Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Ascribe yangi startapi rassomlarga mustaqil ravishda raqamli asarlarni tarmoqqa 
yuklash, yakuniy versiyani qayd etish va ularni shu tariqa uzatishga imkon 
beradiki, ular bitkoin kabi bir to‘plamdan boshqasiga o‘tib turadi. Bu shubhasiz
mualliflik huquqlari uchun ulkan o‘sishdir. Yangi texnologiya intellektual mulk 


119 
uchun tegishli bo‘lgan muammoni raqamli huquqlarni boshqarishning mavjud 
tizimlaridan foydalangan holda yaxshiroq hal qilishga imkon beradi va natijada 
rassomintellektual mulkini qaerda va qachon e’lon qilishni o‘zi hal qilishi mumkin 
bo‘ladi.Blokcheyn asosidagi ishonch protokolishirkatlar – umumiy maqsadlarni 
ko‘zlaydigan qatnashchilar jamoasi tomonidan tashkil qilinadigan va nazorat 
qilinadigan mustaqil uyushmalar tashkil bo’lishiga turtki beradi.«Uberni 
birgalikdagi iste’mol iqtisodiyoti kompaniyasi deb atash – bema’nilikdir, - deydi 
Garvard professori Benkler. Uber iste’molchilar uchun tashuvlar qiymatini 
pasaytiradigan biznes yaratish uchun mobil texnologiyalar imkoniyatlaridan 
foydalandi. Bu uning yagona va yiriq yutug‘idir». Devid Tikollning izoh 
berishicha: «Birgalikda foydalanish deganda, biz odatda moliyaviy tranzaksiyalar 
emas, balki pulsiz almashinishni tushunamiz. Bu xuddi bolalar o‘yinchoqlarini 
almashganidek bir amaldir. Afsuski, bu hozir asta-sekinlik bilan yo‘qotilmoqda». 
Uning fikriga ko‘ra, «nimanidir birgalikda foydalanish bu – odamlar va boshqa 
turlar vakillari millionlab yillar davomida, homilador bo‘lishdan boshlab, 
ne’matlar almashinishi uchun ishlatilib kelingan asosiy usuldir. Garchi ayrim 
internet-kompaniyalarto‘liq ma’noda moddiy va ma’naviy ne’matlardan birgalikda 
foydalanishni haqiqatda qo‘llab-quvvatlasada, boshqalari birgalikda foydalanish 
iqtisodiyoti atamalari va ijtimoiy munosabatlarni tijoratlashtirishni o‘zlashtirib 
olgan, xolos».Birgalikda foydalanish iqtisodiyoti kompaniyalarining aksariyati 
aslida agregatorlar deb hisoblanadilar. Ular ta’minotchilarning bo‘sh zahiralarini 
(avtomobil, 
asbob-uskunalar, 
bo‘sh 
xonalar, 
ta’mirlash 
uskunalari
markazlashtirilgan platforma orqali sotish istagini agregatsiyalaydi, so‘ngra ularni 
qayta sotadi, bu vaqt mobaynida esa keligusda tijorat maqsadlarida foydalanish 
uchun qimmatli axborot to‘playdi. Uber turidagi kompaniyalar hizmatlarni keng 
ko‘lamli agregatsiyalash va distributsiyalash uchun o’ziga hos yechim topgan. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling