Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


§o‘satdan tez boladigan hujumlarda yordamchi qism­


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.


§o‘satdan tez boladigan hujumlarda yordamchi qism­
lar - «sutu» deb atalgan, kamon va nayza bilan qurol­
langan askarlardan foydalanilgan. Dushmanga tunda 
hujum qilish taktikasi qollanilgan. Asrga olinganlami 
askarlik xizmatiga olganlar va ularga harbiy xizmati
63


uchun yer ulushi berilgan. Muntazam armiya doimo 
harbiy mashqlar bilan band qilingan. Armiya maxsus 
qurilgan qarorgohda, chegara qal’alarda va gamizon- 
larda turgan. Xettlar qal’a-shaharlami qamal qilish taj- 
ribasiga ega bolganlar va qamalda turli uskunalardan 
yaxshi foydalanganlar.
Xettlar imperiyasi fasllarga qarab qo'shni davlatlar- 
ga harbiy yurishlar uyushtirishgan. Bahor va yoz faslla- 
rida xettlar faol tashqi harbiy yurishlar olib borishgan. 
Kuz va qish fasllarida yurishlar to'xtatilgan. Buning 
asosiy sababi jangchilami qishki issiq kiyimlar bilan 
ta’minlash muammosi bolgan. Bahor fasli boshlangan- 
da barcha askarlar chaqirilib, harbiy ko'riklar, harbiy 
yurishga tayyorgarlik o‘quv mashg^ilotlari, mashqlar 
otkazilgan. Ayni shu paytda Xett askarlari yangi qurol- 
lar bilan qurollanishgan. Askarlar aytilgan paytda, 
aytilgan joyda yigllishlari majburiy bolgan. Ofitserlar 
yoz boyi armiyaga boshchilik qilib, istilochilik yurish- 
lari olib borishgan. Hatto 6 oy katta harbiy operatsi- 
yalar uchun kamlik qiladi. Shu sababli yilning boshqa 
fasllarida ham kichik harbiy operatsiyalar otkazishga 
podshodan rozilik soVashgan. Askarlar kuzning boshi- 
gacha jang qilib, kuz faslida oilasiga xo‘jalik ishlariga 
yordam berishgan. Qishda askarlar qishlash uchun 
maxsus harbiy yotoqlarga joylashtirilgan.
Xett armiyasi qurol-yarog‘i. 
O'sha davrdan qol­
gan relyef- tasvirlarda xett askari kalta yubka, oyog‘i- 
da etik, dubulg'a, jangovar bolta va kalta qilich, xan- 
jar bilan tasvirlangan. Lekin ko‘pgina tasvirlarda Xett 
jangchilari oyoqyalang tasvirlangan.
Xett qilichi yarim oy shaklida yasalgan bolib, qilich- 
ning uchi tepaga qarab qayrilgan. Jangovar boltalar 
qolga ushlash uchun mos qilib ishlangan. Xettlaming 
tig‘ uchi keskin qayrilgan, jangovar boltasiga odam qoli 
shakli berilgan. Boltalar ko'pincha bronzadan bolib, 
uchi juda otkir bolgan. Bolta asosan yuzma-yuz jang­
da raqibga zarba berish quroli bolgan.
64


Xett piyoda askarlari Misr relyeflarida kalta yeng- 
li, uzun ko^lakda tasvirlangan. Anatoliy a (Turkiya) 
yodgorliklarida esa Xett piyoda askarlari tizzagacha 
tushadigan qisqa ko^laklarda tasvirlangan. Askarlar 
himoya uchun qalpoq va qalqonlardan foydalangan­
lar. Yunonlar keyinchalik xettlarning harbiy qalpoq 
va qalqonlarining tuzilishini o'zlashtirib olganlar. 
Xett askarlarining kiyinishi turli Xett va Misr relyef 
tasvirlarida uchraydi. Taxminlarga ko‘ra, Misr man- 
balarida tasvirlangan uzun koyiak Xett askarinlng 
bayram libosi bolgan deb faraz qilinadi.
Xettlar misrliklardan farq qilgan holda uzun soch 
qoyib yurganlar. Shu sababli Ramzes II (mil. aw. XIV 
asr) davrida misrliklar xettlami «ayollar» deb mazax qil­
ganlar. Xett poytaxti darvozasidagi relyef tasvirida xett 
askari qisqa yubkada, qalpoqda, kalta qilich va bolta 
bilan turibdi. Qalpoq quloqchinli va jig'ali bolib, askar- 
ning boVni va bo^ni orqasini yopgan. Xett askarining 
kiyinishi va qurollanishi Xett poytaxti Xattusi (hozirgi 
Turkiya hududi) shahridagi «Podsho darvozasi» deb ata- 
ladigan ustunda boshqa manbalarga qaraganda yax- 
shiroq va mukammalroq tasvirlangan. Bunda yubka -
yolbars, ilonlaming terisi parchalaridan kesib tikilgan, 
yubkada gorizontal va vertikal chiziqlar ham mavjud. 
Yubka faqat beldan past qismni yopgan va askaming 
belini kamar bilan ushlab turilgan. Dubulg'a ham juda 
ajoyib tarzda ishlangan. Dubulg'a ikki yon tomondan 
tushib, quloqchin vazifasini bajarib, quloqlarni berkitib 
turgan. Dubulg'aning orqa tomoni ham ajoyib ishlan­
gan. Bunda dubulg'a yelkani ham himoya qiladi.
Davlat hokimiyati harbiy sohani birinchi darajaga 
qo“ygan. Armiyaning jangovar qobilyatini ta’minlash 
uchun doimo harbiy mashqlar, o'quv mashg'ulotlari, 
harbiy 

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling