11-Ma’ruza. Bilimlarga asoslangan tizimlar Reja


Ekspert tizimni qo‘llash mezoni


Download 336.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi336.16 Kb.
#1533922
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-ma\'ruza

Ekspert tizimni qo‘llash mezoni 
Bir qator masalalar borki, ularni bilimlarga asoslangan tizimda yechimini 
topish istalgan boshqa yo‘llar bilan topishdan oson kechadi. Bu tizimlardan 
foydalanilganda quyidagi mezonlarga asoslangan holda ish yuritiladi: 
• 
Ma'lumot va bilimlar ishonchli, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi; 
• 
Bo‘lishi mumkin yechimining ko‘lami katta emas; 
• 
Masala yechimini topishda formal fikrlamaydi. Bilimlarga asoslangan 
tizimlar borki, ular masala yechimini abstrakt tushunchalar yordamida yecha 
olmaydilar. Masala yechimi protsedura tahliliga bog'liq bo‘lgan hollarda bilimlarga 
asoslangan tizimlarga nisbatan, oddiy dastur mahsulotlari yaxshiroq natija beradi. 
Bilimlarga asoslangan tizimlar ko‘proq formal fikr yuritish kerak bo‘lgan hollarda 
yaxshi natija beradi; 
• hech bo‘lmaganda, o‘z bilimlarini shakllantirib, ularni masala yechishdagi 
usullarini asoslab bera oladigan bitta bo‘lsa ham ekspert bo‘lishi kerak. 
ET larni quyidagi masalalarni yechishda qo‘llash maqsadga muvofiq emas: 
1. Oddiy matematik usul bilan, formal o‘zgartirish va protsedura tahlili 
yordamida yechiladigan masalalarda; 
2. Aniqlash masalalarida, chunki ular raqamli usullar yordamida 
yechiladi; 


3. Yechimi haqida ma'lumot bo‘lmagan masalalarda. 
Ekspert tizimlardan foydalanish 
Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan 
ekspert tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega. 
1. Ko‘pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar 
siz bu tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo‘lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga 
duch kelishingiz mumkin. Ko‘pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan 
yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin. 
2. Odatda bu tizimlarda qo‘llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni 
olishni qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan 
foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo‘lishi mumkin (ko‘pgina hollarda 
shunday bo‘ladi). 
3. Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o‘zgarmaydi. 
4. Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan 
ko‘rinishga keitirish haligacha muammoligicha qolmoqda. 
5. ET larni o‘qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi 
maxsus o‘rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning 
idishdagi suvni ustiga ongli holda to‘ka olmasligi tabiiy holdir, lekin Kompyuter 
klaviaturasiga kofeni to‘ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga «aqli» 
yetmasligi aniqdir. 
6. ET larni katta predmet sohada qo‘llab bo‘lmaydi. Ulardan 
foydalanishda ekspert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi 
mumkin bo‘lgan kichik predmet sohalar bilan chegaralangan. 
7. Ekspertlar bo‘lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan 
foydalanib bo‘lmaydi. 
8. ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga 
muvofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo‘la olmaydi, lekin bu 
tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin. 
9. Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o‘xshash masala 
bo‘lmasa, inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi. 
10. Yechim ming xil hodisa va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadigan 
o‘zgaruvchilarga bogiiq bo‘lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to‘liq tahlil uchun 
yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi 
interfeysini ishlatgan ma'quldir. 

Download 336.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling