Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Razvedka xizmati. Qadimgi davlatlarda razvedka 
xizmati asta-sekin harbiy sohaning rivojlanishi bilan 
takomillashib borgan. Dastlab qo'shni davlatning iq- 
tisodiy-siyosiy holati, harbiy sohaning ahvoli - armi- 
yasining jangovar qobiliyati to'g'risida malumotlar 
yig'ilgan. Qo'shni raqib davlat to'g'risida malumot 
olishda shu mamlakatda yashaydigan o‘z qabiladosh- 
laridan foydalanilgan. Ko'pincha an’anaviy ravishda
7


sayyohlar, savdogarlarning m alumot va xabarlaridan 
foydalanilgan. Urush xavfi tug'ilgan paytda razvedka 
jonlangan, raqib mamlakatga ayg'oqchilar maxsus 
topshiriqlar bilan yuborilgan. Dushman mamlakat 
hududida aholi orasida har xil yolg'on-uydirmalar 
tarqatilib, aholini qo'rquv va vahimaga tushirish, o‘z 
davlat hokimiyatiga ishonchsizlik tug'dirishga ha- 
rakat qilingan. Bu usuldan qadimgi Osuriya davlati 
unumli foydalangan. Urush paytida dushman hudu- 
di aholisiga psixologik tazyiq o'tkazilgan: asirlarni ti- 
riklay terisi shilingan, qoziqqa o‘tqazib qatl qilingan, 
go'daklar, ayollar vahshiyona oldirilgan. Bu osur ar- 
miyasiga xos bolgan. Shu sababli osur armiyasining 
bostirib kelayotganini eshitgan dushman askarlari 
jangsiz taslim bolgan.
Strategiya va taktika. Dastlab qadimgi armi- 
yalarda strategiya va taktika mavjud bolmagan. 
Qo'shin jang qilishi uchun maxsus joy tanlanmagan. 
Raqib armiyalar duch kelgan joyda to'qnashib, tar- 
tibsiz jangga kirishgan. Heir holda urush vaqtida ar- 
miyaning saflanib jangga kirishi asta-sekin yuz bera­
di. Mil. aw . II ming yillikda Misr armiyasi qismlarga 
bolinib jangga kirgan. Armiyaning alohida qismlariga 
ilohlarning nomlari berilgan. Qadimgi Xitoy qo'shiq- 
laridan birida Qadimgi Chjou sulolasi davrida (mil. 
a w . XII-VIII asrlar) xitoy armiyasi dushmanga qarshi 
urushga «to‘p bolib yurmasdan saf-saf bolib» borish- 
lari to‘g‘risida m alumot beriladi.1 Keyinchalik harbiy 
soha tajribasi ortib borishi bilan shu sohaga mas’ul 
davlat mahkamasi va zobitlar paydo bolgan. Harbiy 
mahkama armiyani tashkillashtirish hamda urush 
taktikasi va strategiyasi bilan shug4illana boshlagan.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling