Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- YandexTaxi, CityTaxi, GettTaxi
- JR East Group
- Deutsche Bahn DB Navigator
12.5. Transportdagi elektron tijorat
Raqamli iqtisodiyot boshqa barcha sohalar singari, transport sohasiga ham katta ta’sir qilaypti. Bu sohaning boshqaruv, logistik va infratuzilmaviy kompaniyalarining biznes-modellari ham ancha o’zgarib ketdi. Natijada, masalan,„aqlli“ infrtuzilmali elektron vokzallarning yangi kontseptsiyalari paydo bo’ladi, katta ma’lumotlarni tahlil qilgan holdagi shaxsga yo’naltirilgan yondoshuv tadbiq qilinadi, mobil ilovalar transport ishida keng miqyosda ishlatilina boshlaydi. Virtualizatsiya jaraoni esa har bir kompaniyaga bulutdan havfsiz, arzon va mobil joylar sotib olishga imkon yaratadi. Taksi xizmatlari bozorida agregator deb nomlangan xizmat turi paydo bo’ldi va bu xizmat yo’lovchilar va yuk tashuvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Misol sifatida YandexTaxi, CityTaxi, GettTaxi va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Taksi chqirishnuchun endi ko’chaga chiqish, operatorga qo’g’iroq qilish zarur emas, birgina mobil ilovadan foydalangan xolda smartfondan foydalanib, daqiqalar ichida taksi chaqirish mumkin. Yuqoridagi servislar nafaqat taksi chaqirish, balki mashinani kelishini, xolatini, harakatini nazorat qilishi hamda qancha mablag‘ ketishini bilib turishi taminlab beradi. Agarda bu sohadagi eng ilg’or tajribaga ega bo’lgan Yaponiya yuzlansak, unda dunyo bo’yicha eng katta transport kompaniyasi JR East Group faoliyat ko’rsatadi. Bu kompaniya kuniga 17 million yo’lovchini tashiydi va sutkasiga 13 mingta poezdning harakatini ta’minlab beradi. Elektron texnologiyalar ushbu kompaniyaga „temir yo’l vokzali-shahar“ loyihasini amalga oshirishga imkon berdi. Bunda Tokioning markaziy vokzali mehmonxonalar, biznes-ofislar, tijorat tashkilotlari hamda boshqa ob’ektlar bilan hamkorlikda ishlashga erishadi. Yo’lovchi tashishdan tashqari, JR East Group kompaniyasi quyidagi faoliyat turlari bilan ham shug’ullanadi: Mehmonxonalar va ofislarning tijoriy ko’chmas mulkini boshqarish; Jamoa ovqatlanishi tarmoqlari va savdo faoliyati; 437 Harakatchan sostav ishlab chiqarish; Avtobus hizmatlari; Monorels transporti; Avtomobillarni ijaraga berish; Elektron to’lovlar tizimi IT-Suica; Reklama biznesi; Fitnes-markazlar xizmati; Turistik servis va boshqalar. IT-Suica deb nomlangan elektron to’lovlar tizimi JR East Group kompaniyasining eng katta foyda keltiradigan faoliyat turlaridan biridir. 2001 yilda bozorga chiqarilgan Suica elektron to’lov kartalari hozirgi paytdagi soni 75 milliondan ortiqdir. Bu tizim elektron pullardan ham foydalanish imkoniyatini ham yaratgan. Hozirgi paytda transport kompaniyalar o’z faoliyatlarini yuklar tashish yo’nalishiga ham qaratmoqdalar. Masalan, Germaniya milliy temir yo’l yuk tashuvchisi Deutsche Bahn DB Navigator deb nomlangan serviz taklif qilgan. Bu servis barcha poezdlarning qaerda ekanligini aniqlashga imkon beradi. Yaponiyada esa temir yo’l oishni boshqarishga imkon beradigan robot yaratgan. Bu robot ekranda marshrutni korsatib bera oladi, yordam so’ragan passajirlarga esa maslahat bera oladi. Dunyodagi eng innovatsion metropoliten Seul metropoliteni bo’lib, unda „Metropoliten – elektron supermarket“ deb nomlangan loyiha ishga tushirilgan. Kerali mahsulotlarni tanlash va QR-kod orqali zakaz qilish uchun kerakli bo‘lgan elektron vitrinalar poezdlarga tushush platformalarida joylashtirilgan. Barcha tanlangan va zakaz qilingan mahsulotlar siz uyga kelganingizda yetkazib beriladi. Kelajak transport tizimining ko’rinishi, biznigcha, quyidagicha bo’lishi kutilmoqda: Avvalo, bu rivojlanish tendentsiyalarida dunyo va mamlakatlar miqyosida bir butun integrallashgan transport tizimi paydo bo’ladi. Bunday tizimda turli xildagi transport vositalari yordamida yuk va passajirlar tashish yagona transport tizimiga birlashib, iste’molchilrning talablarini maksimal 438 darajada qondiradi. Mobil ilovalar ko’rinishidagi elektron servislar mavjudligi, barcha transport vositalari uchun elektron biletlar sotib olish mumkinligi vaqt sarfining minimal darajaga keltirilishi, bir transportdan boshqasiga tezkorlik bilan o’tish imkoniyatlari tufayli transport xizmatlarining sifati yuksak darajaga yetadi. Yagona va uzluksiz transport tizimi nafaqat transport, balki informatsion hamda savdo biznesi elementlarini qamrab olgan holda butunlay yangi biznes modelni yaratadi. Natijada transport tizimi katta transport supermarketi tariqasida faoliyat ko’rsata boshlaydi. Bunday transport xizmatlarining rivojlanishi temir yo’l vokzali, abtobus stantsiyasi, aerovokzal orasida farqlarni yo’qotgan holda yagona texnologik va servisli aqlli transport tizimini hosil qiladi. Bunda turli xildagi transport kompaniyalari tashuv hajmini oshirish va yo’lovchilarning qoniqishlari darajasini oshirish maqsadida birgalikda harakat qilishlari talab etiladi. Lekin bunday jarayonni tashkil qilishning asosiy sharti transport tizimini barcha tarkibiy qismlarini raqamlashtirishdir desak mubolag’a qilmagan bo’lar edik. Raqamli texnologik yechimlar elektron to’lov tizimlarini, mobil servislarni, ilovalarni, big data asosidagi personifikatsiya qilingan xizmatlarni, sun’iy intellektni va mashinaviy ta’limni o’ziga qamrab olgan xolda yo’lovchilar bilan aloqalarning samaradorligini oshirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga olib keladi. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling