Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
Bilimlar hosil
qilish Bilimlar, ma’lumotlar, yangilklar Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarishi 157 natijasida paydo bo’ladigan bilimni namoyish qilishga imkon beradi. Muhitnimg holati haqidagi ma’lumotlar majmui sifatida tushuniladigan ”bilim” tushunchasi informatsiyaga nisbatan birlamchi deb aniqlandi. Xuddi shuning uchun ham “raqamli informatsion iqtisodiyot” dan “bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot” tushunchasiga o’tildi. Lekin “bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot” tushunchasi unchalik aniq emas va shuning uchun turli hil ilmiy iqtisodiy maktablarning namoyondalari tomonidan bir-biridan farq qiladigan bir qancha ma’nolarda talqin etilishi mumkin. Misol sifatida F. Xayekning “tarqoq bilim” kontsetsiyasini yoki P.N. Zavlin va L.A. Jolents, Polyak olimi Ya. Muyjel, Venger olimi B. Santo va boshqalarning ishlarida o’rganilgan “innovatsion iqtisodiyot” ni keltirish mumkin. Bilimlar iqtisodiyoti tizimi, uning tuzilishi, infratuzilmasi va uning faoliyati mahsullari tahlili A.I. Tatarkin, A. E. Koguta, N.L. Frolova va V.J. Kellening ilmiy ishlarida o’z aksini topgan /9/. Yangilik kiritishlar va uning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyatini Y. Shumpeter aniqlab, ularning man’bai sifatida raqobatning asosiy faktori bo’lgan korporatsiyalarning ilmiy faoliyatini ko’rsatgan. Ammo bu holda ham asosiy dominanta sifatida yangi g’oyalarni samarador iqtisodiy yechimlarga aylantira oladigan novator-tadbirkor insonning ijodi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, Amerika iqtisodchisi R. Solou AQSH iqtisodiyotidagi quyidagi qiziqarli bog’liqlikni aniqladi: ishlatilayotgan kapitalning ko’paytirilishi mahsulot o’sishining 12,5% gagina sabab bo’ladi, qolgan 87,5 % li o’sish esa texnologik o’zgarishlarga bog’liq bo’lar ekan. Shundan so’ng, texnika va texnologiyaning rivojlanishini o’rganadigan bir qancha soha mutahassislari, shu jumladan, iqtisodchilar ham ishlab chiqarish o’sishining asosi - kerakli joyda, kerakli vaqtda va kerakli iqtisodiyot tarmoqlariga ilmiy-texnologik yangiliklar kiritish ekanligini ta’kidladilar. Iqtisodchi P.N. Zavlin fikricha /10/, iqtisodiyot mahsuloti sifatida bilimlarga asoslangan yangiliklar kiritish ishlab chiqarish usuli, ilg’or texnologiya, hizmat ko’rsatish turi, tashkiliy tuzilish, moliyaviy yoki ilmiy izlanish faoliyati ko’rinishida bo’lishi mumkin.Ya. Muyjel va L.A. Jolents esa bilimlar natijasida vujudga kelgan yangilikni “ilmiy g’oya yoki texnik ixtironi amaliy foydalanishgacha olib kelish jarayoni” deb 158 tushuntirishadi. Rossiya olimlaridan V.J. Kelle fikriga ko’ra esa, bilimlar asosidagi raqamli iqtisodiyotning poydevori yangi texnologiyalar va yangi mahsulotlarni yaratish, loyihalash, ishlab chiqarish va tarqatishda ilm-fanni keng miqyosda qo’llashdir. A.I. Tatarkinning fikricha, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot sharoitlarida ilmiy-texnik bilimlarning amaliyotda qo’llanilishi natijasida yangi mahsulot sifatidagi (mahsulot turi, hizmat turi, texnologiya, tashkiliy usul va boshqalar) “raqamli innovatsiyalar” hosil bo’lib, ulardan foydalanish iqtisodiy yoki ijtimoiy samaralarga olib keladi. Ammo raqamli innovatsiyalarni yangi texnologiya va yangi mahsulotlar sifatida moddiy ishlab chiqarishdagina bo’ladi deb tushunish xato bo’lar edi. Ular inson faoliyatining istalgan sohasiga mansub bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham raqamli innovatsiyalarni ularning tarqalishi va ishlatilishi, ulardan qanday foydalanilishi, yangililik darajasi va boshqalarga nisbatan ham farqlash mumkin. Shunday qilib, raqamli innovatsion iqtisodiyot bilimlarni yuqori darajada tashkillashtirish asosida yoki bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sharoitlarida amalga oshiradi. Undan so’ng paydo bo’ladigan raqamli iqtisodiyot esa ishlab chiqarishning yangi faktori – informatsiyani ajratib olish va uni keng miqyosda ishlatish bilan bog’liq bo’ladi. Zamonaviy bilimlar va informatsiyadan foydalanish asosida uyshtiriladigan ijtimoiy ishlab chiqarishning mahsuloti sifatida yangiliklar kiritish yoki raqamli innovatsiyalar vujudga kelsa, ularning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi, almashinuvi va iste’moli raqamli innovatsion iqtisodiyot borligidan darak beradi. Ushbu iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotning barcha sektorlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun tom ma’nodagi imkoniyatlar yaratib beradi. Shu jumladan, bu holat depressiv, stagnant va rivojlanib kelayotgan holatlardagi milliy iqtisodiyotlarga ham tegishlidir. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling