Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
QADIMGI DUNYO HARBIY SAN’ATI
KIRISH Insoniyat sivilizatsiyasining ilk davri - odamlar jamoasi paydo bolishi bilan urushlar ularning ham- rohi boldi. Urug‘-qabilalar o'rtasida ov hududlari, o'tloqlar, ekin yerlari, suv havzalari uchun doimiy to'qnashuvlar yuz berdi. Ana shu davrda harbiy jang san’atining ilk unsurlari paydo boldi. Urug‘-qabila- larda boshqa dushman qabilalarning tazyiqidan o‘z hududini himoya qilish hayotiy zaruriyat bo lib qoldi. Ibtidoiy jamoa davrida jamoaning har bir a’zosi o‘zi- ni, jamoasini himoya qilish uchun m alum bir har biy ko'nikmaga ega bolishi, doimo himoyaga tayyor turishi lozim edi. Shu sababli urug‘ning har bir ba- log'atga yetgan a’zosi kamondan nishonga olish, nay- za otish, q o l jangi, chavandozlikni o‘rganishi shart edi. Vaqt o'tishi bilan otda turib jang qilish paydo boldi. Urug‘ jamoasining so'nggi davrida har bir urug‘-qabilada urush san’atini atroflicha o‘rgangan kichik jangchi qismlar shakllandi. Ularning asosiy vazifasi urug'-qabilani dushman hujumidan himoya qilish, bo‘sh vaqtda harbiy soha bilan shug'ullanish, jang san’atini o'zlashtirish bolib qoldi. Urug'-qabilalarda harbiy sohaning ahamiyati or- tib borishi bilan harbiy yolboshchining nufuzi ham oshib bordi. Ana shunday tarzda harbiy kasb vujud- ga keldi. Ilk bor ibtidoiy mudofaa to'siqlari urug‘- jamoa qishloqlari atrofida paydo bolib, ular keyin- chalik mustahkamlangan qo‘rg‘on-qal’a vazifasini 3 o‘tay boshladi. Dushman hujumidan yashirinadigan harbiy manzilgohlar paydo boldi. Insoniyat tarixining birinchi kunlaridayoq o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun harbiy sohani yolga qoyib, hozirgi kungacha bu sohada misli ko'rilmagan yutuqlarga erishdi. Davlat va jamiyatlar paydo b o li shi bilan harbiy tashkilotning ilk ko'rinishlari bolgan ko'ngillilardan tuzilgan harbiy qismlar paydo bolib, keyinchalik ular dahshatli kuchga - haqiqiy armiya- ga aylandi. Bu armiya mamlakat xavfsizligi, chegara- larni qo'riqlash bilan birga o‘zga mamlakatlarni istilo qiladigan hujumkor kuchga aylandi. Qurol-yaroglar takomillashtirilib, ularning yangi turlari paydo b o l di. Urush olib borishning ilk qonun-qoidalari yuzaga keldi. Armiyaning tashkiliy tuzilmasi rivojlandi. Dav lat hokimiyati armiyani tashkillashtirish va ta’mino- tini o‘z zimmasiga oldi. Paydo bolgan yangi ijtimo- iy qatlam harbiylarning huquq va majburiyatlarini belgiladi va bu qatlamni o‘z himoyasiga oldi. Davlat paydo bolishi arafasida vaqtinchalik harbiy birlash- malar paydo boldi, keyin ular qabila boshlig'ining harbiy bolinmasini tashkil qildi. Davlat va jamiyat paydo bolishi bilan ilk armi ya tuziladi. Ayrim kishilar uchun harbiy ish kasbga aylana boshladi. Bu harbiy tashkilotning ilk kurta- gi edi. Harbiy tashkilotning eng muhim xususiyati harbiy intizom, harbiy texnika va harbiy tashkilot shaklining mavjudligi edi. Harbiy intizom bu - shax- siy tarkibning butun kuchini jangovar topshiriqni bajarish maqsadiga yo'naltirish edi. Ilk harbiy tartib- qoidalar paydo boldi. Jangchining harbiy boshliqqa so'zsiz bo“ysunish qoidasi yuzaga keldi. Bo^sunish subardinatsiyasiga asoslandi, boshqacha aytganda, harbiy boshliqning so‘zi - boysunuvchi uchun so‘zsiz bajarilishi kerak bolgan qonundir. Bu qoida armi yani jipslashtirib, uning jangovar qobilyatini ku- 4 chaytirdi. Harbiy intizomning o‘ziga xos xususiyati u asosan majbur qilishga asoslanganligidadir. Dunyo tarixidagi ilk davlatlar mil. aw. IV ming yillik oxiri III ming yillik boshlarida qadimgi sharq- ning turli hududlarida paydo boldi. Bu davlatlarda siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligi- ni ta’minlash maqsadida harbiy soha ham rivojlana boshladi. Bu davlatlar uchun eng muhim vazifalar- dan biri mamlakatning tashqi chegaralarini dush- mandan himoya qilish, mamlakat ichida barqaror- likni ta’minlash edi. Shu sababli harbiy soha yolga qoyildi, shu soha bilan shug'ullanadigan odamlar va davlat hokimiyatining alohida organi paydo b o l di. Dastlab aholidan to'planadigan ko'ngilli armiya, keyinchalik muntazam armiya tashkil topdi. Harbiy tashkilot davlat hokimiyatining eng muhim tarki- biy qismiga aylandi. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Osuriya, Xett, 0 ‘rta Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda istilochilik urushlari va che- garalarning daxlsizligini ta’minlash qobiliyatiga ega bolgan dastlabki armiyalar paydo boldi. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling