Axborotlashgan iste’mol – insonning yuqori faoliyatiga bevosita
yordam beradigan mahsulot va hizmatlarning iste’molidir.
Axborotlashgan iqtisodiyot – bujamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish,
taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron (axborot-kommunikatsiya)
texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini
tadqiq etuvchi fandir. Axborotlashgan iqtisodiyot atamasi ikki xil turli
tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, axborotlashgan iqtisodiyot
– burivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot
ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, axborotlashgan
iqtisodiyot – bunazariya bo‘lib, uning o‘rganish obyekti birinchi ma’nodagi
axborotlashgan iqtisodiyot hisoblanadi. Bu holda axborotlashgan iqtisodiyot
axborotlashgan jamiyatning iqtisodiyot nazariyasini yoki axborotlashgan
iqtisodiyot nazariyasini tashkil qiladi.
Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Affiliate Network– hamkorloik marketing, bunda tashkilot katta marketing
kompaniyalari bilan hamkorlik haqida shartnoma tuzadi va har bir jalb qilingan
foydalanuvchi uchun mukofot oladi (Cost per Sale).
Aktiv reklama – interaktiv rejimda foydalanuvchini muloqotga undovchi
reklama turi.
Axborotlashgan ma’lumotlar – abstrakt ramzlar tartibga solingan
to‘plamdir bo‘lib, u harfli, sonli, vizual va tovushli bo‘ladi, insonning faoliyati
yoki mashina ishi yordamida yaratiladi. Ular axborot yaratilishida resurs bo‘lib
hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |