11-Ma’ruza. Bilimlarga asoslangan tizimlar Reja


Sun'iy intellekt tizimlari va bilimlarni tasvirlash modellari


Download 336.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi336.16 Kb.
#1533922
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-ma\'ruza

Sun'iy intellekt tizimlari va bilimlarni tasvirlash modellari. 
Sun'iy intellekt — bu inson o‘y-fikrini Kompyuter da aks ettiruvchi 
dasturlar tizimidir. Bu kabi tizimlar yaratish uchun, aniq bir masalani yechuvchi 
kishining fikr jarayonini o‘rganish va shu asosda Kompyuter tushunadigan tilda 
dastur tuziladi. Bu sohada asosan, «nima bo‘ldi, agar» turdagi evristik 
(noformallashgan) vazifalar jarayoni Kompyuter da hal etiladi. Bunda asosiy g'oya 
«qanday hal etish kerak» degan vazifani beruvchi eski formallashgan algoritmlardan 
predmetli soha mutaxassislari tomonidan jamlangan bilimlar bazasida «nimani hal 
etish kerak» degan mantiqiy dasturlashtirishga o‘tishdir. 
Sun'iy intellektning (SI) intellektual xarakterdagi masalalar-ning yechilish 
usullarini EHM yordamida o‘rganuvchi fanning hayotda qo‘llanib rivojlanib 
borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi 
ma'lumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET 
ga taqdim etishning ikki asosiy shakli: faktlar va qoidalar mavjud. Faktlar — hodisa 
va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkich-larini qayd etadi. Qoidalar — odatda 


sabab va oqibatlarni bog'lovchi mantiqiy sharoitlar ko‘rinishidagi faktlararo 
nisbatlarni bayon etadi. 
SI tizimlari 40 yildan ko‘proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan 
kechirgandir. Paydo bo‘lishidanoq teoremani avtomatik isbotlash, mashina tarjimasi 
(bir mashina tilidan boshqa tilga o‘girish), tasvirlarni o‘rganish va tahlil qilish, 
robotlar ishini rejalashtirish, o‘yinlar algoritmi va strategiyasi kabi yechimini 
kutayotgan masalalarni qamrab olgan yechimni topish. 
Ekspert tizimlar — bu malakali ekspertlar darajasida foydalanuvchilar 
qarorlarini tayyorlashning tor ixtisoslashtirilgan sohasida bilimlarni qayta ishlash 
tizimlaridir. 
ETlarga maslahat berish, tahlil qilish, konsultatsiya berish, diagnoz 
qo‘yishdek nozik masalalar yuklatilgan. 
ETlarni sanoat korxonalarida qo‘llash ish unumini va mutaxassislarning 
malakasini oshirish imkonini beradi. 
Bilimlarni to‘plash va uzoq vaqt saqlash ETlarning eng muhim afzalligi 
hisoblanadi. ETlar axborotlarga nisbatan obyektivdir. Bu o‘z navbatida 
o‘tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko‘p bilimlarni talab qiladigan 
masalalarni hal etishda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi. 
ET larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu awalambor 
foydalanuvchining ishlab chiqiladigan tizimga qanday talab qo‘yilishini 
bilmaganligidan kelib chiqadi. Shuningdek psixologik tartibda, ya'ni bilimlar 
bazasini yaratishda ekspert «mashina mening o‘rnimni egallashi mumkin» degan 
asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo‘lishiga intilmasdan, balki bunga qarshilik 
qilishi mumkin. Lekin, bu qo‘rqishlar asossizdir, chunki ET fikr yuritish qobiliyatiga 
ega emasdir. Bu esa ular bilimlarini oshirish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Keyingi 
vaqtlarda mustaqil o‘qib, bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lgan tizimlar ishlab 
chiqish ustida ishlar olib borilmoqda. 
Sun'iy intellektning dasturlashtirishga ta'siri. Biror bir masalani yechishda 
inson miyasi o‘zida bor bilim-ning barchasini ishga solmasdan, shu masalaga 
taalluqli bilimlar-nigina ishga soladi. Ma'lum bir masalani echish uchun, anoanaviy 
yo‘l bilan ham dastur (DASTUR) tuzish mumkin yoki sun'iy inetellekt usulida ham 
dastur tuzish mumkin. Vaholanki, sun'iy intellekt usulini qo‘llash masalani 
yechishni ancha yengillashtirar va tezlashtirar ekan. Tuzilgan dasturlarning alohida 
olingan qismi aniq bir ishni bajaradi. Biroq sun'iy intellekt asosida tuzilgani alohida 
xususiyatga ega. U xarakter jihatidan inson intellektiga yaqin, ya'ni ozgina 
o‘zgartirishlar yoki ozgina qism informatsiya dasturni butun strukturasini 
o‘zgartirmaydi. Bu holat (гибкость) dasturlash jarayonida yuqori samara beradi
dasturlash «tushunish» yoki «fikr» qilish imkoniyatini beradi. 
Sun'iy intellekt masalani yechish jarayonida inson fikriga tayanadi. Inson 
miyasini ishlash prinsipi juda murakkab jarayon bo‘lib, olimlar bu qiyin intellekt 
mexanizmini o‘rganishmoqda. Biroq, sun'iy intellekt tizimida dastur tuzish uchun 
etarli bilimlar mayjud. 
Bilimlar bazasi. Sun'iy intellekt sitemasida bilimlar bazasi muhim o‘rin 
egallaydi. Shu sohaning ilg'or mutaxassisi Stenford universiteti professori Edvard 
Feyganbaum bilimlar asosida, Kompyuter ga tuzilgan intellektual dastur juda qiyin 


bo‘lib, bunda ekspertga murojaat etishni ta'kidlaydi. O‘zi sun'iy intellekt atamasi 
aniq bir tushuncha bo‘lmay, biz uni sinonimi sifatida «Ekspert tizimlar» va 
«Bilimlarga asoslangan tizimlar» tushunchalarini ishlatamiz.

Download 336.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling