Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

t
Skiflar pistirmalar qo^ib, yovni unga duch qilib
kunduzi va kechasi hujum qilib, birdan g'oyib bolgan- 
lar. Ular dushmanni mayda, kutilmagan hujumlar bi- 
Jan doimo qoVquvda ushlab turganlar, o'zlari esa tut- 
qich bermaganlar. Sak-skiflarning harbiy san’ati yunon 
«га rimliklar tomonidan o'zlashtirildi va ba’zi davrlardan 
|tx)ki hozirgacha turli xalqlar harbiy ishida o'rganilib, 
'qollanilib kelinmoqda. Ulaming taktika va strategiyasi 
ehunchalik darajada mukammal ediki, unga biror nar- 
eani qo‘shish ham, olib tashlash ham mumkin emas 
pdi. Bu haqiqiy, noyob urush san’ati namunasi edi. 
i Doro I ning Shimoliy Qora dengiz boyi skiflari ustiga 
yurishi to'g'risidagi rivoyatda shunday yoziladi: «Doro 
yurishga chiqib, skiflar jairtiga kiradi. Skiflar mamla- 
Jpat ichkarisiga chekinadilar. Shunda Doro ularga o‘z 
jplchilarini yuboradi. Elchilar Doroning talablarini ay- 
^tadilar: siz nima uchun choldagi o'simliklarni yoqib, 
Jilg'a va quduqlarni tosh bilan toldirib yoki zaharli il- 
dizlar bilan zaharlab yo‘q qilyapsizlar? Agar siz o‘zin- 
gizni zaif deb bilsangiz, buyuk podshoga bo“ysuning. 
jQaramlik ramzi sifatida o‘z yeringiz tuprog'idan bir 
.qism va bir ko‘za daiyo suvini bering hamda olpon 
tolang», - elchilar bu so'zlarini skiflarga yetkazadi.
79


Skif yolboshchilari bunga javoban elchilarga bir 
savat berib, uni Doroga sovg'a sifatida yetkazishni ay 
tadilar. Elchilar Doro qarorgohiga qaytib, podshoga 
skiflar sovg'a qilgan savatni topshiradilar. Savat ochil- 
ganda qandaydir bir qush baland ovoz chiqarib koltka 
parvoz qiladi, keyin bir sichqon sakrab chiqib yaqin 
bir joyga yashirinadi. Savatning ichida qurbaqa va 5 
kamon o‘qi yotadi. Doro bularni ко‘rib hayqiradi: «Ular 
baribir bizga bo^sunishga qaror qilibdilar. Sichqon 
yerda yuradi, qurbaqa suvda. Demak, ular bizga yer 
va suvlarini beradilar. Qush ot kabi tez harakat qiladi. 
Bundan chiqadiki, ular bizga o‘z yilqi podalarini ham- 
da mana 5 kamon o‘qi turibdi - bizga o‘z qurollarini 
beradilar». Shunda Doroning dono maslahatchilari- 
dan biri shunday xitob qiladi: «Bunday emas, hukm- 
dor! Skiflar sovg‘alarining mazmunini shunday tu 
shunish kerak: agar siz qush bo lib osmonga uchsan- 
giz, sichqonday yerga yashirinsangiz yoki qurbaqaga 
o*xshab suvga sakrasangiz, ana shu kamon o‘qlaridan 
halok bo lib, o‘z yeringizga qaytmaysiz».
Yunon yozuvchisi Gerodot sak-skiflarning harbiy 
urf-odatlari to‘g ‘risida shunday yozadi:
63. «Qachonki skif birinchi dushmanni oldirganda 
uning qonini ichadi. Ular jang maydonida oldirilgan 
laming boshlarini podshoga olib keladilar. Faqat dush- 
man boshini olib kelgan oljadan o‘z ulushini oladi. 
Boshdan terini quyidagi tarzda sidiradilar: Quloqlar 
atrofida kesiklar qilgach, keyin sochdan ushlab bosh- 
ni teridan ajratib oladi. Keyin terini buqa biqin suyagi 
bilan tozalaydilar va uni qollari bilan ezadilar. Ishlov 
berilgan teridan skif askari qoli uchun sochiq sifatida 
foydalanadi. Kimda bunday ten sochiqlar ko‘p bo Isa, 
o‘sha eng zo‘r erkak hisoblanadi.
Ba’zilar tozalangan terini echki terisi kabi tikib, 
yoping‘ich qiladilar. Boshqalar dushman oliklarining 
o‘ng qollaridagi tirnoqlari bilan ajratib olingan teri-
80


dan o‘z sadoqlari uchun g'ilof tayyorlaydilar. Odam- 
ning terisi haqiqatan yumshoq va yaltiroq, har qanday 
boshqa terilardan ko‘ra ko'proq yaltiraydi. Ko'pgina 
skiflar dushman murdasidan butun terini shiladi, uni 
yog'ochga tortib, keyin uni o‘z otlarida olib yuradilar. 
Dushmanlarining boshlari bilan (hammasini emas, 
faqat eng ashaddiylarini) ular shunday munosabat- 
da boladilar. Boshqa kallalami qoshlarigacha arralab 
olib, tozalaydilar. Kambag‘al bosh chanoqning faqat 
sirtini xom ho“kiz terisi bilan qoplaydi va shunday 
tarzda undan foydalanadi. Boy odamlar esa dastlab 
bosh chanog'ini xom teri bilan tortadi, keyin esa ichini 
oltin bilan qoplab, qadah o'rnida foydalanadi. Skiflar 
hatto o‘z qarindoshlari bosh kallalari bilan ham shun­
day ish tutadilar (agar ular bilan janjallashib, podsho 
sudi oldida biri ikkinchisi ustidan g'olib kelsa). Obroli 
mehmonlar kelganda xo'jayin bunday bosh chanoq- 
larini namoyish qilib, mehmonlarga bu qarindoshlar 
uning dushmanlari bolgani va ulami yengganini esla- 
tadi. Bunday hoi skiflarda ezgu hoi hisoblangan».
XX asrning 70-yillarida Issiqkol qo‘rg‘onida mil. 
aw . V-IV asrda dafn qilingan sak yolboshchisining 
qabri topildi. Sak yolboshchisi qizil charm kamzul 
kiygan bo lib, kamzul boshdan-oyoq tilla plastinkalar 
bilan tikilgan. Boshidagi baland charm qalpoq hayvon 
va qush haykalchalari bilan bezatilgan. U hayotligida 
hukmdor yoki oqsuyak zodagon bolgan deb taxmin 
qilinadi. Hashamatli kiyim, baland qalpoq, tilla kiyim 
va bezaklar shundan dalolat beradi.
Sak-skif armiyasi otliq va piyoda armiyadan tashkil 
topgan bolib, otliq jangchi quyidagicha qurollangan: 
jangchi boshida cho‘qqi qalpoq (charm keyinchalik te- 
mirdan) bolib, u uzun soqol qo^gan, ustiga esa mis- 
dan ishlangan sovut, pastgi qismiga charm ishton, 
oyog'iga esa ishlov berilgan teridan ishlangan oyoq ki­
yim kiygan. Otliq jangchi jangda kamon va qilichdan
81


unumli foydalangan. Piyoda jangchilar q olid a kamon, 
yelkasiga kamon o ‘qlari to ‘ldirilgan sadoq (o ‘qdon), be- 
lida xanjar bilan kamar b o‘lgan.
Shuningdek, otliq qi- 
lich bilan ham yaxshi jang qila olgan. Piyoda kamon- 
chilar qismi jang boshlanganda dushman ustiga o‘q 
yog'dirgan. Ba’zida otliqlar ham piyodalar bilan birga- 
likda dushmanni kamondan o'qqa tutgan. Shundan 
so‘ng otliq qismlar jangga kirganlar.
Sak-Skif jangchisining aqinak (xanjar)lari ishlanishi- 
ga ko‘ra biroz kichik, ammo jang uchun qulay bolgan. 
Bu aqinaklar sopi va qo‘ndog‘i bejirim qilib bezatilgan. 
Katta harbiy mansabdagilaming yoki hukmdor xanja- 
riga mis va oltindan ishlov berilgan. Bundan tashqari 
harbiylar kamon va nayza bilan ham qurollangan. Ka- 
monni yasashda uning yengil va ixcham bolishiga kat­
ta ahamiyat berilgan. Nayza va kamon o‘qining uchlari 
metalldan ishlangan. Qurolsozlik juda yuqori darajada 
rivojlangan. Qurolsoz ustalar kamon, qilich, xanjar, jang 
boltasi, sovut, dubilg'a, qalqonlar yasagan. Otlaming 
egar-jabduqlarini yasash yaxshi yolga qo'yilgan. Otning 
kokragini himoya qiladigan himoya vositasi ishlangan.
mm

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling