Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik platforma
Ilm va texnologiya xududlari (regionlari) bir butun ma’muriy (administrativ)
hududning chegaralari bilan teng keladigan kattalikdagi xududlarni egallashi mumkin. Bunday xududning iqtisodiyotida texnopark tuzilmalari bilan qo’llab- quvvatlanib turiladigan innovatsion faoliyat katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu yerda ilmiy ishlab chiqarish komplekslari bir butun bo’lib ishlaydi, shuning uchun ham ilmiy markazlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar darhol ishlab chiqarishga va amaliyotga tadbiq qilinadilar. Ilm-fan va texnologiya xududida yirik ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatadilar. Bu kompleksga yana ishlab chiqarish va maishiy hizmat ko’rsatish infratuzilmalari, kichik va o’rta biznes korxonalari, moliyaviy institutlar va fondlar, dam olish zonalari va madaniy tashkilotlar kiradi. Bunday ilm-fan xududining rivojiga tabiiy sharoitlar, madaniy-ma’naviy holat va unga jalb etilgan inson kapitalining hususiyatlari katta ta’sir ko’rsatadi. Fan va texnologiya xududi o’z tarkibiga texnopolislarni, texnoparklarni, inkubatorlarni olib, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini qo’llab-quvvatlaydigan keng infratuzilmaga ega bo’ladi. Kichik innovatsion firmalar orasida alohida o’rinni “tavakkalchilik” asosida ishlaydigan venchur firmalar egallaydi. Ular juda moslashuvchan va samarali kichik korxonalar bo’lib, tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan raqamli innovatsion loyihalarni (yangi ilmiy-texnik yechimlarni) tekshirib ko’rish, qayta ishlash va amaliyotga tadbiq qilish uchun hizmat qiladilar. Ba’zi hollarda esa venchur firmalar biror bir aniq muammoni hal qilish uchun tuziladigan vaqtinchalik 172 tashkiliy tuzilmalar ham bo’lishlari mumkin. Bunday korxonalar juda faol ishlaydilar, chunki ularning xodimlari va hamkorlari yangi g’oya, texnologiya yoki ixtironing amaliyotga tadbiq qilinishiga shaxsan qiziqadilar, ya’ni ular buning natijasida kattagina daromadga ega bo’lishlari mumkin. Venchur korxonalar chuqur bilim va ilm-fan talab qiladigan iqtisodiyot tarmoqlarida (masalan, quyosh, shamol, mini suv va bioenegetika sohalarida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini innovatsion usullar yordamida qayta ishlash, saqlash va yetishtirish kabilarda) keng tarqalganlar va bu yerda ular aniq yo’nalishdagi amaliy ilmiy izlanishlar hamda katta moliyaviy natija keltirishi mumkin bo’lgan injener-texnik tadqiqotlar olib boradilar. Raqamli iqtisodiyot sohasida venchur biznesning alohida ahamiyati quyidagilardan iborat: Venchur biznes yangi innovatsion hayot tarziga moslashgan korxonalar hosil bo’lishiga olib kelib, an’anaviy ilmiy izlanishlar tizimiga ta’sir qiladi va mamlakatning ishlab chiqarish jarayonidagi zamonaviy ijobiy o’zgarishlarga olib keladi; Yuqori malakali mutahassislar, injener-texnik xodimlar va olimlarning bandligini ta’minlab, ularga bo’lgan talabni oshiradi; Iqtisodiyot an’anaviy tarmoqlarining texnik va texnologik jihatdan qaytadan jihozlanishiga erishish imkonini beradi; Yirik korxona, tashkilot va korporatsiyalarga o’z tuzilishini, faoliyat yo’nalishini va maqsadlarini zamona talablariga mos ravishda o’zgartirishga namuna sifatida hizmat qiladi; Venchur biznesning turli hil mamlakatlardagi ko’p yillik tajribasidan shu ma’lum bo’ladiki, mamlakatimizning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirish uchun venchur kapital asosida faoliyat ko’rsatadigan maxsus moliya- kredit tizimini yaratish zarur (masalan, venchur biznes korxonalari uchun banklar tomonidan foizsiz, ammo foydaga sherik bo’linadigan kreditlar berilishini yo’lga qo’yish). Raqamli iqtisodiyot sohasidagi venchur firmalar bir qancha huquqiy va jismoniy shaxslar orasidagi shartnoma asosida yoki bank kreditlari asosida, yohud 173 banklar va yirik kompaniyalarning mablag’lari asosida tashkil qilinadi. Venchur firmalar tashkil qilish uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak: Innovatsion yangilik yaratishning asoslangan g’oyasi – yangi texnologiya, ixtiro, ishlab chiqarish jarayoni, hizmat ko’rsatish, dastur tuzish, internet resursi yaratish, 3D-texnologia, intellectual tizim tashkil qilish va shunga o’zshashlar; Bu g’oyaning amalga oshirilishiga jahon, mamlakat, xudud yoki korxona miqyosida jamiyatning talabgorligi; Ushbu g’oya amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi; Bu g’oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara oladigan real tadbirkorning mavjudligi; Ushbu venchur firmani moliyalashtirish uchun kerakli miqdordagi “tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi. Investitsiyalarning boshqa turlaridan farqli o’laroq, venchur biznesga moliyaviy mablag’ investitsiya qilish quyidagi hususiyatlarga ega: Venchur biznesga moliyaviy mablag’lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz jalab qilingani uchun investorlar katta tavakkalchilikka duch keladilar, chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ular juda katta mablag’larni yo’qotishlari mumkin. Ammo bunday tavakkalchilikka tayyor bo’lish tadbirkorlarning venchur biznes muvaffaqiyatiga astoydil ishonishlari va ularning o’zlari yakka holda bu ishni amalga oshira olmasliklari bilan tushuntiriladi; Investorning venchur firma ta’sis (ustav) kapitalida majburiy 50% dan oshmagan bevosita yoki bilvosita ulushga ega bo’lishi. Ya’ni tavakkal kapitali firmaning ustav kapitaliga ulush kiritish tariqasida ishtirok etib, bu moliyaviy mablag’lar ajratilishiga alohida ta’sir ko’rsatidi. O’z navbatida investorlar moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o’z ulushlarini olish huquqiga ham ega bo’ladilar; 174 Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi hollarda mablag’larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi; Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar. Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko’rinishlarda faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo’lsa, ikkinchisi yirik tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi: birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri texnologik platformalardir. Texnologik platforma – yangi tijoriy raqamli texnologoyalar, mahsulotlar, hizmatlar yaratishda qo’shimcha zahiralarni jalb etish uchun barcha qiziquvchilarni (shu jumladan, davlat, fan, biznes va jamiyat a’zolarini) birlashtirish imkonini beradigan kommunikatsion imkoniyatdir. Uning vositasida biror bir ilmiy-texnik innovatsiyani amalga oshirayotgan firma va tashkilotlardan iborat bo’lgan klasterlarga (birlashmalarga) kerakli bo’lgan ko’mak ko’rsatiladi. Klasterlar esa raqamli texnoligiyalarda yangilik kutilayotgan yo’nalishlarda tashkil qilinib, uning vositasida yangi bozorbop imkoniyatlar topiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jihatdan rivojlangan va endigina rivojlanayotgan ko’pgina mamlakatlar eng yangi raqamli innovatsion yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida klasterlar tashkil qiladilar. 175 Ilm-fan va ishlab chiqarish birlashishining yana bir asosiy imkoniyatlaridan biri raqamli texnologiyalar transferining bozoriy mexanizmini yaratishdir. Raqamli Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling