Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Sin va Xan sulolalari davrida armiya (mil. a w
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Sin va Xan sulolalari davrida armiya (mil. a w .
Ill asrdan - milodiy III asrgacha). Otliq qismda har biy tuzilmaga o‘nlik tizim asos qilib olingan: beshlik - quyi bolinma, ikki beshlik (10 otliq), yigirma besh lik 100, qirq beshlik 200 otliqni tashkil etadi. Jang aravalari: quyi bolinm a - 5 jang aravasi, ikki besh lik - keyingi bolinma, navbatdagilari 50 va 100 jang aravalaridan iborat bolgan. Xitoy armiyasi jang vaqtida shakllangan jangovar joylashuv tartibiga ega bolgan. Markazda jang aravala ri joylashgan, oldinda va qanotlarda piyodalar, orqada esa shunday tartibda transport aravalari turgan. Armi yaning besh qismdan iborat jangovar tartibi: markazda (asosiy kuchlar) armiya qo'mondoni bir «szyun» bilan, qanotlarda bir szyundan, oldinda avangard, orqada 121 ar’yergard turgan. Sakkiz qismdan iborat jangovar tar- tib saflanishi ham qollanilgan; bunday holda har bir burchakda yana bir szyun joylashtirilgan. Armiyaning boshqarish tizimi yaxshi shakllantiril- gan: bolinm a ovoz bilan, birlashma do‘mbira bongi, bayroqlar va nishonlar bilan boshqarilgan. Keyincha- lik yozilgan traktatlardan birida do‘mbira ovozi bilan jang aravalariga, otliqlarga, piyodalarga «qurol, ki- yim-bosh va oyoqqa signal beriladi» deb taltidlangan. Do'mbiralarga uradilar - chiqiladi; ikkinchi marta uradilar - hujumga; bong uradilar - to‘xtash kerak; ikkinchi marta uradilar - chekinish kerak. Bayroq va nishonlar harakat yo'nalishini ko'rsatish va armiyani qayta saflash uchun xizmat qilgan. Mil. aw . Ill asrda kuchayib ketgan Sin davlati va Xitoydagi boshqa davlatlar o'rtasida yetakchilik uchun kurash boradi. Yetakchilikka bosh da’vogar bolgan Sin armiyasining raqib davlat bilan mil. aw . 280-yil Chanjun yonidagi jangda Xitoy armiyasi tak- tikasining o‘ziga xos tomonlari ko'rinadi. Sin armiya siga mohir sarkarda Bo Si boshchilik qilgan. Jangning birinchi bosqichida - Chjou armiyasi ning hujumi va Bo Sining o ‘z lageriga ataylab cheki- nishi yuz beradi. Chjou armiyasi raqib maglub bolmoqda degan to la ishonch bilan Sin armiyasini jadal ta’qib qilgan. Chjoular o'zlari uchun kutilmagan holda raqibning mustahkamlangan lageriga duch keladilar. Jangning ikkinchi bosqichi - Bo Si armiyasi qar shi hujumga o‘tib, Chjou armiyasini maglubiyatga uchratadi. Bo Si o'zining chekinayotgan armiyasini mustahkamlangan lagerga yashiradi. Bu vaqtda pis- tirmadan Chjou armiyasi orqasiga 25 ming kishilik Sin armiyasining bir qismi hujum qiladi. Bir vaqtning o'zida Sin otliqlari raqibga qanot boyicha hujum qi ladi, yengil piyodalar lagerdan chiqib front bo'ylab 122 hujumga o‘tadi. Chjou armiyasi yengiladi. Bo Si o‘z armiyasi o‘rtasida o'zaro harakatni to‘g ‘ri uyushtira- di, armiyaning mohir taktik о‘quv-ko‘nikmasi bolga- ni uchun qarshi hujum yaxshi natija beradi. Xitoyda hukmronlik qilgan Sin sulolasi (mil. aw. Ill asr), Xan sulolasi (mil. aw. Ill asming oxiri - milodiy III asr) davrida Xitoy harbiy san’ati yanada rivojlanadi. Sin sulolasi mil. aw . 2 14-yili jangovar ko‘chman- chi xunnlarga qarshi mudofaa devori «Buyuk Xitoy devori»ni qura boshladi. Buyuk devor Lyadun qol- tig'idan boshlanib, g'arbda tog1 tizmalari, daryo- lar bo'yicha 2500 km cho'zilib, Rixtgofen qoyasida Dzyuyguan qal’asida tugaydi. Xunnlarga qarshi bu devor, qismlar bilan qurilib, amalda bu qurilish XV- XVI asrlargacha cho‘zilib ketgan. Buyuk devor, aso- san, sirti tosh bilan qoplangan tuproq uyumi. Uning balandligi 16 m gacha yetib, pastda uning qalinligi 8 m gacha, eniga kengligi ba’zi joylarda 5 m gacha borgan. Notekis oraliqlarda ichida zinapoyalari bilan to'rtburchakli ikki qavatli minoralar qurilgan. Devor- dagi ko‘p sonli darvozalar yarim doira bolib joylash- gan devorlar bilan himoyalangan. Devorni qo‘riqlaydigan askarlar, har biri 145 ki shini tashkil etgan qismdan iborat bolib, o‘z harbiy boshliqlari bilan tegishli qo‘riqchi minoralar guruhi uchun javob berganlar. Bu chegara armiya askarla ri devordan uzoq bolmagan joyda yer ulushiga ega bolib,bu yerda o‘z oilasi bilan yashab xo‘jalik yurit- ganlar. Buyuk devor Ьо“у1аЬ har 4 km. da quruq о‘tin tayyorlangan, kuzatuvchi postlar joylashgan. Dush man ko‘rinsa, о‘tin yoqilib bildirilgan. Dushmanning soni to‘g ‘risida shartli ravishda qaytariladigan yo- rug'lik signallari, raketalar keng qo'llanilgan. Har bir post o‘ziga berilgan signalni keyingisiga uzatishga maj- bur edi. Qo'riqchi askarlar, odatda, qalqon, qilich va arbalet (mexanik kamon) bilan qurollanganlar. Uch 123 turdagi kamon qollanilgan. Kamonni bukishga ket- gan kuchni sarfi boyicha farqlangan. Har bir askar sadog'ida jez uchli 150 ta o‘q olib yurgan. Xitoy devoridan tashqari harbiy strategik yollar va kanallar qurilgan. Xitoy armiyasi boshqalarga qaragan- da sekinroq harakat qilgan, chunki yollar tosh to'shal- magani uchun tez buzilib ketgan. Xitoyda fortifikatsiya san’ati yuqori darajada rivojlantiriladi. Qal’a va shahar- lami qamal qilish texnikasi, turli qamal qurilmalari ixti- ro qilinadi. Xitoy yaxshi jihozlangan harbiy dengiz flotiga ega bolgan. Bu dengiz floti qadimda janubi-sharqiy Osi- yo mamlakatlarining dengiz qirg‘oqlarini kezib chiqqan. Harbiy yurish davrida armiya dehqon ko'ngillilari bilan toldirilgan. Xitoy armiyasi, asosan, dehqonlar- dan tashkil topgan piyoda qismlari bolgan. Ular ka mon va nayza bilan qurollantirilgan. Qadimgi Xitoyda qo'riqlash xizmati yaxshi yol- ga qo“yilgan. Lekin harbiy razvedka mutlaqo yo‘q edi, dushman to‘g‘risidagi malumotlar keng uyushtirilgan ayg'oqchilar tarmog'i orqali amalga oshirilgan. Shu maq- sadda dushman qarorgohiga muzokaralar olib borish bahonasida elchilar jo'natilib, ulaming vazifasiga dush man mamlakat to‘grisida malumot yig'ish ham kirgan. Asirlardan turli malumotlar olingan. Ammo bulaming hammasi harbiy razvedkaning о'mini bosa olmas, armi- ya tez-tez kutilmagan hujumlarga duch kelgan. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling