Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar) asosiy e’tiborni 
“raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratgan. Bunday 
loyihalarni rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu 
holatbir qator dalillar bilan asoslanishi mumkin: 
birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb turidagi 
ochiq jamiyatdajamiyat tomondan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim. 
Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi 
ostida boradi; 
ikkinchidan, yirik sanoatlarda raqamlitexnologiyalar joriy qilishertami-
kechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy 


63 
loyihalar esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (ya’ni, 
maqsadga muvodiq narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga 
muvofiqdir); 
uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarraqamli iqtisodiyotni 
ma’lum bir ko‘rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik 
asoslarga ega bo‘ladi. Keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish 
natijasidako‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga ega 
bo‘linadi, bu esa foydalanuvchi nuqtai-nazaridan texnologiyalarni takomillashtirish 
va ularni aholining keng qatlamlari uchun ochiq qilishga imkon beradi; 
to‘rtinchidan, raqamlitexnologiyalarni sanoatda joriy qilish (masalan, 
ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 3D-printerlarni ishlab chiqarishga keng 
miqyosda joriy qilish kabilar) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda 
tutilgan. “Raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish 
esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar 
keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi. Barcha zamonaviytexnologiyalar 
uchun, ayniqsa, boshqaruv tizimi nuqtai-nazaridan shundayko’rinishdagi 
«ijtimoiystress-test» zarurdir.Yuqorida aytib o‘tilganfikrlar va g’oyalar tufayli, 
ushbu ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit uchun muhimligi bizningcha
o’quvchiga ancha tushunarli bo’lgandir. Lekin ularning raqamli iqtisodiyot 
respublika dasturida qanday o‘ringa ega bo‘lishi lozimligi noaniq bo‘lib 
qolaveradi. Ilk pallada, resurslar cheklanganligi sababli, sa’yi-harakatlarni qaysi 
yo‘nalishga qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo‘lishi ehtimoli 
katta, ya’ni, oldimizda ikki yo’l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy 
moslashtirish bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni 
ko‘paytirish yo’li. 
Bunda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning ijobiy yo‘nalishiga o‘tish 
bosqichidagi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi: 
 elektron hukumat konsepsiyasini amalga oshirish


64 
 transport, uy-joy kommunal hizmatlarini va boshqalarni kompleks 
axborotlashtirishga asoslanadigan «raqamli shahar» g‘oyasini hayotga 
tadbiq etish; 
 yangi texnologik avlod tovarlarining bozorda ommaviy ravishda paydo 
bo‘lishi (masalan, robotlar, 3D-printerlar, haydovchisiz avtomobillar 
ishlab chiqarish va boshqalar); 
 3D-printerlarning ishlab chiqarishdava uy ho’jaligida qo‘llash 
ko’lamining ortishi; 
 «aqlli» va o‘ta ekologik uy-joylar qurish g‘oyasini amalga oshirish, bu 
katta hajmdagi yangi pardozlash va qurilish materiallari talab qiladi; 
 organizmni yoshartirish va davolash bilan bog‘liq innovatsion tibbiy dori-
darmonlarga talabning o‘sishi; 
 turli xildagi muqobil va erkin bandlik shakllari, jumladan, autsorsing 
tarqalishi (buxgalteriya hizmatlari, dasturlash, tarjima, banking 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling