Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

milliy agentlagi) tomonidan amalga oshiriladi.Keyinroq O‘zbekistonda kripto-
birjalarga bo’lgan talablar ham tasdiqlandi: xorijiy korxona, «ustav miqdori» 30 
000 ekyu (5,5 mlrd so‘mdan ortiq), elektron tizim mavjudligi, savdoni amalga 
oshirish qoidalari, bozor kotirovkalaridan foydalanish va savdo haqidagi 
axborotlarni besh yil davomida saqlash majburiyati.Ko‘plab virtualvalyutalar 
moddiy 
ta’minotga 
ega 
bo‘lmasdan, 
ijtimoiy 
shartnoma 
shakli 
hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aksiyalar, opstionlar, 
veksellar va boshqa shu kabi moliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham 
ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’minotga ega bo‘lmaydi. 
Biroq agar klassik valyuta qimmati asosanuni emissiya qiladigan mamlakatning 
moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatiga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati 
faqat undan foydalanuvchilar kutadigan natijalar bilan belgilanadi.Kembridj 
universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, kriptovalyutalardan foydalanuvchilar umumiy 
soni so‘nggi uch yil ichida to‘rt baravar – 2013 yildagi 8,2 milliondan 2018 yilga 
kelib taxminan 50 milliongacha o‘sdi.Ta’kidlash joizki, raqamli iqtisodiyotga 
o‘tilish bilan iqtisodiy o‘sish tendensiyalari yanada faol o‘sish tomon o‘zgarishi 
mumkin. Bir tomondan, yaqin yillarda kriptoiqtisodiyot umumiy hajmi alohida 


149 
mamlakatlar byudjeti bilan taqqoslanadigan darajaga yetadi. Boshqa tomondan, 
ushbu iqtisodiy faollikbutun dunyo bo‘ylab (eng katta qizg‘inlik Xitoy, Yaponiya, 
Evropa Ittifoqi davlatlari, Skandinaviya davlatlari, AQSH, Janubiy Koreya va 
Afrikaning bir qator mamlakatlarida kuzatildi) tarqalgan, ammo uning ko‘lami har 
bir alohida mamlakat iqtisodiyoti umumiy hajmida va jahon miqyosida u qadar 
sezilarli miqdorda emas. Bir qator davlatlar (Shveysariya, Angliya, Isroil va 
boshqalar) blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda, o‘zining mos keluvchi 
markaziy banklar tomonidan emissiya qilinadigan va nazorat qilinadigan virtual 
valyutasini ham yaratish istagini bildirdilar. Bir tomondan, blokcheyn va boshqa 
texnologiyalar joriy qilish, shubhasizki, davlat virtual valyutalari ishonchliligini 
oshiradi, boshqa tomondan esa, bunday yondashuvkriptovalyutalarning asosiy 
g‘oyasiga (taqsimlangan va markaziy boshqaruvsiz) zid keladi va unga to‘liq 
ma’noda qarshilik ko‘rsata olmaydi.Nima bo‘lganda ham, barcha davlatlar 
o‘zining moliyaviy va iqtisodiy tizimini ularning bir qismi tartibga solinadigan bir 
nechta valyuta muomalada bo‘lishiga tayyorlashi zarur deb o’ylaymiz.Xususan, 
Kanadaning eng yirik banklaridan biri, yangi Shotlandiya banki yoki Scotiabank
yaqinda bank mijozlari uchun «bank ishi odamlarga qanday hizmat qilishini qayta 
fikrlash» falsafasiga muvofiq, raqamli innovatsiyalar va yechimlar ishlab chiqish 
va joriy qilishni amalga oshiradigan yangi raqamli fabrika ishlab chiqilishi haqida 
ma’lum qildi.Deutsche Bank ham raqamli bank mahsulotlarini rivojlantirish
borasida o‘z markaziga ega: Digital Factory Frankfurtda joylashgan. Bu raqamli 
fabrikada14 mamlakatdan bo‘lgan 400 ga yaqin dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi 
axborot texnologiyalari mutaxassislari va moliyaviy ekspertlar eng zamonaviy 
usullardan foydalangan holda, raqamli mahsulotlar ishlab chiqish ustida birgalikda 
ishlamoqdalar. 2016 yilning noyabrida Deutsche Bank dasturiy ta’minot ishlab 
chiquvchilarga an’anaviy moliya hizmatlari doirasidan chiqadigan bank mijozlari 
uchun raqamli 
yechimlar yaratish imkoniyatini taqdim etdi. Bunday 
yondashuvbank ular negizida butun dunyo startaplari bilan hamkorlik qiladigan 
uchta innovatsion laboratoriya, raqamli fabrika va tadqiqotlar yangi markazini 
birlashtiradigan innovatsiyalar ekotizimi yaratishga imkon berdi. Bank 


150 
dasturchilarga kelajakning raqamli hizmatlarini amalga oshirish uchun o‘z 
g‘oyalarini tekshirishga imkon beraidgan amaliy dastur interfeys (dbAPI) orqali 
raqamli muhitga to’laqonli ulanish va bu muhitda ishlash imkoniyatini 
ta’minlaydi.Tranzaksiyalar qismida ochiq interfeyslar mantiqinibank sohasi uchun 
inqilobiy bo‘lgan «Ikkinchi to‘lov Direktivasi» (Revised Payment Directive

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling