Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmoniylar imperiyasida otliq urush taktika- si.
Forslarning zarbdor kuchlari.
Ahmoniylar armi- yasining zarbdor kuchi otliqlar edi. Forslar otliq ar- miyasining eng saylanma korpusi podshoning oldida saflanadigan podsho otliqlari bolgan. Saylanma otliq qismlar aholining imtiyozli fors va Midiya zodagon- laridan olingan. Otliqlarning yengil qurollangan qis- mi sak, massaget va baqtriyaliklardan olingan bolib, ular yuksak jangovar qobiliyati bilan boshqalardan yaqqol ajralib turgan. Yana bir qism otliqlar boshqa xalq vakillaridan olingan. Misr, Xett, Bobil harbiy kuchlarida otliq askarlar sezilarli o'rinni egallamagan. Faqat Ahmoniylar dav lati otliq armiyani jangda birinchi o'ringa qo^a oldi. Chunki Ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan bepoyon chol-dashtlarda o‘nlab-yuzlab xalq-elatlar chorva- chilik, yilqichilik bilan shug'ullangan. Ular mohir cha- vandoz va otda jang qilish qobiliyatiga ega bolgan. Janglarda eng zarbdor o'rinda armiyaning aynan markazi - dushman bilan yuzma-yuz jangda Sak, massaget va baqtriyalik otliqlar yengil kavaleriya- ni tashkil etganlar. Chunki ularning otda jang qilish san’ati mukammal bolib, boshqa biror-bir xalq ular- ga teng kela olmas edi. Sak, massaget va baqtriya otliqlari Ahmoniylar davlati istilochilik urushlarida janglarda hal qiluvchi lahzalarda o‘z jasoratlari, har biy mahoratlari bilan barchani hayratda qoldirganlar. Ahmoniylar imperiyasida otliq urush taktika- si. Artakserks I (mil. aw . 465-424-yillar) armiyada otliqlarning nufuzini kuchaytira boshlagan. Armiya markaziy va mahalliy darajada shakllantiriladi. Mar- kazdagi armiyalar markaziy shaharlarda joylashti- rilgan. Mahalliy armiyalar satrapliklarda joylashti- rilgan bolib, unga satrap emas, podsho tayinlagan harbiy boshliq mas’ul bolgan. Artakserks I davrida sovut kiygan, og'ir qurollan gan otliqlar paydo boldi. Og'ir qurolli otliqlar katta 87 qalqonlar va oldinga chiqib turadigan uzun nayza (sarissa)lar bilan himoyalangan askarlar safini paro- kanda qilishi lozim bolgan. Sovutli otliqlar hujumidan keyin yengil qurollangan otliq qismlar jangga kirgan. Sovutli otliqlar kolonna bolib saflanganlar. Kolonna «to'qmoq» bolib raqibga taran zarbini berib, uni to'zi- tib yuborgan. Lekin bu oglr kavaleriyaning kamchiligi ham bolgan. U sekin burilar va qiyin boshqarilar edi. O glr kavaleriyada otlar ulkan, lekin chaqqon harakat qiladigan, qadimda eng noyob hisoblangan nisa zoti bilan toldirilgan. Yengil kavaleriya esa qorabayir va axaltekin otlaridan iborat bolgan. Taktik jihatdan forslar asosan yengil otliqlar - ka monchi otliqlar va nayza otuvchilardan foydalangan- lar. O glr qurollangan otliqlar - kalta qilich, uzun nay za, cho‘qmor bilan qurollangan, sovut kiygan askarlar edi. O glr qurollangan suvoriylarning zarbi to'qmoqqa obishab dushman piyodalarini to‘zitib yuborishga qa- ratilgan. Ammo o‘sha davrlardagi oglr qurollangan suvoriyning quroli beso'naqay edi. Ular kalta nayzani o'zlari bilan ko‘proq olib yurolmas edilar. Bir suvoriy beshtagacha shunday qurol olishi mumkin bolgan. Bu qurol tugab qolsa, suvoriy qilich bilan jang qilishi- ga to‘g‘ri kelar edi. Suvoriylar uzun nayzani ishlata ol- mas edilar, chunki nayza otliq oyoqlari yaxshi tayanch nuqta bolgan uzangiga tayanishi mumkin edi, lekin u o‘sha vaqtda yo‘q edi. O'sha vaqtda ot egarsiz minilar edi. Shu sababli kavaleriya o‘sha vaqtda asosan yen gil bolgan. Jangda uning samarasi katta edi. Bunday otliqlaming kam harakatli piyodalar qismiga hujumi ularga doimo g‘alaba olib kelgan. Otliqlar piyodalar qatorini o‘qqa tutib, ular safini buzgan. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling