156
Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish infratuzilmasini o’rganilganda unda
ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki hizmatlarda qanday bilimlar aks etishi va bu
bilimlarning pirovard natijalari qanday bo’lishiga ahamiyat beriladi.
Bu yerda
asosiy diqqat-e’tibor bevosita bilimlar hosil bo’ladigan va uning shart-sharoitlariga
bog’liq bo’lgan raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi tushunchasiga qaratiladi. Undan
so’ng, uning zamonaviy sharoitlarga bog’liq alohida hususiyatlari viloyatlararo
miqyosda o’rganiladi. Bilimlarning biror bir moddiy yoki ma’naviy ne’mat
yaratadigan
tashuvchisi, saqlovchsi va foydalanuvchisi inson bo’lgani tufayli,
jamiyat uchun kerakli bo’lgan amaliy bilimlar asosan ta’lim tizimida hosil qilinadi.
Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda sifatli mahsulotlar
ishlab chiqarishning asosi - ta’lim muassasalaridagi zamonaviy sifatli ta’lim
jarayonida hosil bo’ladi, deyishimiz mumkin. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi
orasidagi asosiy bog’liqlik va munosabatlar
majmui ham xuddi shu bilan
aniqlanadi. Raqamli iqtisodiyotni bilimlardan foydalanish asosida tahlil qilib
chiqqanda
ishlab chiqarish tizimi, ishlab chiqarish potentsiali,
bilimlarga
asoslangan iqtisodiyotning ishlab chiqarish jarayoni, bu bilan bog’liq
iqtisodiy
munosabatlar sub’ektlari, innovatsion tizim,
innovatsion potentsial, innovatsion
amaliyot sub’ektlari va boshqa tushunchalar o’rganiladi.
Yuqorida tavsif etilgan
muammolar bo’yicha bir qancha ilmiy manba’larni /5-8/ tanqidiy ravishda
o’rganish shuni ko’rsatadiki, ilk ilmiy izlanishlar informatizatsiya
tushunchasi va
uning iqtisodiyotga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan – xuddi shu holat “
raqamli
iqtisodiyot” paradigmasining paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu yo’nalishning
muallifi iqtisodiyotdagi neoklassik yo’nalish namoyondasi Dj. Stigler hisoblanadi
/11/. Ammo informatsiya tushunchasi mavhumroq bo’lgani uchun, “
agent uchun
informatsiya” tushunchasi kiritilib, u informatsiya jamlanishi
va qayta ishlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: