Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


-rasm. Massagetlarning podshosi Malika To‘maris.  A.Durelxanov rasmidan lavha. 82 24-rasm


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

23-rasm. Massagetlarning podshosi Malika To‘maris. 
A.Durelxanov rasmidan lavha.
82


24-rasm. Saklar bilan fors qo'shinlari o'rtasidagi jang. 
Mil. aw . VI asrning 40-30-yillari.
25-rasm. Sak. Amudaiyo 
xazinasidagi oltin plastinka 
uzunligi 15 sm. Mil. aw . 
IV asr. Britaniya muzeyi.
26-rasm. Yuqorida saklar- 
ning bronza qalpog'i. Past- 
da sak jangchisi. Behus- 
tun qoyasidagi tasvir.
g‘arbi,
83
27-rasm. Saklar. 0 ‘rta Osiyolik saklar (Orolning 
Tyanshanning sharqi).


28-rasm. Mil. a w . VI-IV asr- 
29-rasm. Yunon vazadagi skif 
dagi sak (skif) jang aravasi. 
karnonchilari va goplitlar tasviri.
31-rasm. a) Skif qilichi. Kelermes qo‘rg‘onidagi skif yolboshchi- 
sining marosim qilichi (er. aw . VI asr). b) sak-skif temir xanjari. 
(Minusinks er. a w . V asr) v) Ko'loba qo‘rg‘onidagi skif yolbosh- 
chisining marosim qilichi (er. aw . IV asr).


QADIMGI ERON HARBIY SAN’ATI
Fors podshosi harbiy ish to‘g ‘risida o ‘ta 
g'amxo'rlik qilishiga biz rozimiz: и o'lpon 
yig‘adigan har bir xalqning hokimiga qan- 
cha otliqlar, kamonchilar, o‘q otuuchilar va 
qalqon bilan qurollanganlami saqlash lozim- 
ligiga ko'rsatma berdi.
Ksenofontning (mil. aw. VI asr) 
«Ekonomika» asaridan
Mil. aw . IX-VII asrlardagi Osuriya yozuvlarida 
sharqda sobiq Elam hududida (hozirgi Eron hududi) 
joylashgan Parsuash davlati tilga olinadi. Bu hudud- 
da mil. aw . VII asrda Parsuashdan tashqari, Elam- 
dan sharqda elamliklarga qaram bolgan, bir vaqt- 
ning o'zida ahmoniylar urug'idan bolgan yolbosh- 
chilar boshchilik qilgan fors qabilalari ittifoqiga kir- 
gan kichik davlatlar mavjud edi. Mil. aw . VII asrning 
40-30-yillarida Osuriya podshosi Ashshurbanipal 
Elam davlatini tor-mor qilgach, forslar Elam hukm- 
ronligidan ozod bo‘lib Midiyaga qaram bo'ladilar. Mil. 
aw . VI asrda forslar Midiya hukmronligini ag'darib 
tashladilar va uni davlatlari tarkibiga qo'shib oldilar.
Mil. aw . 559-yilda fors podshosi bolgan Kayxus- 
rav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani 
bosib oladi. Mil. aw . 545- va 539-yillarda Kayxusrav 
hozirgi Afg‘oniston, Hindistongacha bolgan yerlarni 
bosib olgan. Fors davlat hududi Hindistonning shi- 
moliy-g‘arbiy chegaralarigacha, Hindiqushning ja- 
nubiy yonbaglrlari va Sirdaryo havzalarigacha yetdi. 
Mil. aw . 539-yilda ikki oy davomida avgust-sentabr 
oylarida Bobil podsholigi yerlari bosib olinadi. Bobil 
bosib olinganidan so‘ng, barcha g'arbiy mamlakatlar 
(Suriya, Falastin, Finikiya) fors davlati tarkibiga ki- 
radi. Forslar g‘olibona urushlar olib borib, Osiyo, Af- 
rika, Yevropaning o‘nlab davlatlarini, yuzlab xalqlar,
85


elatlarim yengib, uch qit’ani o‘z ichiga olgan ulkan 
imperiyani yaratdilar.
Ahmoniylar davlatida Kayxusrav I (mil. aw . 
558-529-yillar) hukmronligi davrida harbiy sohaga 
katta e’tibor berilgan. Jangovar qobiliyatga ega kuch- 
li armiya tuzildi. Uning asosini otliqlar tashkil etgan. 
0 ‘sha vaqtda otliq qism hujumiga qarshi tura oladi- 
gan kuch yo‘q deb hisoblangan. Jang aravalari ham 
o‘z ahamiyatini yo'qotmagan edi.
Forslarda armiyaning piyoda qismi xizmatga 
chaqiriladigan jamoachi dehqonlardan rekrut tarti- 
bida toldirilgan. Piyodalarning ko'pchilik qismi ka- 
monlar bilan qurollangan. Kamondan o‘q otish san’a- 
tini egallash ko‘p vaqt va muntazam mashqni talab 
qilgan. Antik yozuvchilar ma’lumotlariga ko'ra, fors- 
lar kamondan o‘q otishni bolalikdan o'rganganlar.
Armiyaning yengil piyodalar qismi qurollari yen- 
gil nayza, qilich va qalqon bolgan. Piyoda muntazam 
qismlar urushlardan boshqa paytda doimiy harbiy 
mashq bilan shug\illanib, ayniqsa, qo‘l jangiga e’ti­
bor bergan. Nayza qisqa va yengil, kamonchi tomon- 
ga egilgan q o l ushlagich va oldinga keskin qayril- 
gan katta bolmagan «shox»dan iborat kamon keng 
tarqalgan. Ko‘pincha kamonlar assimetrik tuzilgan 
bolib, uzunroq yuqori qismga ega bolgan. U tuzilishi 
bo“yicha murakkab tarkibli yog‘och qismlardan tuzil­
gan. Yuqori shox alohida shoxdan, suyak yoki jez- 
dan tayyorlanishi mumkin. Bunday kamonning o‘qi 
uzoqligi 500 metr bolib, 200-300 metrdan o'rtacha 
kamonchi dushmanning sovutini teshishi mumkin 
edi. Askar chap qolga taqiladigan kichkina qalqonga 
ega bolib, 1,8 metr temir uchli nayzani bir yoki ikki 
q o l bilan ushlagan. Kamondan otish paytida nayza 
yerga suqib qo^iladigan temir tayoqcha bilan ta’min- 
langan. Jangchida kamon o'qlari solingan sadoq va 
kalta xanjar (akinak) bolgan.
86



Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling