Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Mahobhorat yoki Bharata avlodlari
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Mahobhorat yoki Bharata avlodlari
jangnom asi Qorong'i zulmat ichida Duro‘dho‘naning oldiga murabbiy Dro‘naning o‘gli, yosh jangchi Ashvattha- man pisib keldi. Yaqindagina qudratli hukmdor b o l gan kishining qonga belangan holda yerda yotganini ко‘rib u yiglab yubordi, boshini maglub podshosi- ning oyoqlariga qo^di. - Ey ulug‘ zot, - dedi Ashvatthaman, - nahotki, yer yuzida о‘zgarmaydigan narsa bolmasa? Odamning ikkidan biriga hukmdorlik qilgan senday podsho shoqol va sirtlonlar qurshovida g‘arib ahvolda ola- yotirsan. Armiyang qani? Yengilmas harbiy sarkar- dalaring-chi? Ukalaring, o‘rinbosarlaring qayerda? Hammasi, hammasi olim xudosi yolidan ketdi. Yo- ningda hech kim yo‘q. Hech kim senga so‘nggi mar- ta bolsa ham loyiq hurmat ko'rsatmayotir, hech kim sen uchun o‘ch olmayotir. Ashvatthamanning faryodi Duro‘dho‘naning jonini olim uyqusidan uyg'otib yu bordi. Duro‘dho‘na maglubiyatga uchragani uchun alam bilan yiglayotgan bu yigitga murojaat qilib dedi: - Men o‘zim uchun g‘am chekmayman. Ertami, kechmi barcha tirik jonning boshida qazo bor. Men jangchiga munosib olim bilan ketayotganimdan xur- sandman. Seni sog‘-salomat koVganimga ham xur- sandman. Sen hamisha mard va matonatli eding. Bun- dan keyin ham shunday bol. Menga alam qiladigan joyi shuki, armiyam butunlay yakson qilindi, dushman armiyasida esa sog‘-salomat qolganlar ко‘p. - Ey podshohim, - deb qichqirdi Ashvatthaman, - bu fikrlar seni iztirobga solmasin! Hayotim haqqi qa- 110 samyod qilamanki, ko‘p o‘tmay dushman askaridan bitta ham qolmaydi. Meni kut. Bu haqdagi xabarni senga o‘zim keltiraman. Ashvatthaman shunday deb, qiziqqonlik va jaho- lat bilan jangga chanqoq holda Pandavlar qarorgohi tomon chopdi. Bu hodisa ulug‘ jang tamom bolgandan keyingi birinchi kechada bolayotgan edi. Horigan jangchilar dong qotib uxlashardi. Atrofda birorta chiroq ham ko‘rinmas, sado ham eshitilmasdi. Ashvatthaman dushman qarorgohiga yashirinib kirib, kattakon banan daraxti tagiga berkindi va qan- day qilib hamma jangchilarni mahv qilish haqida o'ylay boshladi. U bitmas-tuganmas alam bilan o‘ch olmoqchi bolib kelgan, lekin yolg'iz edi. Uni bu yerda olimdan boshqa nima ham kutar edi. Shu qayg'uli oyiarga borib, nima qilishini bilmay, daraxt tagida o'tiraverdi. To‘satdan qorong'ida uning oyog'i tagiga shamol to‘kkan mevaday bir narsa to‘p etib tushdi. Keyin yana tushdi. Atrofidan shunaqangi to'pillagan ovozlar tez-tez eshitila boshladi. U qolini uzatib, yonida hozirgina tipirchilab jon bergan qush- ni ushladi. Ularning ba’zilari boshsiz, ba’zilari ko'ksi majaqlangan, ba’zilari esa patsiz edi. Ashvatthaman tun sukunatida bu qushlarni kirn о ‘ldirayotganligini bilolmay bananning qalin yaproq- lari orasiga qaradi. To'satdan uning boshi ustidan keng yoziq qanotlari bilan osmondagi yulduzlarni to‘sib bahaybat bir boyqush uchib o'tdi. Shu payt uning miyasiga o‘z raqiblarimni ochiq jangda emas, balki hozir - tunda g'aflatda oldirishim kerak, degan fikr keldi. Ular shu qushlar singari uxlab yotganda- gina hammasini yo‘q qilish mumkin. Tong otib qolsa, unda kech bo'ladi. U qat’iy qaror bilan sapchib o‘r- nidan turdi-da, qoplon singari yerga qapishib, pisib boraverdi va charchab dong qotib uxlayotgan Pandav jangchilarining soyalarini ko‘rdi. I l l «Uyqudagilarni oldirish nomardlik bolmasmikin? - deb u to'satdan o^ylanib qoldi. - Jangchilarning or-nomus qonuni, urf-odatini buzish qanday bolar- kin?» U dushmanga q o l ko'tarishga ju r’at qila olmay ikkilanganicha to'xtab qoldi. Keyin o‘z qo'shinining harbiy sarkardalaridan ko‘p eshitgan quyidagi so'zlarni eslab, shubhalarni quvdi: Raqibni o ‘ylamay mahv etmoq darkor, Qaramay ja roh a t у о charchog‘iga. U у о g ‘aflatdami, y o ‘ldami, aslo Parvo qilma ochlik у о chanqogeiga. Dushm aning jo n bersin azob-dahshatda, Sen o ‘z raqibingni o ‘ldir, albatta, Bahona m a ’zurga sabab b o ‘lolmas, Raqibni o ‘ylamay mahv aylasang, bas. U or-nomus qalqonini ming bolakka bolib, qoliga xanjarini ushlab, uyqudagi jangchilarga zaharli ilonday ovoz chiqarmay tashlanib, zarba bera boshladi. U achin- may rahmsiz ravishda ulami chavaqlayverdi, jangdan sog‘ qolganlaming hammasini qirib tashladi. Olayot- gan jangchilarning ingrashidan uyg'onib ketganlar esa dushmanni koVmasdan xavf qayoqdan kelayotganini bilmay bir-birini dahshat ichida oldirib yuborishdi. Faqat o‘sha kuni qarorgohda bolmagan Pandav- largina bu halokatdan qutulib qoldilar. Ashvatthaman askarlaming hammasini chavaqlab, qarorgohdagi chodirlarga o‘t qo^di-da, qanday kelgan bolsa, xuddi shunday shovqinsiz o'zini qorongllikka urdi. U olayotgan Duro‘dho‘naning oldiga shoshilib keldi, ustiga engashib, tashvishlanib so‘radi: - Ey sherdil inson, gapimni eshityapsanmi? Agar jo- ning chiqmagan bolsa, seni xursand qiladigan gap- larimni eshit. Dushmanning hamma qo'shinlarini o‘z qolim bilan qirib tashladim. Tiriklardan faqat aka-uka Pandavlar bilan Krishna, bizdan esa men bilan yana ik- 112 kita mard jangchi qoldi, xolos. Osmonda mening otam- ni, shu jangda shahid bolganlami ko‘rganingda, ular uchun men qasos olganimni aytib qo“y. Shuni bilki, ey shahanshoh, sen uchun ham qasos oldim. Duro‘dho‘na oxirgi kuchini to'plab turib dedi: - Qo'shinimdan birorta ham jangchi qilolmagan ish- ni sen qilding. Yaxshi qol. Endi men tinchgina olaman. Umrining oxirigacha yaxshilik va haqiqat yoliga tusha olmagan podsho bu so‘zlarni aytib jon berdi. Donishmand Yudhishthira o‘z qo'shinining halokati- ni eshitgach, shunday dedi: - Ajabo, ko'pincha yengilganlar g‘olib chiqadi, yengganlar esa m aglub bolishadi. Kechasi hamma jangchilar bizning aybimiz bilan halok bolishdi. Biz qarorgohni tashlab ketmasligimiz lozim edi. Chindan ham biz okeandan suzib kelib, daryoga cho'kib ket- gan kemaga o‘xshaymiz. B olar ish bolibdi, endi g‘am chekishning foydasi yo‘q. Biz endilikda mamlakat- ni yomonlikdan butunlay xalos qilish hamda xalq farovonligi haqida o'ylashimiz kerak. Shunday deb, bu adolatparvar podsho ukalari bilan ko‘r podsho Dhritarashtraning poytaxtiga qarab jo'nadi.7 Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling