11-Ma’ruza. Bilimlarga asoslangan tizimlar Reja


Download 336.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi336.16 Kb.
#1533922
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-ma\'ruza



11-Ma’ruza. Bilimlarga asoslangan tizimlar 
Reja: 
1. Umumiy tushunchalar 
2. Bilimlar tizimini boshqarish, bilimlar bazasi. 
3. Sun'iy intellekt tizimlari va bilimlarni tasvirlash modellari. 
4. Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish.
 
Umumiy tushunchalar 
Ma’lumotlar bazasi fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum bir 
dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy 
madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning 
kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan 
ishlash imkoniyatlarini oshiradi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar 
bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga 
asoslangan. Bu ikki daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos 
keladi: ma’lumotlarni shaxsiy kompyuter xotirasida saqlash nuqtai nazaridan 
jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan 
mantiqiy bo‘linadi. Ma’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur 
quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuterning tashki 
xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir. Shunday 
qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuter xotirasida saqlanadigan va 
muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o‘zaro 
bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim 
foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo‘ljallangan. 
Kompyuter axborot tizimlari o‘rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan 
foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida qayd etildi. 
Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to‘plangan bilishlarga doir 
har qanday muammo bo‘yicha maslahat olish imkoniyatini beradi. Misol. AQShning 
davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va g’allaga tegishli 
ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o‘g’it solish va hosil olishning 
optimal vaqtini belgilaydi. Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter 
tizimlarning shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar bu 
harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo‘lardi. Aksariyat 
hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi.
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. 
Shuningdek, ular o‘z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko‘rish, sezish, 
o‘qish - o‘rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham 
oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. 
Lekin har qanday kompaniya ham o‘z shtatida uning ishi bilan bog’liq barcha 
muammolar bo‘yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday muammolar 
paydo bo‘lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan 
foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter 


xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan 
iboratdir. 

Download 336.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling