 yillar davom etgan (ommaviy ishlab chiqarish, taqsimlash va kommunikatsiyalarning rivojlanishi, elektr, telefoniya, radio, televidenie, ichki yonuv dvigateli, osmono’par uyar, plastmassa, antibiotilar kabilar) ; 393 Uchinchi sanoat revolyutsiyasi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar bilan bog’liq bo’lib, AQSh boshchiligida 1960 yillarda boshlangan (kompyuterlarning texnik va dasturiy ta’minoti, shaxsiy komp’yuterlar, tarmoq texnologiyalari, yarim o’tkazgichlar, integral mikrosxemalar, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, meynfreymlar, elektron savdo tizimlari, mobil aloqa). To’rtinchi sanoat inqilobi jamiyatni va iqtisodiyotni fizik, raqamli va biologik dunyolarni qo’shib yuborgan holda transformatsiya qiladi va buning oqibatida jamiyatda tub o’zgarishlar qilishga qodir bo’lgan bir qancha sun’iy intellektli aqlli tizimlar yuzaga keladi. Jahon iqtisodiy forumi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq tayyorligi indeksi (Networked Readiness Index) mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotga tayyorligining asosiy ko’rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Buko’rsatgichraqobatbardoshlikvahayot sifatini ta’minlashda iqtisodiyot information-kommunikatsion texnologiyalarni qanchalik yaxshi ishlatayotganligini ko’rsatadi. Jahondagi mamlakatlardan 139 nafari ishtirok etgan reytingda birinchi o’rinda Singapur davlati turadi. Boshqa davlatlarning o’rni esa quyida keltirilgan: 1. Singapur - 6.0 2. Finyandiya - 6.0 3. Shvetsiya - 5.8 4. Norvegiya - 5.8 5. AQSH - 5.8 6. Niderlandiya - 5.8 7. Shveytsariya - 5.8 8. Britaniya - 5.7 9. Lyuksemburg - 5.7 10. Yaponiya - 5.6 11. Daniya - 5.6 12. Gonkong - 5.6 13. JanubiyKoreya - 5.6 394 14. Kanada - 5.6 15. Germaniya - 5.6 16. Islandiya - 5.5 17. YangiZelandiya - 5.5 18. Avstraliya - 5.5 19. Tayvan, Xitoy - 5.5 20. Avstriya - 5.4 * Jahon Iqtisodiy Forumi ma’lumotlari asosida tuzilgan: URL: http:/ / reports.weforum.org/global-information-technology-report-2016/networked- readiness-index/ YangiraqamlitexnologikbosqichnihozirgiHigh-Tech davridan farqli o’laroq, Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling