Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

jamlanmasi» deb atalishi kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlarda ajralish va 
hamkorlar tarmog‘iga birlashish tendensiyasini namoyish etadilar. Individual 
buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadidahuddi 
blokcheyn kabi, 3D-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni foydalanuvchiga 
yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari inson 
hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa haqidagi 
metama’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu korporativ ishlab 
chiqarish chegaralarini misli ko’rilmagan darajada kengaytiradi.Bu texnologiyalar 
tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini 
kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (va boshqa 
tana a’zolariga) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib 
ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda va yaxshi boqilgan, dori-
darmonlar berilmagan, ekologik tozaqoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va 
hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz 
foiz kafolatlay olmaydilar. Hech kim har bir molning biografiyasini yozib 
o‘tirmaydi,biz esa bu go’shtdan bifshteks pishiramiz, lekin uning «ishonchli» 
ekanligini tekshirish uchun esa qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga 
ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab bifshtekslar 
sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish kasalligi epidemiyasi ham 
uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar.Oziq-ovqat sanoati blokcheynda 
nafaqat har bir buqaning raqamini, balki istiqbolda jonivorning DNKga bog‘lab 
qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch o‘lchamli 
qidirish imkoniyatlari foydalanuvchiga jonivor tarixini bilish va parrandalarni 
to‘liq miqyosda kuzatish imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual 
boshqarish va ularni DNK asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan 
murakkab (lekin qo‘llash oson bo‘lgan) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik 
go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini 
kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu axborot laboratoriya tadqiqotlarini 


124 
qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda sanitariya hizmatlariga 
javobgarliklarni tezlashtiradi. 
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi 
qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir. 
Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va 
faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot 
bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon 
beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik 
bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha 
o‘zgartirib yuboradi. Jive, IBM Connections, Microsoft Yammer, Google Apps 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling