Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Harbiylarning huquq va majburiyatlari


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Harbiylarning huquq va majburiyatlari. Bobil 
muntazam armiyaga ega bolgan. Urush vaqtida armi­
ya dehqonlarning ko'ngillilari bilan toldirilgan. Xam- 
murapi qonunlari to‘plamida harbiylarning huquq va 
majburiyatlari 26-41-moddalarda o‘z aksini topgan. 
Asirga tushgan askarlarning huquqlari 133-135-mod 
dalarda bayon qilinadi. Kodeksda askarlarning ikki 
toifasi «redu» va «baeru» hamda harbiy boshliqlarning 
ikki unvoni «deku» va «labuttu» ko'rsatiladi. Xammu- 
rapi qonunlar kodeksining ayrim moddalarida Bobilda 
maxsus jangchi kolonistlar bolganligi tilga olinadi. Bu
38


jangchilar podshodan chek yerlar olganlar va buning 
evaziga harbiy xizmat o‘tashlari lozim bolgan. Bun- 
day jangchilar podshoning birinchi chaqirig'i bilanoq 
urushga otlanganlar.
Qonunga ko‘ra agar jangchilar o'zlarining burchlari- 
ni bajarmasalar, olim jazosiga hukm qilinib, qollarida- 
gi chek yerlar tortib olingan. Lekin, ikkinchi tomondan, 
bunday jangchilaming alohida huquqlari bolgan. Asir- 
ga tushib qolgan jangchi tolov berib qaytarib olingan, 
asirlikda yotgan jangchining chek yeri va mol-mulki 
uning o'gliga berilgan. Asirlikda yotgan jangchining 
mol-mulkini bosib olish jinoyat hisoblangan. Jang- 
chining mulki tortib olinsa, jangchiga zarar yetkazilsa, 
uni yollab ish berilsa, u kuchli odarnga qul qilib berilsa, 
podsho taqdim etgan yer uning qolidan tortib olinsa, 
buning uchun olim jazosi berilgan. Jangchi kolonistga 
podsho tortiq qilgan qoramol, yer, bog‘ va uyni sotish 
mumkin bolmagan. Davlat hokimiyati jangchi kolo- 
nistlaming mulkiy manfaatlarini shu tariqa himoya qi­
lib, harbiy xizmat otashga majbur bolgan bu jangchi 
kolonistlardan iborat ko‘pgina mayda dehqon yer ega- 
larining guruhini vujudga keltirgan. To'xtovsiz urush- 
lar olib borilishi va bu urushlar natijasida odamlaming 
kamayib borishi ana shunday guruh vujudga keltirish- 
ni zaruriyatga aylantirgan. Askarlar o‘z xizmatlari 
uchun yer, chorva, uy-joy olib, ulami sotishlari, agar 
o‘g‘il harbiy ishni davom ettirsa, ota o'ziga berilgan 
mulkni meros qoldirishi mumkin bolgan.
Qadimgi Mesopotamiyada fortifikatsiya (mudofaa 
inshootlari qurish) san’ati yuqori darajada rivojlan- 
gan. Har bir shahar mudofaa devori bilan o‘rab olin­
gan. Ayniqsa, o'sha davrga ulkan hisoblangan 200000 
kishi yashagan Bobil shahri mil. aw. VII asrda baland- 
ligi 7,78 metr, qalinligi 3,3 m bolgan kuchli uch devor 
bilan oYab olingan. Devorlaming birida 300 minora 
bolib, ulaming oralig'i 44 metr masofada joylashgan,
39


devorlarda 100 darvoza bolib, ular mis bilan qoplan- 
gan. Devorlar suv bilan toldirilgan chuqur xandaq bi­
lan o'rab olingan. Hech qanday dushman hujumi Bo­
bil shahrini egallashi mumkin bolmagan.
Shumer falangasi. Falanga qadimgi davrda armiya 
harbiy qismlarining zich saf tortgan qatori. Falangaga 
xos xususiyat zich saf tortgan, uzun nayzalar bilan 
qurollangan jangchilar. Qadimgi tasvirlarda Mesopo- 
tamiya falangasi uch qatorda ko'rinadi.
Mil. aw. XXV asrga oid Mesopotamiya janubidan 
topilgan shartli ravishda «Kalxatlar stelasi» deb atal- 
gan taxta lavhada Shumer shaharlarining mustahkam 
qurollangan askarlari tasvirlangan. Rassom Lagash 
shahri hokimining Umma shahriga qarshi yurishida 
erishilgan g'alabasini tasvirlaydi. Bu g'alaba yodgorligida 
halok bolgan dushmanlar jasadi bilan qoplangan jang 
maydoni va ular ustida kalxatlar uchib yurgani tasvir­
langan. Shu yerda jangda halok bolganlami dafn qilish, 
qurbonlik keltirish, asirlami qatl qilish va nihoyat og'ir 
qurollangan askarlar qismi oldida jang aravasida bora- 
yotgan g'olib hokim ham aks ettirilgan. Lavhadagi yozuv 
Lagash shahar davlatining qo'shni Umma ustidan g‘a- 
labasi va urushning oqibatlari to‘g‘risida hikoya qiladi. 
Yengilgan Umma aholisi Lagashga hujum qilmaslik va 
Lagash xudolariga don va non bilan olpon tolashga qa- 
samyod qilganlari to‘g‘risida malumot beriladi.
Mil. aw. Ill ming yillikda urushlar asosan Meso- 
potamiyaning o'zidagi ellikka yaqin shahar-davlatlar 
o‘rtasida bolgan... Mil. aw. II ming yillikdan Mesopo- 
tomiya shahar-davlatlari Bobil, Osuriya, Mitanni, Xett 
davlatlari tarkibiga kirgan. Ular old Osiyodagi qudratli 
davlatlarning keng qamrovli urushlarida qatnashgan- 
lar. Endilikda armiyaning qurol-yarogl misdan emas, 
bronzadan tayyorlangan, shaharlar kuchli mudofaa 
inshootlari devorlari bilan o‘rab olingan. Mil. aw . I 
ming yillikda Mesopotamiya va unga qo'shni Suriyada
40


qurol-yaroglarni tayyorlash markazlari paydo bolgan. 
Ana shunday markazlardan biri Damashq shahri b o l­
gan. Damashq o‘zining oliy navli polat qilichlari bilan 
mashhur bolgan. Damashqda yasalgan qilichlar juda 
o‘tkir bolib, unga teng qilich bolmagan. Qilichsoz us- 
talar bunday oliy sifatli qurol tayyorlash texnologiya- 
sini sir saqlaganlar. Damashq ustalari tayyorlagan qi- 
lichlarning narxi juda yuqori bolgan.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling