Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Digital Transformation
- 11-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDA ELEKTRON TIJORAT MODELLARI 11.1. Elektron tijoratning asosiy modellari
- Vositachilik modeli
10-bob uchun savol va topshiriqlar:
1. Elektron tijoratda bank-moliya hizmatlarini raqamlashtirish nima uchun kerak va qanday amalga oshirilishini tushuntirib bering. 2. Moliyaviy hizmatlarni raqamlashtirish jarayoni qanday tartibda amalga oshiriladi? 3. FinTex degan tushuncha nimani anglatadi va uning ma’no-mohiyati nimadan iboratligini misollar vovitasida tushuntiring? 4. Elektron tijoratda raqamli bank faoliyati qanday amalga oshadi va u nimalardan iborat?; 396 5. Digital Transformation qanday amalga oshirilishini iqtisodiyotdan misollar vositasida tushuntiring. 6. Elektron tijoratdagi moliyaviy hizmatlar spektrinimalardan iborat ekanligini hayotiy misollar yordamida tushuntirib bering. 11-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDA ELEKTRON TIJORAT MODELLARI 11.1. Elektron tijoratning asosiy modellari Ushbu bo’limda elektron tijorat bilan bog’liq bo’lgan quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi: Biznes modellar nima va ularning qanday turlari mavjud? Qanday qilib kompaniyalarning muvaffaqiyatli biznes-modellari tashkil qilinadi? Informatsion agentliklar va messenjerlr qanday qilib pul topadilar? Ijtimoiy saytlar va mobil ilovalarning turli xildagi monetizatsiya tuzilmalarida qanday kuchli va kuchsiz tomonlar mavjud? Qanday qilib bu soxadagi muvaffaqiyatsizliklardan samarali homoyalanish mumkin? Biznes model kompaniyaga samarali tijorat foaliyatini yuritish va o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha biznes jarayonlar to’plamidir. Kompaniyalar biznes modelni tovar va hizmatlar yaratish va buning qandaydir miqdorda oqibatida foyda olish uchun ishlatadilar. Biznes model kompaniyaning qanday qilib pul ishlashi bo’yicha ishga yondoshuvidir. Maqsadga muvofiq bo’lgan va foyda keltiradigan biznes-model qurish uchun quyidagi bir qancha savollarga javob berish kerak bo’ladi: Kompaniya qanday xizmat yoli mahsulot sotadi uning qimmatliligi nimada? Iste’molchilar ushbu mahsulot nyoki xizmatlardan qanday naf ko’rishlari mumkin? Iste’molchilar ushbu mahsulot yoki xizmatdan o’zlarining qanday muammolarini hal qilishlari mumkin? 397 Mahsulotning sifati va bahosi bozordagi shunday mahsulot yoki xizmatlarning sifati bilan qanday munosabatda? Kompaniya qanday bozor segmantiga kirishni rejalashtirayapti? Kompaniya qanday qilib o’z mahsulot yoki hizmatlarini sotadi? Mahsulot va xizmatlarni sotish uchun qanday kanallar mavjud? Kompaniya faoliyatini ta’minlash uchun qanday zahiralar kerak bo’ladi? Biznes-modelni tadbiq etish uchun kompaniya qanday harajatlar qilishi kerak? Mijozlar bilan aloqalar qanday qilib amalaga oshiriladi? Kompaniya mijozlarni qanday qilib o’ziga jalb qiladi? Mijozlar uchun qanday yengilliklar yaratiladi? Mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladi? Mijozlarning vaqtinchalikdan doimiyga aylanishi uchun qanday tadbirlar majmuasidan foydalaniladi (chunki doimiy mijozlar kompaniyaga asosiy foydani keltiradi)? Zahiralar yetkazib beraidgan, xizmat ko’rsatadigan va information tizimlar ishnichliligini ta’minlab beradigan hamkorlar hamda raboqatchilar bilan aloqalar qanday amalga oshiriladi? Kompaniya biznes-modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar bo’lishi mumkin (Tools for Business Model Generation, Alexsander Osterwalder. http://ecorner.stanford.edu/authorMatrialInfo.html?mid=2875 ):qiymatyaratadigan taklif, asosiyresurslar, faoliyatningasosiyturi, asosiyhamkorlar, iste’molsektorlari, mijozlarbilano’zaroaloqa, sotuvkanallari, puloqimlarivasarf-harajalarttarkibi. Internetda ishlaydigan biznes modellarning eng ommabop tasnifi AQSH Shimoliy Karolina shtati universiteti professori Maykl Rappniki hisoblanadi [6]. Intenet biznesi modellarining ushbu tasnifi o’z tarkibiga 41 ta modelni qamrab oladi va u to’qqizta kategoriyaga bo’lingan: 1. Vositachilik modeli (Brokerage Model) – bu modelni ish faoliyatidan qat’i- nazar vositachi kompaniyalar ishatadilar. Masalan, internet auktsionlar (e- 398 auction, Auction Broker), tarmoqli va mustaqil elektron birjalar (e-exchange, Market-place exchange), to’lov tizimlari (Transaction Broker), aggregator- kompaniyalar, distribyuterlar (Distributor), ma’lumot axtaruv tizimlari (Search agent), virtual mo’llar (cybermall, e-mall, Virtual Marketplace) va metavositachilar (Metamediary). Bularga misol sifatida quyidagi kompaniyalarni keltirishimiz mumkin: eBay, PayPal, GettTaxi, booking.com, Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling