Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Ossuriya podshosi Salmanasar HI
(mil. aw. 705-681) annallaridan Mil. aw. XIX asrda Dajla daryosining yuqori oqimida markazi Ashshur shahri bolgan Osuriya davlati vuju- dga keladi. Bu davlat o'z tarixida yuksalishlar va qiyin- chiliklar davrini boshidan kechirib, mil. aw. XIX asrdan 605-yilgacha hukm surgan. Osuriya tarixi davomida qudratli armiya tuzib, istilochilik urushlarini munta zam olib borgan. Osuriya harbiy san’ati Mismikiga qaraganda yuqori darajada taraqqiy etgan edi. Osuriya davlati harbiy soha- ga jiddiy e tibor berib, kuchli, jangovar armiyani shakl- lantirgan. Bu armiya murakkab tuzilma, yuqori darajada tashkiliy shaklga ega bolib, bu harbiy taktikaning rivoj ■ lanishiga katta imkoniyat yaratgan. Mil. aw. XV asrdan boshlab Osuriya yuksalishining yangi davri boshlanadi Osuriyaning ko‘p sonli armiyasi harbiy kolonistlardan iborat bolib, shu bilan birga, bu armiya erkin aholining Keng qatlamlari orasidan harbiy maqsadlar uchun terib olinadigan odamlar bilan toldirib turilgan. Har bir vilo- yatning boshligl o'z qol ostidagi hududdan askar to'plab, bu askarlarga o'zi boshchilik qilgan. Armiyaga «ittifoq- chilar»dan, ya’ni Osuriya tomonidan boysundirilgan va unga qo'shib olingan mamlakatlarning aholisi ham ki- ritilgan. Masalan: Sargonning o'gli Sinaxxerib (mil.aw 705-781-yillar) «G'arbiy mamlakat»dan keltirilgan asir- lardan 10 ming kamonchi va 10 ming qalqonchi askar 43 tuzib, ulami o‘z armiyasiga qo'shgan. Ashshumosirpal esa (cramizdan awalgi VII asrda) Elamning urushib olin gan olkalaridan keltirilgan kamonchilar, qalqonchilar, kosiblar va temirchilar bilan armiya safini toldirgan. Osuriya armiyasida old Osiyoda birinchi bolib mil. aw. IX asrda otliq qismlar va alohida muhandis qism- lar tashkil etilgan. Bu osur armiyasining jangovar qo- biliyatini yanada kuchaytirgan. Dastlab otliq egarlan- magan otda o'tirgan, keyin esa uzangisiz baland egar kashf qilingan. Otliqlar juft bolib jang qilganlar: otliq- larning biri kamon bilan, boshqasi nayza va qalqon bilan qurollangan. Ba’zida suvoriy qilich va cho'qmor bilan qurollangan. Otliq qismlarga oqsuyak-zodagon lar va kasbi harbiy bolgan tabaqa xizmat qilgan. Osuriyaliklar ko‘p sonli urushlarda jang qilish usul- larini ishlab chiqqanlar. Osuriya armiyasining jangovar tartibini kamonchilar, nayzachilar, jang aravalari va ot liqlar tashkil etgan. Jangovar saflanishning asosi bol gan jang aravalari orqasida otliqlar turgan. Piyodalar uch qator saflanib turganlar. Kamonchilar oldinda yoki qalqonbardorlar panohida orqa qatorda. jang qilganlar. Kamonchilar orqada turganda qalqonbardorlar ikki qa torda turib, buldlib yoki cholcka tushib, kamonchilarga o'zlarining orqasida turib dushman ustiga o‘q yog'diri- shiga imkon berganlar. Otliqlar saf bolib hujum qilgan lar, ulaming hujumi saflangan jips piyodalar tomonidan yengil qaytarilgan. Ammo otliq qismlar to‘zg*itilgan, paro- kanda qilingan dushman armiyasini yanchib tashlash- da dahshatli kuch bolgan. Jang aravalari qismi jadal yurib, dushman saflarini to‘zitib vuborgan. Kutilmagan taktik vaziyatni tug'dirish uchun Osuriya sarkardalari tungi hujum qilish usulini keng qollaganlar. Miloddan oldingi VIII asrda Osuriyaning islohot- chi podshosi Tiglatpalasar III (745-727) harbiy islohot otkazgan. Islohotgacha armiya aholidan olingan ko‘n- gillilardan tashkil topgan. Armiya ta’minoti har bir as 44 kar o‘z hisobidan qurollangan va oziq-ovqatni ham o‘zi topishi hisobiga bolgan. Islohot natijasida muntazam armiya tuzilib, armiya ta’minoti tola davlat hisobidan tashkil etilgan. Armiya qurol turlari boyicha qismlar- ga bolingan, bir xil turdagi qurol joriy qilingan. Yengil qurollangan piyoda askarlar soni ko'paytirilgan. Armi- yadagilar soni o‘rta va kambag’al qatlamlar hisobidan ko'paytirilgan. Tiglatpalasar III urush vaqtida qabilalar- dan olinadigan ko'ngillilardan voz kechgan. Shuningdek, asosiy harbiy bolinma ham bolib u podshoni qo'riqla- gan. Doimiy armiyaning soni shu tarzda o‘sib borgan. Tiglatpalasar qullami harbiy xizmatga olishni yolga qo“yadi. Shu tarzda Tiglatpalasar III davlat hududi va chegaralarini doimiy qo'riqlaydigan hamda istilochilik yurishlarini g‘olibona olib boradigan zamonaviy qurol langan jangovar armiyani yaratadi. Osurlar uchun har biy ish, urushlar asosiy kasb bolgan. Doimiy istilochilik urushlari, urushlarda olingan oljalar, xalqaro savdoda faol ishtirok etish, xalqaro savdo yollari ustidan doimiy nazorat osur davlati va jamiyatining barqaror rivojlani- shini ta’minlagan. Tiglatpalasar III ning istilochilik siyo- sati uning vorislari tomonidan davom ettirilgan. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling