Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Shan-In davrida harbiy soha. 
Yaxshi qurollan­
gan harbiy qism Van hokimiyatining kuchayishiga 
yordam berdi. Mamlakat chegaralarini ko'chman- 
chilardan mudofaa qilish zarurligi va qo'shnilarning 
yerlarini bosib olish zaruriyati harbiy sohani yolga
qoyishni talab qilgan.
Armiyaning asosini jamoachi dehqonlardan rekrut 
tartibida olinadigan piyodalar tashkil etgan. Jangchi­
larning asosiy quroli o‘q-yoy edi. Inlarning kamoni ku-
116


chaytirilgan bolib, o'qlari patli edi, turli shakldagi o‘q 
uchlari bolgan. Jang boltalari, nayza va bronza, su- 
yak uchli kalta nayzalar Shan-In jangchisining quroli 
bolgan. Bundan tashqari, inlarda maxsus qurol - ge, 
o‘ziga xos bolta - xanjar yoki sekira - nayzalar mav- 
jud bolgan. Gening yog'och sopi odam boyiga teng 
bolib, 17 x 22 sm tig‘ga to‘g‘ri burchakli joylashgan. 
Sekira boltaga o'xshab tig l sopi bilan birlashgan. Hi­
moya vositasi qalqon bolgan. Jangchilar boshlariga 
bronza qalpoq kiyganlar.
Jang aravasi va ot Shan-In davridagi yozuvda til- 
ga olinadi. An’yan hududidagi qazishmalardan jang 
aravalarini bezash uchun bronzadan ishlangan 400 
ga yaqin zeb-ziynat asboblari va ot suyaklari topil- 
gan. Vanlar jang aravasida jang qilganlar, armiya­
ning zarbdor qismi otliq va jang aravalaridan tashkil 
topgan. Faqat zodagonlar jang aravalariga ega bolib, 
jang aravalari besh ming kishigacha bolgan, otliqlar 
300 kishini tashkil etgan.
Van (hokim)larda va ularning navkarlarida jez 
qalpoqlar bolgan. Vanlar jang aravalarida urushga 
kirganlar. Jang maydonida jangovar tartib - piyo­
dalar, otliqlar va jang aravalaridan tashkil topgan. 
Shan-In armiyasi asosini 3000 dan 5000 kishigacha 
bolgan harbiy qism tashkil etgan. Askarlar kamon
nayza va 0,9-1,8 metrli tayoqqa o'rnatilgan tigli ale- 
bardaga o'xshash «ко‘» deb atalgan, jangda qalqon 
bilan birga ishlatiladigan qurollar bilan qurollangan.
Davlat ishlarida podshoning maslahatchilari b o l­
gan «Uch oqsoqobning ikkinchisi «otlar boshligl» 
(«podsho mulklari armiyasi boshligl») «qo‘zg‘olonchi- 
larni tinchlantirib turishi» lozim bolgan. Bu amaldor 
harbiy mahkamani boshqarib, butun davlatning har­
biy idora ishlarini yolga qo“ygan. U harbiy xizmatga 
yangi askarlar to‘plagan, harbiy talim-tarbiyaga rah­
barlik qilgan, harbiy inspeksiyaga boshchilik qilgan
117


va armiyaning ta’minot ishlarini boshqarib turgan. 
Shu bilan birga u armiyaga bosh bolib, urush vaqti- 
da unga qo'mondonlik qilgan.
Ba’zi yozuvlarga ko‘ra jangga saf tortishda muay- 
yan qoidalar joriy qilingani faraz qilinadi. Qur’a yo- 
zuvlaridan birida: Bu kecha lagerda biron falokat yuz 
bermasmikan, tun tinch o‘tarmikan, deb so‘raladi. In 
davlatida armiyaning asosini harbiy xizmatga chaqi- 
rilgan oddiy dehqonlardan tuzilgan piyodalar qismi 
tashkil etgan. Bu qadimgi Xitoy yozma tarixiy manba- 
si «Qo'shiqlar kitobi»da obrazli qilib tasvirlangan. Jang 
aravalarida, odatda, zodagonlar jang qilganlar, chunki 
faqat bu zodagonlar katta mablag' talab qiladigan ikki 
ot qo'shilgan aravaga ega bolishga qodir bolganlar.
Shan-In podsholari o'zlariga qoshni jangovar chjou- 
lardan ко ‘chmanchilarga qarshi harbiy yurishlarda 
foydalanganlar. Ко‘chmanchilarga qarshi urushlarda 
ishtirok etganlari uchun Chjou harbiy sarkardalari in- 
lardan yer ulushlari, pul mablaglari olgan. Chjoular 
dehqonchilik, chorvachilik bilan shug4illangan. Yilqi 
chjoular uchun muhim ahamiyatga ega bolib, otlar- 
dan ov va urushlarda foydalanganlar. Chjou qabilalari 
yolboshchisi (Gun) bir vaqtning o'zida harbiy boshliq 
ham bolgan.
Chjou qabilalarida mulkiy tabaqalanish natijasida 
davlat va jamiyat shakllanadi. Mil. aw. XII asrda endi- 
gina tashkil topgan yosh va kuchli chjoular davlati ar­
miyasi zaiflashib borayotgan In davlatiga qarshi urush 
boshlaydi. 0 ‘zaro urushlar girdobida qolgan Shan-In 
davlati kuchli va yaxshi qurollangan Chjou armiyasi 
hujumini qaytarishga ojiz bolgan. Mil. aw. 1122-yilda 
lashkarboshi U.Van boshchiligida Chjou armiyasi hal 
qiluvchi jangda Shan-In armiyasini yanchib tashlay- 
di. Shan-In yerlariga bostirib kirishda U.Van armiyaga 
qat’iy ko‘rsatma beradi: «Shan-In yerlarida biz tomonga 
qochib o'tganlami, ular bizning g'arbiy yerlarimizda xiz- 
mat qilishlari uchun oldirmang».
118



Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling