Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
O'rta podsholik davrida harbiy san’at (mil.aw
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
O'rta podsholik davrida harbiy san’at (mil.aw.
XXI-XVIII asrlar). mil. aw. XXI asrda Misr janub- dagi Gerakleopol nomarxlari tomonidan birlashtiril- di. Shu davrdan 0 ‘rta podsholik boshlandi (mil. aw. 2100-1750-yillar). 0 ‘rta podsholik davrida Misr hudu- di taxminan 35 ming kv. kmni, aholisi 7 mln kishini tashkil etar edi. Bu davrda Misr janubga qo'shni Nu- biya (hozirgi Sudanga) g'olibona yurishlar uyushtirib, uning bir qismini qo'shib oldi. Chegarada mudofaa in- shootlari, qal’alar barpo qilindi. Faol tashqi siyosat yu- rish va bosqinlarga asoslangan edi. Bu esa harbiy ishni aniq tashkil qilishni talab qildi. Aholidan armiya yig‘ish uchun aholini ro'yxatdan o'tkazish amalga oshirilgan. 0 ‘rta podsholik davrida aholi ichidan armiya tarkibiga askarlar ro^xat asosida amalga oshirildi va shu tarzda asta-sekin muntazam armiya shakllandi. Malumotlar- ga ko‘ra, har bir nomdan (viloyatdan) 100 erkakdan bir askar olingan. Armiya tarkibiga podshoning shaxsiy tan soqchilari kirgan. Armiya 6, 40, 60, 100, 400, 600 hatto 3000 askardan iborat qismlarga bolingan. Misr armiya si bir necha o‘n ming askardan iborat bolgan. Harbiy yurishga, odatda, bir necha ming askar to'plangan; fir’avnlar yozuvlarida 3 ming, 10 ming askami tashkil etgan qismlar (otryad) tilga olinadi. Bundan tashqari qo‘shni qaram Nubiya qabilalaridan ham qandaydir shartlar asosida askarlar olinar edi. Askarlar harbiy xiz- matlari uchun podshodan yer ulushlari olgan, harbiy boshliqlar esa turli mukofotlar, xizmatda yuqori dara- jaga ko‘tarilish, yer, chorva va qullar olganlar. Alohiga harbiy xizmatlari uchun podshoning «oltin maqtovi» joriy qilingan, u bilan taqdirlanish sharaf hisoblangan, zodagonlar qimmatbaho qurol bilan taqdirlanganlar. Siut nomarxi Mesexti sag‘anas idagi yog'och mo- delda X sulola davri Qohira muzeyi tasvirlangan. 2 1 * i f a?. 0 ‘rta podsholik (2133-1786) davrida Mesexti sag‘a- nasidagi tasvirlar boyicha yaratilgan askarlarning yog'och haykalchalari bizgacha yetib kelgan. Bu hay- kalchalarda qo'shni mamlakat Nubiyadan yollangan askarlar tasvirlangan. Ular oddiy kamonlar bilan qurollangan. Nayzachilar yarim oval qalqon bilan hi- moyalangan. Haykallarda nayza va kamonlar bilan qurollangan askarlarning ikki qismi tasvirlangan. Dunyo tarixida ilk bor qadimgi Misrda yollanma askarlardan foydalanish boshlandi. Misr fir’avnlari qo'shni Nubiya qabilalaridan yollanma askarlar ol- ganlar. Yollanma askarlar malum bir haq evaziga jang qilganlar. Qadimgi podsholik davrida qalqonlar to'g'ri burchakli shaklda edi. Bunday katta teri tor- tilgan qalqonlar bilan qurollanishning sababi askar lar boshqa hech qanday himoya vositasiga ega emas edilar. Lekin bu qalqonlar juda og‘ir bolgan. Shu sa- babli O'rta podsholik davrida yengil va kichik hajmli qalqonlar paydo b o la boshladi. O'rta podsholik davrida Misr askarlarining qurolla- ri ancha yaxshilangan. Chunki metallga ishlov berish takomillashdi. Endilikda kamon va nayza paykonlari (uchlari) jezdan yasaldi. Zarba beradigan qurollar ilga- rigidek jangovar bolta, uzunligi 2 m gacha nayza, cho‘q- mor va xanjar edi. Uloqtiriladigan qurol sifatida kalta nayza, bumerang va tosh otadigan sopqon qollanilgan. O'qni uzoqqa otadigan, aniq nishonga tegadigan tako- millashgan kamon paydo boldi. Kamon o'qlari turli xil shakllardagi uchlar va dumga ega edi. Ularning uzunli gi 55 sm dan 100 sm gacha bolgan. Qadimgi Sharqda, odatda, kamon o‘qi uchlari yaproqsimon ko‘rinishda, kremniy, mis, jezdan bolgan, lekin samarasi kamroq bolib, sak-skif kamon o'qlariga tenglasha olmagan. Sak-skiflaming kamon o'qlari uchlari qirrali - suyak yoki jezdan bolib, nihoyatda aniq nishonga tekkan. Misr armiyasida kamondan aniq nishonga otish ISO- 16 180 smni, bumerang va irg'itiladigan kalta nayzani otish masofasi 50 m ni tashkil etgan. Ten qoplangan qalqon odam gavdasining yarmiga teng kelib, yagona himoya vositasi bolib qolavergan. O'rta podsholik davrida armiyani tashkil etish ta- komillashdi. Soni 6, 40, 60, 100, 400 askardan ibo rat harbiy bolinmalar tuzildi. Qismlar (otryad) 2, 3, 10 ming askarni tashkil etdi. Askarlar bir xil qurol - nayza va kamon bilan qurollantirildi. Harbiy hara- katlanish uchun saf tortish tartibi joriy etilgan bolib, front boyicha 4 qator va ichkariga 10 qator bolib ha- rakat qilar edilar. Oddiy askarlarning xizmatdagi yu- tuqlari, xizmat muddatini olagani uchun kichik yer ulushi bilan raglmtlantirilgani to‘g‘risida manbalar- da malumotlar bor. Harbiy boshliqlar o‘z xizmatlari uchun xizmat lavozimlariga kolarilib, yer, qullar, chorva olganlar, «maqtov oltini» (ordenga o'xshash) va ziynat berilgan jangovar qurol bilan taqdirlanganlar. 0 ‘rta podsholik fir’avnlari mamlakat chegaralari xavf sizligini ta’minlashga katta e’tibor berganlar. Mudofaa inshootlari tizimi ham paydo boladi. Janubiy chega- ralami qo'riqlash uchun Nilning birinchi, ikkinchi os- tonalari havzasida qal’alarning uch liniyasi qurilgan. Qal’alar qurilishi yanada takomillashdi, jumladan, qal’a devorlarida askarlami pana qiladigan tishlar, de- vorga yaqin keladiganlami o‘qqa tutadigan, ya’ni de- vordan turtib chiqib turadigan minoralar, qal’a devo- riga chiqishni qiyinlashtiradigan xandaqlar bunyod qilingan. Qal’a darvozalari minoralar bilan himoyalan- gan. Qo'qqisdan hujum uchun uncha katta bolmagan chiqish joylari qurilgan. Qal’ani suv bilan ta’minlash uchun quduqlar qazilib, daiyoga yashirin chiqadigan yollar qilingan. Mirgisdagi bu davrga oid saqlanib qolgan qal’a qoldiqlari to‘g‘ri burchak shaklida qurilgan. Mirgis dagi qal’a murakkab mudofaa inshooti edi. Bu qal’a 17 10 m balandlikdagi ichki devor, har binning oralig'i 30 m bolgan devordan chiqib turadigan minoralar va kengligi 8 m bolgan xandaqqa ega. Ichki devordan 25 m dan keyin qurilgan tashqi devor qal’ani uch to- mondan o'rab turadi, to'rtinchi tomondan qoya dar- yoga tik tushib turadi. Tashqi devor kengligi 36 m bolgan xandaq bilan o'ralgan. Yurishlar vaqtida armiya ta’minotiga katta ahami- yat berilgan. Qadimgi Misr yozuvlaridan birida shun- day malumotlar keltiriladi: «Men 3000 kishilik armi- ya bilan yurdim ... har biri uchun kuniga ikki ko'za suv va 20 ta non va xachirlarga sandaqlar yuklangan edi». Yurish vaqtida bu qism (otryad) o'zini suv bilan ta’minlashi uchun 20 quduq qazishga to‘g‘ri keladi. Misrda armiyaning asosiy qismini tashkil etgan pi- yoda askarlar nayza bilan qurollanib, qalqon bilan hi- moyalanganlar. Askarlar faqat lungi bilan 0 ‘ralib, oyoq kiyimsiz saf tortganlar va jang qilganlar. Bu vaqtdagi Misr yozuvlarida «zarbdor qismlar» to'g'risida eslatiladi. Ular janglarda suyagi qotgan tajribali askarlar bolsa kerak. «Fir’avn xizmatchilari» (Qadimgi Misrda «Fir’avn xizmatchisi» bolish obro‘ hisoblangan) deb atalgan saylanma qism yosh oqsuyak - zodagonlardan iborat bolib, janglarda fir’avn yonida turib jang qilganlar. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling