Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi
Raqamli innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bo’lgan tizimlarni o’rganishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham muhim nazariy yondoshuvlardan biri hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli ma’lumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy namoyondalari sifatida Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy siyosatni o’rganish markazi professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya Universiteti professori R. Nelsonni ko’rsatib o’tish mumkin. Ular, umumiy metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda g’olib chiqishning asosiy faktori ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy bilimlardan foydalanishga alohida diqqat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. Nortning ilmiy ishlarida eng mukammal holda tadqiq qilingan. Uning ilmiy ishlaridagi asosiy g’oya - institutsionalizm bo’lib, uningcha, jamiyatdagi ilg’or ilmiy-texnologik institutlar (tashkilotlar) undagi bilimlar va texnologiyaga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladilar. Nortning 163 ko’rsatishicha, rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning rivojlanishi, ular orasidagi aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “uchinchi dunyo”ga qaraganda iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega bo’lganlar. Bu fundamental ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot yoki raqamli innovatsion tizimga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin: Raqamli innovatsion tizim – jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga) qaratilgan bo’lib, u davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Raqamli innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (yoki rivojlangan mamlakatlardan) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni tijoriylashtirishga (ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga), g’oyalarni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi raqamli mahsulotlarga to’ldirishga va buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma-ket (va doimiy) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot va unga mos bo’lgan raqamli innovatsion tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammolarining yechimiga olib keladi, ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bo’lgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni raqamli innovatsion tizimning nimalarni amalga oshirishi kerakligini oddiy ko’rinishda ifodalaydigan quyidagi chizma orqali aks ettirishimiz mumkin: Fundamental bilim, g’oyalar, ixtirolar va ilmiy yangiliklar Amaliy ilmiy izlanishlar va Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling