Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Augur huquqbuzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib
noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi.Bashorat bozorlari yakuniy 
hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun foydali, masalan: 
«IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi?» Hozir korporativ 


112 
foydaning dastlabki bahosi – bir nechta ekspert tahlilchilar bashoratlarining 
o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «Omma donishmandligi»dan foydalanib, biz 
kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. 
Bashorat bozorlari anomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun 
hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni 
ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi ham mumkin.Bashorat 
qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat 
o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar 
bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari 
asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin 
va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari 
kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi.Albatta, bashorat bozori hamma 
joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga 
qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin 
baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn 
texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan 
tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va 
funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning 
jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq 
ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik 
ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq, 
piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-biriga 
kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal faoliyat ko‘ratishning 
buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari bugunning 
o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham kutib 
turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli 
kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin. 
Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi, 
yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf 


113 
qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam 
o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan 
infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini 
o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning 
pul mashinasidan platformasiga aylanadi.Potensial foyda olish taklifi bilan jalb 
qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari yaratish 
muammosi ustida ishlamoqda. Google dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va 
tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga 
kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham 
bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. 
Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir 
vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib, 
ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum 
qilmagan holda yoki taxallus ostida (o‘ylab topilgan nom ostida - anonim) yoki 
soxta-anonim (qisman anonim) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab 
kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib chiqishi va qayta tashkil 
qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq 
savollar (ha/yo‘q) berishni o‘rganishi lozim: «Siz odammisiz?», «Amaliy 
matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++ 
dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?» 
Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma 
harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar taqdim etish shartlarini 
tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga 
solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish hisoblanadi. 
Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz mulkni emas, 
majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz 
bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri eslab qolish mumkin bo‘ladi, 
guvohlarga esa doim ham umid qilib bo‘lmaydi. Shubha va ishonmaslik yangi 
odamlar bilan birgalikda ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan 
ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid 


114 
solish hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan. 
Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida 
munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash usuliga 
aylangan. Yozma shartnomalar tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmagan 
yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. 
Blokcheyn, shartnoma harajatlarini pasaytirib, firmalarga ochilish va o‘z 
sarhadidan tashqarida yangi munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. 
Consensys (kelishuv), masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida ham 
turli qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi mumkin, 
chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-shartnomalar 
boshqaradi. Qatnashchilarning o‘zlari hammani qoniqtiradigan maqsadlarni 
belgilaydi va ularga erishganlik uchun mukofot oladi – bularning hammasi 
blokcheynda bajariladi. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling