Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Mastercoin, Ethereum, BitShares, Counterparty


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Mastercoin, Ethereum, BitShares, CounterpartyvaStellardeb nomlangan 


138 
tizimlar. Ularning barchasiblokcheyn asosida maxsus ishlab chiqilgan o’ziga hos 
elektron platforma taklif qiladi. 2013 yil o‘rtalarida jurnalist Vitalik Buterin 
qanday qilib bitkoin bu qadar keng ommaviylikka erishgani haqida o‘ylanib qoldi. 
Uning nuqtai-nazaridan, bazaviy bitkoinprotokolidasturchilarga ishonchli va shu 
bilan bir paytda foydalanuvchiga nisbatan do‘stona bo‘lgan ilovalar dasturiy 
interfeysi (APIapplications program interfeys) yaratish haddan tashqari 
beso‘naqay bo‘lib ko‘ringan. Uning negizida yaratilgan barcha ikkilamchi 
protokollar tor doirada ixtisoslashgan bo‘lib chiqdi. Mohiyatan, bitkoin 
protokoliWindowspaydo bo‘lishidan oldin ommaviy bo‘lgan DOS operatsion 
tizimini eslatib yuboradi.Agar istalgan dasturlash tilida yozilgan istalgan ilova 
faoliyatini ta’minlay oladigan mustaqil protokol va blokcheyn yaratiladigan 
bo‘lsachi? Dasturchilar «to‘liq Tyuring» deb ataydigan protokol bo‘lsachi? U 
haqiqatda istalgan normarkazlashgan servisni qo‘llab-quvvatlashi mumkin 
bo‘lsachi – onlayn valyuta birjalari, intellektual shartnomalar, aksiyadorlar 
registrini yuritish, ovoz berish tizimlari, Dapps, DAK, DAO vaboshqalar, – 
bularning barchasi dasturchilarga, ularning fikriga ko‘ra, yetarli darajada jalb 
etuvchan interfeys bozori yaratishga imkon bersachi? Taklif qilingan yechim 
kriptovalyuta olamida haqiqiy dovul ko‘tardi: to‘liq qayta ishlangan, yuz foiz 
universal, nomarkazlashgan blokcheyn, istalgan shartnomalar bajarilishini tashkil 
qilish va nomarkazlashgan ilovalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan ochiq 
platforma sifatida faoliyat ko‘rsatishga qodir bo‘ladigan bunday yangi platformaga 
Ethereum deb nom berilgan.Kriptovalyuta texnologiyalari kelajagiga optimistik 
qarashlar ko‘plab to‘siqlarga duch keladi. Kriptovalyutalar haqidahatto bir 
daqiqaga esdan chiqaradigan bo‘lsak, normarkazlashuv trendi haqiqatda katta 
salohiyatga ega ekanligini tan olmaslik juda qiyin. Agar uni inqirozdan keyingi 
davrda Uoll-Strit va Vashington doirasida tobora ko‘proq kuch-qudrat 
markazlashuv trendi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu ikki egizak yonma-yon 
ketayotgan emas, balki bir-birining qarshisidan kelayotgan poezdlarni eslatib 
yuboradi. Ehtimol, biz global ijtimoiy o‘zgarishlar – uyg‘onish davrida bank ishi 
va milliy davlatlar keyinchalik ularning atrofida jamiyatning pul va iqtisodiy tizimi 


139 
vujudga kelishi lozim bo‘lgan ikkita asosiy hukumat markazi sifatida shakllangan 
XVI asrdan keyingi tarix davomida eng kuchli o‘zgarishlar bo‘sag‘asida 
turgandirmiz.Darhaqiqat, buyumlar interneti asridaan’anaviy pul tizimiga 
asoslangan texnologiyalarfoydalanuvchilarni to‘lov tizimlaridagi takomillashtirish 
bilan hayron qoldirishning har xil usullarini izlaydilar. Mobil bitkoin hisob-
kitoblarining ustuvor vositasiga aylangan smartfon, shu bilan bir vaqtda,hisob-
kitoblarni amalga oshirish usullarida inqilob qilishga intilayotgan moliyaviy-texnik 
kompaniyalarining diqqat-e’tibori markaziy o‘rin olmoqda.Kredit kartalari bilan 
hisob-kitob qilish an’anaviy texnologiyalrida ham global o‘zgarishlar ro‘y 
bermoqda. Squarekompaniyasidan kontakt kartalari o‘qish uchun portativ qurilma 
millionlab kichik biznes vakillari – masalan, taksichilar yoki xot-dog sotuvchilarga 
o‘z smartfon va planshetlarini mobil protsessing qurilmalariga aylantirish imkonini 
berdi. Bitkoynchilar odatda kredit va debet kartalar havfsizlik darajasi yetarli 
emasligidan asosli ravishda shikoyat qiladilar, chunki ularning tizimifoydalanuvchi 
shaxsi haqida axborot uzatishga bog‘liq bo‘ladi, biroq ta’kidlash joizki, hozirgi 
paytda tarmoqda bunday ma’lumotlar havfsizligi sezilarli darajada o‘sgan.Biroq bu 
yerda yana bir muammo mavjud: yangi texnologiyalar huquqiy tizimga kiritilgani 
sababli, ular uning ichidagi barcha pul tranzaksiyalari harajatlarini o‘z zimmasiga 
oladi. Yangi texnologiyalar provayderlarikredit riskini o‘z zimmasiga olish va 
to‘lovlarni qayta ishlash uchun banklar va an’anaviy tizimning boshqa 
o‘yinchilariga komission to‘lovlar to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun ozgina ham 
imkoniyatga ega emas.Yangi hisob-kitob shakllari, texnik jihatdan ilg‘or bo‘lsada, 
avvalgidek 500 yillik tarixga ega bo‘lgan markazlashgan moliyaviy menejment 
modeli doirasida qolavermoqda. Oddiy mijoz uchun bu ikkiyoqlamalik hech 
qanday ahamiyatga ega emas, bu hattoki kelajakdagi hamkorlik iqtisodiyoti, 
qolgan barcha sohalarda insonlarning individual imkoniyatlarini takomillashtirish 
yo‘nalishida rivojlanishda davom etadigan bo‘lsada, an’anaviy pullarga uzoq umr 
va’da qiladi. Biroq bujon saqlash normarkazlashuv yo‘nalishidagi boshqa 
o‘zgarishlar bilan bog‘liq emas. Bu trendlarning barchasi bugun bo‘lmasa ham, 
taxminan 10 yildan keyin kriptovalyutalar asri kirib kelishi muqarrar ekanligini 


140 
ko‘rsatadi degan fikrdan uzoqlashish qiyin.Bu asr kelgach, kredit manbasi sifatida 
banklarning ahvoli nima kechadi deb o‘ylashga majbur qiladi. Ularning bu roliga 
har qanday tahdid innovatsion texnologiyalar vakillari bilan bozor ulushi uchun 
kurashda muzokaralar predmetiga aylanadi. Ularning ma’lum qilishicha, an’anaviy 
qog‘oz shaklidagi pullar o‘rniga keladigan kriptovalyuta tizimi banklarning kredit 
berish qobiliyatiga putur yetkazishi va shu tariqaxususiy pullar emitentlari 
funksiyasini bajarishi mumkin bo‘ladi. Agar bunday havf yuzaga keladigan bo‘lsa, 
hammamiz kabi jon saqlashdan manfaatdor bo‘lgan milliy davlat qanday javob 
qaytarish kerakligini hal qilishi lozim. So‘nggi 500 yil ichida milliy davlat o‘zining 
moslashuvchanlik qobiliyatini isbotlab berdi, shu sababli, biz bu safar ham omon
qolish va moslashish imkoniyatiga shubha bildirmaymiz. Hulosa tariqasida davlat 
kriptovalyutasi chiqarish moslashuv strategiyalaridan biriga aylanishi mumkin 
ekanligi haqida gaplashamiz. Milliy davlatlarning yana bir shunday strategiyasi – 
birlashish va pul muomalasi sohasida hamkorlikni mustahkamlashdir. Biz bu nima 
bilan yakun topshi haqida tasavvurga ham ega emasmiz. Hech nima bilan 
tugamagasligi ehtimoli ham bor. Lekin bunday savollar yuz yilliklar davomida 
birinchi marta qo‘yilmoqda.AndressenHorowitzinvestitsiya fondining venchurli 
tadbirkori Kris Dikson quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bir tomondan, sizda ish joyini 
yo‘qotgan bank xodimi bor va siz uning oldida o‘ng‘aysizlik his qilasiz, boshqa 
tomonidan esa, qolgan hamma bank tizimidan foydalanish tufayli 3%dan to‘lashi 
kerak bo‘lmaydi va bu ulkan iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bu kichik biznes 
rentabelligining o‘sishini jiddiy ravishda rag‘batlantiradi. Biroqjamiyatda yuzaga 
kelgan muammolga qarashlar nuqtai-nazaridan bu holat salbiy qabul qilinadi. 
Ammo muayyan odamlar nimanidir yo‘qotadi va butun jamiyat esa uni qabul 
qiladi».Bunday muammolar kriptovalyutalar asrida o‘ziga xos dolzarblikka ega 
bo‘ladi – har xolda, bu holat blokcheyn avtomatlashtirish jarayoniga duch kelgan 
va uni ishonch asosida ishlatganlar band bo‘lgan tarmoqlarda ro’y beradi. Ular 
moliyaviy hizmatlarni rivojlantirishning ushbu yangi yo‘li raqamli videokameralar 
istiqbollarini yaxshi tushuna olmagan EastmanKodaktushib qolgan vaziyatga olib 
kelmasligiga umid qilish imkonini beradi. Biroq, hozirgi paytda bir qanchayetakchi 


141 
tadqiqotchilar bitkoinni o‘tib ketadigan bir qiziqish deb hisoblaydilar. AQSHda 
kriptovalyutalarning asosiy aylanmasi risk yuqori bo‘lgan pul siyosati sharoiltarida 
ro‘y beradi. Bu maydonga kriptovalyuta va u bilan bog‘liq biznes «lobbisi» sifatida 
endi kirib kelmoqda. Bitkoin biznesiadolatli o‘yin qoidalari belgilash zaruratini 
tushunib yetadigan hukumatning qo‘llab-quvvatlashi tufayli yutuqqa erishishi 
mumkin. Kriptovalyutalar asridamonopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilishni, 
biznes yuritish qoidalarining shaffof bo‘lishini va iste’molchilar huquqlarining 
himoya qilinishini qattiq turib talab qilish kerak. Monopoliyalar va trastlarni tiyib 
turish hamda raqobatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hozirgi davlat modeli 
bu masalalarda ilgari hech qanday qoidabuzarliklarga duch kelmagan deb 
bo‘lmaydi. Kriptovalyuta tashabbuskorlariGoogle, Facebook, Twitter, Apple, 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling