Mitanni. Mil.aw. XVI asr atrofida hozirgi Suriya-
ning shimolida kuchli Mitanni davlati vujudga kel-
gan. Mitanni davlati ko‘p sonli savdo yollari kesish-
gan hududda joylashgani uchun xalqaro savdoda faol
qatnashgan. Tez orada kuchli armiyaga ega bolgan
Mitanni Osuriyaning bir qismini, Kichik Osiyo, Suri
ya, Finikiya va Falastinni bosib oladi. Mitanni Xettlar
davlati va Misr bilan old Osiyoda hukmronlik qilish
uchun uzoq urushlar olib borgan. Bu davlat qudra-
tining asosi kuchli jangovar armiya bolgan. Mitanni
armiyasi uch qismdan iborat bolgan: 1) piyoda - ko‘n-
gilli qism: bu qism yengil va og'ir qurollangan piyo
da askarlardan iborat bolgan; 2) jangovar qobilyati
yuqori darajada bolgan otliq suvoriylar; 3) imtiyozli
jang aravalari qismi. Bu qismni oqsuyak-zodagonlar
tashkil etgan. Boy oqsuyak-zodagonlar jang aravalari-
ni qurish uchun juda katta miqdorda mablag' sarfla-
ganlar. Mitanni jang aravalari yuksak mahorat bilan
boshqarilgan. Ko'pincha bu jang aravalari janglar taq-
dirini hal qilgan yoki armiyaning g'alabasini ta’min-
lagan zarbdor qism bolgan. Raqib bolgan xettlar va
osuriyaliklar Mitanni jang aravalari qismining yutuq-
larini o'zlashtirishga harakat qilganlar. Mitanni dav
lati hokimyati harbiy maqsadlar uchun yilqichilikni
rivojlantirgan. Misr fir’avni Mitanni bilan hamkorlik
qilganda, Mitanni podshosidan bir necha marta jang
aravalari va otlarni sovg'a sifatida olgan.
41
10-rasm. Shumerliklar.
11-rasm. Mil. a w . Ill ming yillikdagi Mesopotamiya shahar-
davlatlarining oqsuyak-zodagonlari to'rt g'ildirakli va ikki
g'ildirakli jang aravalarida jang qilganlar.
42
OSURIYA HARBIY DAVLATI
Men unga qarshi jang qildim va unga
zarba berdim. Uning askarlarini qurol bilan
yanchdim. 1121 jang aravasini, 470 otliq-
larini lageri bilan bosib oldim. O'z hayotini
qutqarish uchun и [toqqa] ko'tarildi, uning
ortidan men Damashqqa, uning poytaxtiga
yurdim, men uni qamadim.
Do'stlaringiz bilan baham: |