Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Google Ventures va Mikrosoft firmasining investitsiyalar fondini ko’rsatib 
o’tishimiz mumkin. Innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun foydalaniladigan 
tashkilotlar sifatida esa quyidagilarni keltirishimiz mumkin: texnologik markazlar 
(klasterlar), innovatsion-texnologik markazlar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar 
va biznes-akseleratorlar. Bunday tashkilotlarning asosiy vazifalariga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin:
 Ish yuritish uchun qulay va foydali bo’lgan ofislar hamda ishlab chiqarish 
maydonlarini olishga yordam berish; 
 Informatsion qo’llab-quvvatlash; 
 Investitsiyon loyihalarni amalga oshirishda ish kuchini, mutaxassislarni va 
xamkorlarni topishda yordam berish; 
 Potentsiyal investorlar guruxini kengaytirish; 
 Soha bo’yicha mutahassislarni topishda ko’mak berish; 
 Innovatsion joyihalarning boshlang’ich bosqichlarida moliyaviy ko’mak 
ko’rsatish. 
Innovatsion loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar topishning eng yaxshi usullariga 
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: o’z mablag’laringiz, do’stlar va olilaviy 
mablag’lar, grant yoki subsidiyalar olish, bankdan kradit olish, biznes-farishtalarga 
murojaat qilish va venchur kapitaldan foydalanish. Biznes-farishtalar deb, 


464 
biznesning ilk bosqichlarida investitsiyalardan katta foyda olishni mo’ljallagan 
hususiy investorlarga tushuniladi. AQSH dagi unday turdagi tashkilotlarga New 
York Angels, Tech Coast Angels, Launchpad Venchure kabilarni misol qilib 
keltirish mumkin.
Venchur fondlar keng tanlash imkoniyatiga egadirlar, ammo ularga bank, 
sug’urta va investitsion kompaniyalarga vositalar jalb qlishga ruxsat berilmaydi. 
Ular aniq bir yoki bir necha yo’nalishlarga mablag’lar jalb qilishlari mumkin. 
Masalan, venchur fondlar faqat meditsinaga yoki og’ir sanoatga investitsiya 
qilishari mumkin yoki bir vaqtning o‘zida ham tibbiyotga, ham og’ir sanoatga, ham 
aloqaga va ham ekologiyaga investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Oxirgi 
yillarda startaplar orasida elektron biznesga, ijtimoiy saytlarga, tanishuv saytlariga, 
blokcjeynlarga, ta’limga va mediaga investitsiyalar jalb qilish ommabop bo’lib 
bormoqda. Bu sohalarga bo’lgan investitsiyalar 2015 yilda barcha startaplarning 
55% ga tegishli bo’lgan (Internet servislar va kontentlar bozori 2014-2015 
yillarda. RAEK, NIU VIGE. Ekonomika Runeta RF. str.58). 
Startaplarga investitsyalar qilishning asosiy shartlari sifatida quyidagilarni 
keltirishimiz mumkin:
Loyihaning tijoriy jihatdan maqsadga muvofiqligi; 
Kuchli boshqaruv komandasining mavjudligi; 
Yangi turdagi mahsulot yoki hizmatning yaratilishi yoki uning texnik darajasining 
oshirilishi; 
Fondning kompaniya boshqaruv organlarida ishtirok etishi
Kompaniyaga bo’lgan investitsiyalarning aniq vaqt gorizonti va undan chiqish 
shartlari; 
Mamlakat ilm-fani, texnik va texnologik rivojlanishining pioritetli rivojlanish 
yo’nalishlariga mos kelishlik. 
Ozbekistonda venchur investitsiyalar bir qancha muammolarga duch keladi. 
Ulardan birinchisi intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq, ikkinchisi esa 
vencher fondlarni boshqarish bo’yicha malakali mutaxassislarni yo’qligidir. 
Uchinchi muammo venchu fondlar tashkil qilish va uni yuritish o’yicha soliq 


465 
imtiyozlari mavjud emasligi. Dunyo miqyosida venchur kompaniyaarning 
muvaffaqiyati ularning kapitalizatsiyasi va daromadliligi bilan aniqlanadi. Sobiq 
sovet ittifoqi xududidagi aktiv venchur fondlar safiga quyidagilarni kiritshimiz 
mumkin: Almaz Capital, Runa Capital, Kite Venchures, Runet Venchures, 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling