Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

2-Bob uchun savol va topshiriqlar: 
1. Blokcheyn nima va elektron tijoratda blokcheynlar qanday ishlatilishi 
mumkin? 
2. Elektron tijoratda va elektron biznesda blokcheynlarning faol ishlatilishi 
qanday amaliy natigalarga olib keladi? 
3. Zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning elektron tijoratdagi ahamiyati 
nimalarda ko’rishimiz mumkin? 
4. Qanday usul va vositalar orqali blokcheylarda elektron tijoratning 
havfsizligi ta’minlandai? 
5. Elektron 
tijorat 
nuqtai-nazaridan 
moliyaviy 
texnologiyalar 
transformatsiyasi larayoni nima va u qanday qilib amalga oshiriladi? 
6. Elektron tijoratda va biznesda korxonalarning qanday asosiy biznes-
modellari bilasiz? 


131 
3-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY TARKIBIY 
ELEMENTLARI TAVSIFI 
3.1. Maynerlar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyati 
Maynerlar, ya’ni kriptoiqtisodiyotda raqamli valyutalarni yaratuvchi 
(emissiya qiluvchi) sub’ektlar 2015–2018 yillarda bitkoin kursining o‘sishi 
hisobiga ulkan daromadga ega bo‘ldilar hamda uning kursi 2015 hamda 2018 
yillarda keskin pasayishidan katta ziyon ham ko‘rdilar. Ammo, shunga 
qaramay,kriptovalyutalar yordamida potensial foyda olish imkoniyati borligi 
tufayli, ko’pchilik insonlar va kompaniyalar o’zlarning kompyuter resurslarini 
mayning sohasiga jalb qilishni hali ham davom ettirmoqdalar. Harajatlar, ayniqsa, 
elektr energiyasi harajatlari o‘sishi foyda olishni tobora qiyin vazifaga 
aylantirishiga qaramay, mayningdakompyuter quvvatlarining hayratlanarli tarzda 
o‘sishi kuzilmoqda. Bitkoin jamiyatining ayrim a’zolari mayningni – o’zlari uchun 
farovon hayot timsolideb hisoblanadilar va bunga ishonadigan kishilar yetarli 
darajada ko’p. Shunday qilib, mayning ayni damda «qurollanish poygasi» yoki 
«xeshreytlar urushi» bosqichida turibdi. Maynerlar bitkoin matematik masalalarini 
yechishda 
g‘olib 
chiqish 
uchun 
tobora 
yuqori 
natija 
beradigan 
superkompyuterlardan va algoritmlardan foydalanmoqdalar.Nazariy jihatdan 
blokcheyn faqat bitta bo‘lishi lozim va u asta-sekinlik bilan barcha tasdiqlangan 
tranzaksiyalarning uzluksiz, monolit qaydini yaratadigan xesh-aloqalar asosida 
shakllanadi. Vaqti-vaqti bilan blokcheynda ikkilanishlar paydo bo‘ladi: tashlangan 
– tugallanmagan yoki tasdiqlanmagan tranzaksiyalar bloki vujudga keladi. Boshqa 
maynerlar uni verifikatsiya qilishga urinadilar, lekin ba’zidauning qonuniyligi va 
unga o‘z bloklarini qo‘shib olish immkoniyatiga ishonchlari komil bo‘lmaydi. 
Biroqumumiy rozilikka asosan tashkil qilingan bitkoin tizimi zo‘r mahorat bilan 
ishlangani shundaki, bunday ikkilanishlar uzoq vaqt davom etmaydi. Axir 
maynerlar guruhlari eng uzun blokcheyn tarmog‘i qonuniy hisoblanadi degan 
taxmindan kelib chiqib, harakat qiladilar. Maynerlarning aksariyati, muayyan 
blokcheyn tarmog‘i ustida birgalikda ishlab, uning qonuniyligini tasdiqlaydilar. 


132 
Chunki ular ko‘pchilik maynerlar tomonidan tan olinmaydigan zanjirning kichik 
tarmog‘ini xato ravishda (yoki firibgarlik maqsadlarida) davom ettishga harakat 
qilib, ushbu kichik qismi ega bo‘lgan hisoblash resurslariga ega bo‘ladilar. 
Kattaroq hisoblash resursi shuni anglatadiki, unga ega bo‘lgan maynerlarning 
ko‘pchiligiko‘proq sonli kriptotangalar yutadilar va vaqt o‘tishi bilan uzunroq 
blokcheyn zanjirini quradilar. Bu holatni o‘z bloklarini bloklar raqamlari pastroq 
bo‘lgan va zanjirlari qisqaroq tarmoqlariga ulaydigan kompyuterlar darhol sezib 
qoladilar. Bu «adashgan» maynerlarkeyinroq zanjirning uzunroq tarmog‘iga o‘tib 
oladilar. Bloklar va tranzaksiyalarularni maynerlarning ko‘chiligi shunday 
hisoblagan holdagina qonuniy hisoblanadilar. Agarda alohida olingan bir mayner 
o‘z qo‘lida tarmoq hisoblash resursining 50%dan ortig‘ini mujassam etadigan 
bo‘lsa, muammo yuzaga kelishi mumkin. Shunday qilib, ochiq kodli dasturlar 
bilan ishlaydigan dasturchilar guruhi hozirgi paytda «egoistik mayning» va «51% 
hujum»dan himoya qilishning qo‘shimcha choralarini qidirish bilan mashg‘ullar. 
To‘g‘risini aytganda, bitkoin yaratilgan paytdan beri bunday turdagi hech qanday 
muttahamlik sodir bo‘lmagan. Satoshi Nakamoto yozganidek, «…agar qaysidir 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling