Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Porslarda harbiylarning imtiyozlari


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Porslarda harbiylarning imtiyozlari. 
Ahmoniylar 
davlatining ikki yuz yildan ko'proq hukmronlik qilishi- 
ning asosiy sababi bu qudratli armiyaning mavjudligi 
va bu armiyani mavjud davlat hokimiyatini barqaror- 
ligini ta'minlashi boldi. Davlat hokimiyati armiyaning 
asosini tashkil etgan askarlarning manfaat va ehtiyo- 
jini unutishi oqibatida davlat harbiy jihatdan zaiflash- 
di va bu Ahmoniylar davlatining halokatiga olib keldi.
Fors podsholari davlat harbiy xizmatiga kirgan har- 
biylarga yer ulushi berish bilan uyushgan, ular jan- 
govar qobiliyatli yuqori armiya tuzmoqchi edilar. Doro 
I va Artakserks I harbiy islohotlar o‘tkazib, o‘zlariga 
sodiq harbiylar qatlamini vujudga keltirishga harakat 
qilganlar va yer ulushini quyidagicha belgiladilar:
«Ot ulushi» - bu ulushni olgan askar undan da- 
romad olishi va qaram dehqonlar mehnatidan foy- 
dalanishi mumkin edi. Buning uchun urush vaqtida 
chaqiriq bo'yicha xizmat qilishi lozim bolgan. U otga 
minib, tola qurollangan holda yigln joyiga kelishi 
shart bolgan. Bir ot ulushiga bir otliq askar qo'yilishi 
zarur. Bunday ulush taxminan 70 akrni tashkil etgan.
«Kamon ulushi» - bu ulushni olgan askar podsho 
chaqiriglga binoan piyoda kamonchi sifatida harbiy 
safarga chiqishi lozim. Bu ulush ot ulushidan ikki 
marta kam.
«Jang aravasi ulushi» - bu ulushni olgan askar jang 
aravasida jang qilgan. Ular armiyaning saylanma qis­
mi va fors armiyasining zarbdor kuchi edi. Bu eng boy 
va katta in’om bolgan.
Birinchidan, ulushlar asta-sekin bolinib ketgan. 
Misol uchun, otliq askarda besh o‘g‘il bolib, yer ulushi 
ular oVtasida bolingan. Doro II davriga kelib, ot ulu­
shi egasida Kayxusrav II ulush egasiga boshda in’om 
qilgan o‘n besh ulushdan o‘ndan bir qismi yoki bir 
qismigina qoldi. Lekin ulush egasi otliq askar berishi 
zarurligi to‘g‘risidagi qonun harakatda qolavergan. Bir 
ulushdan bir otliq harbiy xizmati uchun yer ulushi
93


olgan harbiy xizmatchilarning ko‘pchiligi turli sabab- 
lar bilan xonavayron boldilar. Ulush egalari turli xil 
bahonalar bilan o‘z ulushlarini sotdilar, lekin qonun 
boyicha bu yer ulushlari sotilishi mumkin emas edi. 
Bu holat armiyaning jangovar qobiliyati pasayishiga 
olib keldi. Ot ulushining ko‘p egalari o‘z majburiyat- 
larini bajarmay qoydilar, ya’ni o‘zlarining o‘rinlariga 
armiyaga o‘z xizmatkorlarini yubora boshladilar. Mil. 
aw. V asrda yashagan Ksenofont bu to‘g‘risida shun­
day degan edi: hammomchilarni, nonvoylar, xizmat- 
chilarni otliq qiladilar...». O'zlari esa harbiy ish bilan 
shug4allanmay tekinxo'rga aylangandilar.
Ko'pgina boy yer egalari podshodan immunitet 
yorlig'i olib, harbiy xizmat majburiyatidan ozod bo‘1- 
dilar. Bobilda bu Ahmoniy shahzodalar, fors zoda 
gonlari, Misrda Arsham urug'idan bolgan zodagon- 
lar va boshqalar edi. Bu fors zodagonlarini podsho­
dan uzoqda o‘z saroy, yer-mulklari va shaxsiy harbiy 
qismlari bor edi. Bularning hammasi fors davlatining 
harbiy qudrati zaiflashuvi va halokatiga olib kelgan.
Qadimgi Eron harbiy san’ati to‘grisida rimlik ta- 
rixchi Kvint Kursiy Ruf qiziqarli malumot beradi.Yo- 
zuvchi fors armiyasining harbiy yurishga chiqishini 
batafsil tasvirlaydi.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling