Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Kvint Kursiy Ruf. Iskandar tarixi. III. 3, 8-25


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Kvint Kursiy Ruf. Iskandar tarixi. III. 3, 8-25
Rim tarixchisi Kvint Kursiy R u f 10 jild li «Iskandar 
tarixi» asarini yozgan. Ushbu asarning 1 -2 jild la ri biz- 
gacha yetib kelmagan. Kvint Kursiy Rufning yasha­
gan yillari aniq emas (taxminan mil. avv. I asr yoki 
eramizning I asrlari). Lekin k o‘pch ilik olim lam ing fik ri- 
cha, и Rim imperatori Klavdiyning (eramizning 41-54- 
yillari) zam ondoshi ЬоЧдап. Tarixchi asarida qadimgi 
fo rs q o ‘shinlariga oid qimmatli m a ’lumotlar berilgan.
94


Fors arm iyasining yurish tartibi
3... (8) Qadimgi odatga ko‘ra, forslarda yurishga 
chiqishni faqat quyosh chiqishidan boshlash qabul 
qilingan edi. Qachon yorug‘ kun boshlanishi bilan 
podsho chodiridan yurishga chiqishga burg'u bilan 
belgi berar edilar. Podsho chodiri ustida tog‘ billu- 
ri o'rnatilgan quyosh tasviri yaraqlar edi. Bu tasvir 
shunday o'rnatilgan ediki, uni hamma tomondan 
ko'rish mumkin edi. (9) Fors armiyasining yurish 
tartibi quyidagicha edi: Oldinda kumush mehrob- 
da olovni olib borar edilar, uni forslar muqaddas va 
abadiy2 deb, e’tiqod qilar edilar. Bevosita mehrobning 
orqasidan qadimiy madhiyani kuylagan maglar borar 
edi. (10) Muqaddas olovga qizg'ish yopinchiq kiygan 
365 o‘smir mag hamrohlik qilar edi. Ularning soni 
yildagi kunlar soniga teng kelar edi, chunki forslarda 
yil rimliklarnikiga teng edi. (11) Keyin oq otlar Yupi- 
terning muqaddas aravasini olib borar edi. Bu otlar 
orqasidan misli ko'rilmagan kattalikdagi otni olib bo­
rar edilar. Otlarni olib boradigan odamlar oq kiyimda 
va oltin qamchilarga ega edilar. (12) Ulardan orqada 
ko‘p miqdorda va kumush o^ma bezaklar bilan qop- 
langan 10 arava borar edi. (13) Aravalar orqasidan 12 
qabilaning bir-biridan qurol-yarog‘i va tashqi ko‘ri- 
nishi bilan farq qiladigan otliqlar borar edi. Keyin 
forslar - «olmaslar» deb nomlanganlar borar edi, ular
10 ming atrofida edi. Ular o'zlarining varvar hasham- 
lari bilan ajralib turar edi; ulardan birlari oltin zanjir 
taqib olgan, boshqalari oltin bilan bezatilgan kiyim 
va hatto marvarid tikilgan, uzun yengli tunika kiygan 
edilar. (14) Ulardan uncha uzoq bolmagan masofada 
15000 kishidan tarkib topgan podsho qarindoshlari 
deb ataladigan qism borar edi. Bu ayollar bezangan

Abadiy - otashparastlik dinida quyosh va olov iloh Axura- 
mazdaning mujassamligi sanalar edi.
95


olomon yaroglarining chiroyligidan ko'ra, kiyimining 
hashamati bilan o'ziga tortar edi. (15) Ularni orqasi- 
dan borayotgan qism «Doriforlar» edi. Ular, odatda, 
podsho kiyimini olib yurar edilar va barchaning us- 
tidan ko'tarilib turadigan podshoning o‘zi yuradigan 
aravasi oldida yurar edilar. (16) Uning aravasi ikki 
tomoni oltin va kumushdan quyilgan xudolar tasviri 
bilan bezalgan edi. Boyinturuq qimmatbaho toshlar 
bilan qoplangan edi; undan uzunligi lokot bolgan 
ikkita oltin haykal ko‘tarilib turar edi. Ulardan biri 
Ninni, boshqasi Belani tasvirlaydi. Bu ikki tasvirlar 
o'rtasida qanotlari yoyilgan, go“yoki parvozga tayyor 
turgan muqaddas oltin burgut turar edi. (17) Pod­
shoning kiyimi hatto umumiy hasham ichida ham 
ajralib turar edi; uning qizil libosining o‘rtasi oq bilan 
tikilgan edi; oltin bilan tikilgan mantiyani bir-birini 
cho‘qiyotgan oltin kalxatlar bezar edi. (18) Ayollarga 
o'xshab boglangan oltin belbog‘da aqinak osilgan edi, 
qini qimmatbaho toshlar bilan qoplangan edi. (19) Po­
dsho tojini forslar kidara deb atar edilar. Tojning usti 
oq y o lli ko‘k belbog' bilan boglangan edi. (20) Podsho 
aravasining orqasidan 10000 nayzabardorlar borar 
edi. Ular uchlari oltin bilan kavsharlangan, kumush 
bilan bezalgan nayzani olib borar edilar. (21) Podsho 
aravasining chap va o‘ng tomonida 200 tacha zoda- 
gon podshoga hamrohlik qilar edilar. Ularning kolon- 
nasini 30000 piyodalar tugallar edi, uning orqasidan 
podshoning 400 ta oti borar edi. (22) Nihoyat, bir 
stadiya masofada arava yurar, unda Doroning onasi 
Sizigambani olib borar edilar. Podsho xotini boshqa 
aravada edi, ikki malikaga hamrohlik qilgan ko'pgi- 
na ayollar ularning orqasida, otlarda borar edilar. 
(23) Ularning orqasidan (forslarda) armamaks deb 
ataladigan 15 yopiq arava3 borar edi. Armamakslar- 
da podshoning bolalari, tarbiyachilar, bu xalqlarda

A rava - kibitka.
96


hech ham tahqirli jonzot hisoblanmagan haram og‘a- 
lari olomoni borar edi. (24) Keyin podsholar kabi ki- 
yingan va bezangan 365 podsho joriyalari borar edi. 
Ularning orqasida 600 xachir va 300 tuyalarda pods­
ho xazinasini olib borar edilar. Unga kamondan o‘q 
otadigan o'qchi qo'riqchilar hamrohlik qilar edi. (25) 
Bevosita bu kolonna orqasidan podshoning do'stlari 
va yaqinlarining xotinlari hamda savdogarlar olomo­
ni va oboz xizmatchilari borar edilar, so'ngida yengil 
qurollanganlarning ar’yergardi - armiyaning to‘zib 
ketmasligi uchun belgilangan har bir qism o ‘z harbiy 
boshlig‘i boshchiligida borar edilar.4

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling