Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Kvint Kursiy Ruf. Iskandar tarixi. III. 3, 8-25
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fors arm iyasining yurish tartibi
Kvint Kursiy Ruf. Iskandar tarixi. III. 3, 8-25
Rim tarixchisi Kvint Kursiy R u f 10 jild li «Iskandar tarixi» asarini yozgan. Ushbu asarning 1 -2 jild la ri biz- gacha yetib kelmagan. Kvint Kursiy Rufning yasha gan yillari aniq emas (taxminan mil. avv. I asr yoki eramizning I asrlari). Lekin k o‘pch ilik olim lam ing fik ri- cha, и Rim imperatori Klavdiyning (eramizning 41-54- yillari) zam ondoshi ЬоЧдап. Tarixchi asarida qadimgi fo rs q o ‘shinlariga oid qimmatli m a ’lumotlar berilgan. 94 Fors arm iyasining yurish tartibi 3... (8) Qadimgi odatga ko‘ra, forslarda yurishga chiqishni faqat quyosh chiqishidan boshlash qabul qilingan edi. Qachon yorug‘ kun boshlanishi bilan podsho chodiridan yurishga chiqishga burg'u bilan belgi berar edilar. Podsho chodiri ustida tog‘ billu- ri o'rnatilgan quyosh tasviri yaraqlar edi. Bu tasvir shunday o'rnatilgan ediki, uni hamma tomondan ko'rish mumkin edi. (9) Fors armiyasining yurish tartibi quyidagicha edi: Oldinda kumush mehrob- da olovni olib borar edilar, uni forslar muqaddas va abadiy2 deb, e’tiqod qilar edilar. Bevosita mehrobning orqasidan qadimiy madhiyani kuylagan maglar borar edi. (10) Muqaddas olovga qizg'ish yopinchiq kiygan 365 o‘smir mag hamrohlik qilar edi. Ularning soni yildagi kunlar soniga teng kelar edi, chunki forslarda yil rimliklarnikiga teng edi. (11) Keyin oq otlar Yupi- terning muqaddas aravasini olib borar edi. Bu otlar orqasidan misli ko'rilmagan kattalikdagi otni olib bo rar edilar. Otlarni olib boradigan odamlar oq kiyimda va oltin qamchilarga ega edilar. (12) Ulardan orqada ko‘p miqdorda va kumush o^ma bezaklar bilan qop- langan 10 arava borar edi. (13) Aravalar orqasidan 12 qabilaning bir-biridan qurol-yarog‘i va tashqi ko‘ri- nishi bilan farq qiladigan otliqlar borar edi. Keyin forslar - «olmaslar» deb nomlanganlar borar edi, ular 10 ming atrofida edi. Ular o'zlarining varvar hasham- lari bilan ajralib turar edi; ulardan birlari oltin zanjir taqib olgan, boshqalari oltin bilan bezatilgan kiyim va hatto marvarid tikilgan, uzun yengli tunika kiygan edilar. (14) Ulardan uncha uzoq bolmagan masofada 15000 kishidan tarkib topgan podsho qarindoshlari deb ataladigan qism borar edi. Bu ayollar bezangan 2 Abadiy - otashparastlik dinida quyosh va olov iloh Axura- mazdaning mujassamligi sanalar edi. 95 olomon yaroglarining chiroyligidan ko'ra, kiyimining hashamati bilan o'ziga tortar edi. (15) Ularni orqasi- dan borayotgan qism «Doriforlar» edi. Ular, odatda, podsho kiyimini olib yurar edilar va barchaning us- tidan ko'tarilib turadigan podshoning o‘zi yuradigan aravasi oldida yurar edilar. (16) Uning aravasi ikki tomoni oltin va kumushdan quyilgan xudolar tasviri bilan bezalgan edi. Boyinturuq qimmatbaho toshlar bilan qoplangan edi; undan uzunligi lokot bolgan ikkita oltin haykal ko‘tarilib turar edi. Ulardan biri Ninni, boshqasi Belani tasvirlaydi. Bu ikki tasvirlar o'rtasida qanotlari yoyilgan, go“yoki parvozga tayyor turgan muqaddas oltin burgut turar edi. (17) Pod shoning kiyimi hatto umumiy hasham ichida ham ajralib turar edi; uning qizil libosining o‘rtasi oq bilan tikilgan edi; oltin bilan tikilgan mantiyani bir-birini cho‘qiyotgan oltin kalxatlar bezar edi. (18) Ayollarga o'xshab boglangan oltin belbog‘da aqinak osilgan edi, qini qimmatbaho toshlar bilan qoplangan edi. (19) Po dsho tojini forslar kidara deb atar edilar. Tojning usti oq y o lli ko‘k belbog' bilan boglangan edi. (20) Podsho aravasining orqasidan 10000 nayzabardorlar borar edi. Ular uchlari oltin bilan kavsharlangan, kumush bilan bezalgan nayzani olib borar edilar. (21) Podsho aravasining chap va o‘ng tomonida 200 tacha zoda- gon podshoga hamrohlik qilar edilar. Ularning kolon- nasini 30000 piyodalar tugallar edi, uning orqasidan podshoning 400 ta oti borar edi. (22) Nihoyat, bir stadiya masofada arava yurar, unda Doroning onasi Sizigambani olib borar edilar. Podsho xotini boshqa aravada edi, ikki malikaga hamrohlik qilgan ko'pgi- na ayollar ularning orqasida, otlarda borar edilar. (23) Ularning orqasidan (forslarda) armamaks deb ataladigan 15 yopiq arava3 borar edi. Armamakslar- da podshoning bolalari, tarbiyachilar, bu xalqlarda 3 A rava - kibitka. 96 hech ham tahqirli jonzot hisoblanmagan haram og‘a- lari olomoni borar edi. (24) Keyin podsholar kabi ki- yingan va bezangan 365 podsho joriyalari borar edi. Ularning orqasida 600 xachir va 300 tuyalarda pods ho xazinasini olib borar edilar. Unga kamondan o‘q otadigan o'qchi qo'riqchilar hamrohlik qilar edi. (25) Bevosita bu kolonna orqasidan podshoning do'stlari va yaqinlarining xotinlari hamda savdogarlar olomo ni va oboz xizmatchilari borar edilar, so'ngida yengil qurollanganlarning ar’yergardi - armiyaning to‘zib ketmasligi uchun belgilangan har bir qism o ‘z harbiy boshlig‘i boshchiligida borar edilar.4 Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling