Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Manu qonunlarida harbiy soha
VII. 87. Xalqni qo‘riqlaydigan podsho teng, kuch- liroq yoki zaifroq (dushman bilan jangga) chaqirilgan bolsa, Kshatriy draxmasini bajarib jangdan bosh tortmasin. VII.89. Bor kuchi bilan va о‘girilmaydigan yuz bilan jang qiladigan, janglarda o'zaro bir-birini o'ldirishni istagan podsholar samoga boradilar. VII.96. Kim (shaxsan) jang aravasi, ot, fil, soyabon, pul, don, chorva, ayollar, har xil buyumlar va qim matbaho metalni qo'lga kiritsa - bu uniki. VII.97. (Askarlar) eng yaxshi ulushni podshoga bersinlar. Vedada shunday deyilgan: «Alohida bosib olinmagan (o‘lja) podsho tomonidan barcha askarlar o'rtasida taqsimlanishi lozim». VII. 102. Doimo urushga tayyor turish, hamma vaqt kuchni aniqlash, sirlarini ochish, dushmanning zaifiigini qidirish lozim. VII. 103. Butun dunyo urushga doimo tayyor bo‘l- gandan qo'rqadi, shuning uchun barcha tirik jonlar- ni aynan kuch bilan boysundirish lozim. VII. 106. (Podsho) turna kabi ishlarini oyiaydi. Qu- yon kabi chetga qochadi, bo‘ri kabi (oljani) ushlaydi va sher kabi kuchini ko'rsatadi. VII. 192. Tekislikdagi jangda jang aravalarini va ot- liqlami, suvli joyda qayiq va fillami, daraxt va butazor lar bilan qoplangan joyda kamonni, tepalikda qilich, qalqonlar kabi (va boshqa) qurolni ishlatish lozim. 106 VII. 195. Dushmanni qamal qilib, to'xtash kerak va uning mamlakatini talon-taroj qilish kerak; hamma vaqt uning yem-xashagi, oziq-ovqati, suv va yoqilg'i- sini yo‘q qilish kerak. VII. 198. Dushmanlarni tinch muzokaralar bilan sotib olish, ajratib tashlash - (bu vositalarning) ham- masi bilan yoki har birini alohida -bartaraf qilishga urinish kerak, lekin hech qachon jang bilan emas. VII. 199. Jang qilayotganlarga (har ikki taraf- ga uning oxiri) g'alaba yoki maglubiyat nomalum, shunda jangdan voz kechish kerak. VII.201. G'alaba qilib (yengilgan mamlakatning) xu- dolari va ezgu braxmanlarini hurmat qilish zarur, im- tiyozlar hadya qilish va xavf yo‘qligini elon qilish lozim. VII.202. Barcha yengilganlarning istaklariga tola ishonch hosil qilib (taxtga yengilgan podsho) qarin- doshini o'tkazish va shartnoma tuzish kerak. VII.210. Donolar eng yomon dushman deb aqlli, nasabli, botir, qobiliyatli, saxiy, oliyjanob va qat’iy (dushmanni) elon qildilar. Qonun bo'yicha armiya sarkardaga, xazina va davlat boshqaruvi podshoga topshiriladi. Tinchlik va urush «ittifoqchilarni yarashtiradigan va urishtiradigan» el- chiga bogliq. Podshoning majburiyati mustahkamlan- gan nuqtalami barpo qilish. Qal’a tosh va tuproqdan quriladi. Har bir qal’ani yetarli darajada qurol, pul, don, transportni tortuvchi hayvonlar, jonivorlar uchun xa- shak va suv bilan ta’minlash lozim. Mudofaa inshootla- ri harbiylarning dushmanga qarshiligini kuchaytirgan. «Shahar devoridagi bir o‘qchi - yuzlab dushmanga, yuzlar - o‘n minglarga qarshilik ko‘rsatadi» (74-modda). «Manu qonunlari»da mamlakat xavfsizligi uchun bosh qo‘mondon - podshoning majburiyatlariga katta e’tibor berilgan. Podsho quyidagi sifatlarga ega bolishi lozim: jangda dovyurak bolishi, xalqni himoya qilishi va braxmanlarga bo“ysunishi, urushga doim tayyor turishi, o‘z kuchini ko'rsatishi, o‘z sirlarini yashiri- 107 shi va dushmanning zaif tomonlarini aniqlashi lozim (102-modda). Turnaga o'xshab (podsho) o‘z ishlarini oyiashi lozim; sherga o'xshab o‘z kuchini bilishi lo zim, bo'riga obcshab o‘z oljasini olishi, quyonga obcshab xavfsiz joyga ketishi lozim (106-modda). Eng asosiysi harbiy simi saqlay olish: «Boshqa odamlar maxfiy re- jalarini bilmaydigan o‘sha podsho unda xazina kam- bag‘al bolsa-da, o‘z yeriga ega boladi» (148-modda). Podsho doimo o‘z davlat siyosatining olti ko‘rinishi to'grisida qayg'urishi lozim: boshqa davlatlar bilan itti- foq to‘g‘risida, urush, harbiy yurish, qarorgoh, armiya- ni bolish va yordam izlab topish (160 modda). U harbiy vaziyatni sinchiklab o'rganishi, awalo ittifoqchilaming xatti-harakatini hisobga olib, shundan keyingina hara- kat usuli to‘g‘risida qaror chiqarishi lozim. «Kim kela- jakda foyda va zarami (uning harakati natijasi qanday boladi), kim hozirda tez qaror qiladi, o'tmish oqibatini tushunadi, u dushmanlar tomonidan maglub etilmay- di» (197-modda). Tezkor qaror chiqarish va oldindan ko‘ra bilish g'alabani ta’minlashi lozim. Qonunlar podshodan dushman bilan yashirin aloqa qiladigan do'stdan va dushman lageridan kelgan qo- choqdan ehtiyot bolishni talab qiladi, chunki ular eng xavfli dushmanlar (186-modda). Shu bilan bir vaqtda, podsho dushman armiyasida o‘z podshosiga nisbatan isyonga mojdl bolganlarni rag'batlantirib, ularni isyon kotarishga undashi lozim, boshqacha aytganda, dush man ichida qo'poruvchilik faoliyati bilan keng shug4il- lanishi zarur. Qulay vaziyatda jangga kirish belgilab qoyiladi, lekin qo^ilgan maqsadga muzokaralar, sov- g‘a-salom, do‘q-po‘pisalar bilan erishuv afzalroq, chun ki jangda g'alaba kimga nasib etishi hali noma’lum. Agarda barcha vositalar ishga solinib, maqsad amal- ga oshmagan taqdirda, yaxshi qurollanib dushmanga qarshi jangga kirishmoq zarur. Qonunlar urushni in- kor qilmaydi va uni eng so‘nggi vosita deb hisoblaydi va g'alabani sinchiklab ta’minlashni talab qiladi. 108 Qonunlar urushga tayyorgarlikni tugallab, har biy harakatlar bazasini ta’minlab, dushman tomonga ayg‘oqehilar yuborishni tavsiya qiladi. Keyin o‘z armiya- sini (piyodalar, otliqlar, jang aravalari va fillar) harakat- lanishi uchun yollaming uch turini tayyorlashi lozim. Yurish uchun armiya tez manyovr qilishini ta’minlash uchun olti qismga bolingan. Qonunlarda armiya har biy taktika qoidalariga muvofiq harakat qilishi koYsa- tiladi. Armiya harbiy vaziyatga qarab jangovar tartib- da tuzilishning turli («romb», «ропа», «igna» va hokazo) shakllarini qollash mumkin. Armiya qaysi tomondan xavf tugllsa, shu tomonga harakatlangan. Qanotlarda, oldinda va armiya orqasida hujumni qaytarishga, qar- shi hujumga o'tishga mohir bolgan, jang san’atini mu- kammal egallagan, signallarni biladigan askar guruh- lari mavjud bolgan. Podshoga nilufar guliga o‘xshash tuzilgan harbiy qism o‘rtasida turish tavsiya qilinadi. Manu qonunlarida urush olib borishning axloqiy qo idalariga e’tibor beriladi: urushda tishli o'qlar, zahar- li qurollar bilan oldirish taqiqlanadi. U (podsho) kim jangda tepalikda turgan raqibni, agar o‘zi jang aravasi- da turgan bo Isa oldirishi mumkin emas. Haram og‘a- sini ham, afv etishni so‘rab qolini kotarib turgan dush manni, to‘zib ketgan sochlari bilan qochib ketayotganni, otirganni, «men - seniki» deb aytganni oldirish mum kin emas. Uxlab yotganni, sovuti bolmaganni, qipya- lang‘ochni, o‘zi jangda qatnashmay, jangni kuzatayot- ganni, boshqa dushman bilan olishayotganni. quroli singanni, g‘am-anduhga tushganni, og‘ir yaralanganni, qo'rqib qolganni, qochib ketayotganni oldirmasligi; har qanday bunday holatlarda u «haqiqiy jangchilar» bur- chini unutmasligi lozim (91-93-moddalar). Podsho doi mo aldovlarsiz harakat qilishi, qo'qqisdan kutilmagan- da hujum qilmasligi kerak (104-modda). Qadimgi Hindistonda armiya muntazam bolib, davlat hokimiyati ta’minotida bolgan. Mamlakat tinchligini, chegaralar xavfsizligini ta’minlash uchun 109 harbiy qismlar mamlakatning muhim tayanch nuq- talarida joylashtirilgan. Armiyaning jangovar qobili- yati urush oldidan va urushdan keyin o'tkaziladigan harbiy ko'rikda aniqlangan. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling