Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
Amazon, Intelkabi yuqori texnologiyali transmilliy korporatsiyalarga tayanishi
mumkinligi uchun; 61 AQSHdauning salohiyatidan firmaning o‘zi uchunhamda mamlakatga naf keltirish uchun raqamli iqtisodiyotni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish mumkin va buning uchun xususiy kompaniyalar zaruriy miqdori bo‘lishi lozim. Biroq ushbustrategiyada yaqqol kamchiliklar ham bor bo‘lib, ularning asosiylaridan biri,yetuk raqamli iqtisodiyot shakllantirish jarayonining ancha uzunligi hisoblanadi.Boshqa norasmiy yetakchi – Xitoy esa ko‘p jihatdan qarama- qarshi strategiyani, raqamli iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirishyo’linitanlagan. Bu fenomenni yaqindan ko‘rib chiqilganida ma’lum bo‘lishicha, Xitoy e’lon qilgan strategiya ikkita parallel va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlardan iborat: 1. Sanoat internetini joriy qilish hisobiga ishlab chiqarishni raqamlashtirish; 2.Sotuv bozorini yanada kengaytirish uchunInternet imkoniyatlaridan foydalanish. Tanlab olinganstrategiyaquyidagi to’rt asosiy tarkibiy qismni ko‘zda tutadi: Logistika va ishlab chiqarishi total raqamlashtirish; Raqamli iqtisodiyot uchun normativ-huquqiy baza ishlab chiqish; Boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish, raqamliplatformalar yaratish; Raqamli platformalar va ekotizimlarni umumiy makonga optimal ravishda integratsiyaqilish. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O‘zbekiston uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi.Shuni hamtan olish kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa davrda – birinchi navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hosirda esamamlakatimizda zarur miqdordagi iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi tufayli yetuk va to’laqonli raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan shakllantirish uchun shart-sharoitlar yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart- sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir. Milliy iqtisodiyotning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIMning asosiy qismi davlatkorporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta 62 bo‘lgan kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab tarmoqlarida davlat ishtirokidagi o‘yinchilarbozorning 80%gacha bo‘lgan qismini tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitlardaprofilli vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo’lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini yaratadi.Raqamli iqtisodiyotplatformalarituzishdaasosiy e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarga qaratish zarur: transport, telekommunikatsiyalar, energetika, ma’lumotlarni qayta ishlash, sog’likni saqlash, dori-darmonlar logistikasi, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning rivojlanishi infratuzilma va texnologik bazis yaratishga imkon beradi, ularni boshqa sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli iqtisodiyotni maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin.Bunday yondashuv bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muoviq bo‘lib ko‘rinadi, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Mos keluvchi strategiya unga asoslanishi lozim bo‘lgan raqamli iqtisodiyotkonsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozim. Ushbu bobga yakun tariqasida shuni alohida aytib o‘tishni istardikki, rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko‘plab dasturlari (AQSH, Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling