Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Misr harbiy floti. Misrda qadimgi podsholik davrida 
(mil. aw. XXVIII-XXIII asrlar) kemalardan foydalanil- 
gan. Dastlab misrliklar dengizchilik, kemasozlik yaxshi 
rivojlangan Finikiya davlatlarining kemalari va dengiz- 
chilaridan haq tolash sharti bilan foydalanganlar. Yan­
gi podsholik davridan boshlab misrliklar kuchli harbiy 
flotga ega bolganlar. Ular finikiyaliklardan kemasozlik va 
dengizchilikni o'zlashtirib olganlar. Misr harbiy flotidan 
old Osiyodagi davomli istilochilik urushlarida, «dengiz 
xalqlari» hujumlarini qaytarishda unumli foydalanHgan.
Misr kemalari eshkakli bolib, yelkanlarga ega b o l­
gan. Har bir kemada harbiy boshliq bilan muntazam 
komanda bolgan. Kemalar otryadiga flot boshlig'i bosh- 
chilik qilgan. Kemalar qurilishi bilan kema quruvchi- 
si deb nomlangan mansabdor shug'ullangan. «Ikkita 
katta flot» qurilib, biri Yuqori Misrda, ikkinchisi Quyi 
Misrda joylashtirilgan. Yangi podsholik davrida Misr 
katta va kuchli flotga ega bolgan. Kemalar yelkan va 
eshkaklar bilan jihozlangan. Ba’zi malumotlarga ko'ra 
kemaning burun qismi dushman kemasiga taran zar- 
basini berish uchun moslashtirilgan. Norveg olimi, flot 
tarixchisi V. Lundstrem mil. aw. 1200-yillardagi Misr 
barelyeflariga qarab qadimgi Misr harbiy kemasining 
qiyofasini tikladi. Kemaning uzunligi 30 metrdan 40 
metrgacha edi. Kemaning borti b o y lab misr harbiy 
kemasining zarbdor kuchi bolgan, 150-160 metrga­
cha nishonni bexato uradigan kamonchilar turgan. 
Kema machtasining tepasidagi savatda ham mergan 
kamonchilar o'tirgan. Burun qismi dushman kema­
siga zarba beradigan metall taran bilan tugallanadi. 
Kema korpusi oliy navli yog'ochdan tayyorlangan.
31


1-rasm.Mesexti sag'anasidagi tasvirlar boyicha Misr nayzachilari 
rasmi. Nayzachilar yarim oval qalqon bilan himoyalanganlar.
Giksoslar mil. aw. 1710-1550-yillar atrofida misr- 
ga hukmronlik qildilar.Ular o'zlari bilan jang aravalari 
va otlarni olib keldilar. Shu vaqtdan boshlab Misrda 
yilqichilik sohasi paydo boldi. Davlatga qarashli ot za- 
vodlari tashkil etildi. Jang aravalari armiyaning zarb­
dor qismiga aylandi. Zodagon-oqsuyaklar jang arava- 
larida jang qildilar.
32



Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling