Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Kickstarter yoki Indiegogo kabi vositachilar hamdaan’anaviy to‘lov usuli, odatda 
bank kartalari PayPal zarur. Vositachi bu ishlarning hakami hisoblanadi, jumladan, 
kimga nima tegishli ekanligini u hal qiladi.Blokcheynda aksiyadorlashtirish (bu bir 
variant) ushbu konsepsiyani 
yanada rivojlantiradi. Endi kompaniyalar 
«blokcheynda» moliyaviy mablag’lar to‘plashi, kompaniyaning moddiy 
qiymatlariga mos keladigan tokenlar yoki virtual qimmatli qog‘ozlar chiqarishi 
mumkin. Ular aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqalar bilan bog‘liq holatda 
bo‘lgani kabi, tokenlarning egalariga kompaniya qaysi bashorat bozorlarini 
ochishini hal qilish huquqini bergan holda,raqamli platformada kotirovka qiladigan 
bozor qatnashchilari pozitsiyalarini aks ettirishi mumkin. Ethereum oldindan 
berilgan buyurtmalar bo‘yicha o‘z tokeni, ethersotish uchun tamomila yangi 
blokcheyn tizimi rivojlantirishni moliyalashtirib, yanada katta muvaffaqiyatga 
erishdi. Hozirda Ethereum –uzunligi bo‘yicha ikkinchi va rivojlanish sur’ati 
bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan ommaviy blokcheyn tizimi hisoblanadi. Augur 
kraudfandingida investitsiyalarning o‘rtacha summasi 750 dollarni tashkil qiladi, 
lekin 1 dollar yoki hatto 10 sentlik minimal obunalarni tasavvur qilish ham 
unchalik qiyin emas. Dunyoda istalgan kishi – hatto aholining eng qashshoq 
qatlamlari va eng uzoq mintaqalar aholisi ham – fond bozorinig investoriga 
aylanishi mumkin. Augur rahbarlar jamoasining hisoblashicha, bashorat 
bozorlarining yagona amaliy chegarasi - tasavvurdir. Augurga istalgan shaxs 
yakuniy sanasi aniq bo‘lgan ma’lum bir bashorat e’lon qilishi mumkin.Augur 
kelajakdagi hodisalar – sport musobaqalari, saylovlar, yangi mahsulotlar ishlab 


111 
chiqarish, mashhur kishilarning farzandlari kelajagini aniq bashorat qilish uchun 
foydalanuvchilarni 
mukofotlaydigan 
bozorlarni 
bashorat 
qilish 
uchun 
mo’ljallangan nomarkazlashgan raqamli platforma yaratadi. U qanday faoliyat 
ko‘rsatadi? Augur foydalanuvchilari qiymati u yoki bu natija ehtimoli bilan 
belgilanadigan bo‘lg‘usi hodisa natijasi aksiyalarini sotishi yoki sotib olishi 
mumkin. Agar ehtimol 50 ga 50 ni tashkil qiladigan bo‘lsa, aksiyalar xarid qiymati 
50 sentni tashkil qiladi. Augur «ommadonishmandligi»ga – hodisaning natijasini 
ko‘p sonli odamlar guruhi bitta yoki bir nechta ekspertdan ko‘ra aniqroq aytib 
berishi mumkin deb hisoblaydigan ilmiy tamoyilga tayanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, Augur bashoratlar aniqligini oshirish uchun bozor mexanizmidan 
foydalanadi. Avvalroq Hollywood Stock Exchange, Intrade va HedgeStreet (endi 
Nadex) kabi markazlashtirilgan bashorat bozorlari tashkil qilishga urinishlar ham 
bo‘lgan, lekin ularning katta qismi yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish 
bilan bog‘liq muammolar tufayli umuman ishga tushirilmagan.Blokcheyn 
texnologiyasidan foydalanish bunday tizimni nisbatan chidamli, aniqroq, xatlar, 
majburlashlar va likvidlik muammosiga nisbatan barqaror qiladi. Augur 
platformasida hakamlar «referi» deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning 
nufuzi bilan belgilanadi. «To‘g‘ri xulq-atvor uchun» - ya’ni ro‘y bergan voqea, 
saylov yoki o‘yin natijasi uchun – ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. Tizimda 
axloqiy me’yorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib keladi: 
foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bozorlar 
tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. Augur ta’kidlashicha, 
«bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, markazlashtirilgan serverlar 
bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn, 
ether va barqaror kriptovalyutalarni qo‘llagan holda global bozorni shakllantiradi. 
Barcha mablag‘lar smart-shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi». 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling