Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
hizmatlari, erkin ijodiy faoliyat va boshqalar);
potensial ish beruvchi tomonidanturli buyurtmalar joylashtiladigan ko‘p sonli professional tarmoqlarning yaratilishi. Sanab o‘tilgan omillar mahsulot va elektron hizmat yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan raqamli iqtisodiyot platformalarini qo‘llash yo‘li bilan boshqaruv va ishlab chiqarishdagi harajatlarni qisqartirish bilan bog‘liqdir.Gap birinchi navbatda, hizmatlar buyurtmasi, resurslardan birgalikda foydalanish, kontragentlar tanlab olish, elektronsavdo, to‘lovlar va shu kabi platformalar haqida boradi.Texnologik jihatdan raqamli iqtisodiyotyuridik va jismoniy shaxslarning birgalikdagi faoliyati bo‘yicha o‘zaro aloqa qilishi mumkin bo‘lgan muhitni ifodalaydi. Hizmatlar sohasida raqamli texnologiyalarkatta hajmdagi operatsiyalar bilan namunaviy vazifalarni arzon, qulay va vositachilarsiz bajarishga qodir bo‘lib, bunga Uber taksi buyurtmasi (biznesni «uberizatsiya» qilish), elektron savdo, internet-banking va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida daromadlilik darajasini oshirish uchun vositachilarni avtomatik tarmoq servislari (yetarli darajada yaxshi ishlayotgan sayt yoki mobil ilova) bilan 65 almashtirish mumkin. Biznesni bunday tashkil qilish hizmat qiymatini sezilarli ravishda pasaytirishga imkon berishdan tashqari, to‘liqsiz bandlik va yakka tartibda ishlab chiqarishning turli shakllari roli ustunlik qiladigan yangi iqtisodiyot tuzilmasiga olib kelishi mumkin. Kraudfanding va kraudsorsing texnologiyalari ham raqamli iqtisodiyot texnologiyalari sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.Vositachilarni bartaraf qilish, internetni rivojlantirish va «aqlli» avtomatlashtirilan servislar yaratish– bular ham qo‘shilgan qiymat olishga asoslanadigan iqtisodiyotdan hamkorlik va ne’matlar ayirboshlashga asoslangan iqtisodiyotga o’tishdir (shu jumladan «shering-economy»ham). Shu sababli, raqobat - o‘zaro manfa’atli kooperatsiya va o‘zaro aloqalarga o‘rin bo‘shatib beradi vako‘proq vertikal aloqalarga emas, balki o‘zaro teng munosabatlarga, bir- birini to‘ldirib turadigan hizmatlar taqdim etishga asoslanadi. Bu yerdan hizmatlar elektron savdosi va hajmining ortishi hamda servislar sonining o‘sishi kelib chiqadi.Jahon banki mutaxassislarining aniqlashicha, yuqori tezlikdagi internetda foydalanuvchilar sonining 10% o‘sishi YIM yillik o‘sishini 0,4% dan 1,4%gacha oshirishi mumkin. Davlatlarning YIM dagi ulushi elektron iqtisodiyot vositasida yiliga qariyib 20% o‘sishi bunday iqtisodiyotning ahamiyatining tan olinishi hisoblanadi, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha yetti foizni tashkil qiladi. Bashoratlarga ko‘ra,o‘sish sur’ati saqlanib qolgan holda 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YIMdagi ulushi 30-40%ga yetishi mumkin ekan. Zamonaviy axborot platformalarini birlashtirish asosida o‘zaro aloqalarni tashkil qilishning yangi ijtimoiy modellari iqtisodiy texnologiyalarning NET misolida mujassam etilishiga olib keladi. NET ning asosiy tamoyillari esa quyidagilardan iborat deb ta’kidlay olamiz: tamomila yangi biznes-modellarning paydo bo’lishi; turli axborot texnologiyalarini va ulardan iqtisodiyotning real sektorida tashkiliy-texnologik jaryonlarda foydalanishni optimal ravishda birlashtirish; transaksiya harajatlari va ishlab chiqishda qo‘llanadigan asosiy moddiy resurslarning hajmini minimallashtirish. 66 Raqamli iqtisodiyot zamonaviy axborot texnologiyalari asosida va real iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishada rivojlanadi.Agar ilgari ishlab chiqarish, savdo va moliya texnologiyalari izchillik bilan rivojlangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib,asosan gorizontal o‘zaro aloqalarga (o‘zini-o‘zi tashkil qilish va singulyarlik), innovatsion tadbirkorlikka (o‘zini-o‘zi rivojlantirish), axborot injiniringiga (o‘zini- o‘zi takomillashtirish) vaiqtisodiy jarayonlarni avtoformalizatsiyalashga (avto strukturalash) asoslanadigan zamonaviy axborotlashgan iqtisodiyotning asosi bo‘lgan NET paydo bo‘lgan. NETning moddiy asosini data-markazlar hamda axborotni tizimlashtirish vatahliliy qayta ishlash uchun mo’ljallangan zamonaviy IT-platformalari tashkil qiladi. Biznes-tahlil va boshqaruv konsaltingi bo‘yicha hizmatlar «provaydingi» rivojlanishi ham raqamli iqtisodiyotda dolzarb ahamiyatga ega. Bund yangi tashkilotlar – axborot-konsalting hizmatlari va davlat rivojlanish agentliklari ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning tashkiliy asosi hisoblanadi.IHTT tomonidan 2016 yil bu tashkilotga a’zo bo‘lgan 32 mamlakat va yana 6 ta hamkor mamlakatda o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, ularning ba’zilaridagina raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, rejasi yoki dasturi mavjud. 2017 yilning sentyabridan boshlab, Avstraliya hukumati raqamli iqtisodiyot Strategiyasini ishlab chiqishni boshlangani haqida e’lon qildi. AQSHda 2015 yil raqamli iqtisodiyot rejasini shakllantirish haqida ma’lum qilindi (digital economy agenda), 2016 yil esaxususiy biznes tomonidan amalga oshiriladigan internetni rivojlantirish, axborot havfsizligi, innovatsiyalarni ilgari surish va boshqa funksiyalarni bajaradigan Savdo vazirligi qoshida raqamli iqtisodiyot bo‘yicha maslaxatchilar Kengashi tashkil qilindi. Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan ma’lumotlar oqimlari ta’sirining universalligiular haqida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon beradi.Raqamli iqtisodiyotni tahlil qilishning turli tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan to‘rtta mezonini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: o bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon; o makonga oid mezon; 67 o texnologik mezon; o iqtisodiy mezon. Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa ularning tasavvurlariga mos keladigan u yoki bu ta’rifni olib chiqishsada, ular orasida bir- birini to‘ldirib turabigan mezonlar ham bo‘lishi mumkin. Biroq, aksariyat ta’riflarning asosida ma’lumotlarni qayta ishlash sohasidagi miqdoriy o‘zgarishlar sifat jihatidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga bo’lgan ishonch yotadi. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling