Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Qadimgi X itoy harbiy san’ati nazariyasi


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Qadimgi X itoy harbiy san’ati nazariyasi
Donishmand Sun-Szi urushning mohiyati to‘g‘risida:
Urush bu - davlat uchun buyuk ish, bu hayot va 
olim uchun asos, bu tiriklik va olim uchun yol. Buni 
tushunish lozim.
Shuning uchun uning asosiga besh hodisani 
qo‘yadilar...
Birinchi - yo l, ikkinchi - osmon, uchinchi - yer, 
to'rtinchi - sarkarda, beshinchi - qonun.
126


Yo‘l - bu xalq bilan hukmdorning birga olishga, 
birga yashashga tayyor bolishi va qo‘rquv hamda gu- 
monlarni bilmay, xalqning fikri hukmdorning fikrlari 
bilan bir xil bolishidir.
Osmon - bu yoruglik va zulmat, sovuq va issiqlik, 
bu vaqt tartibi.
Yer - bu uzoq va yaqin, notekislik va tekislik, keng- 
lik va torlik, olim va hayot.
Sarkarda - bu aql, insonparvarlik, jasurlik, qat- 
tiqqollik.
Qonun - bu harbiy saf, qo'mondonlik va ta’minot.
Bu besh hodisa to‘g‘risida eshitmagan sarkarda bol- 
masa kerak, kim ulami o'zlashtirgan bolsa, o‘sha yen- 
gadi; kim ulami o'zlashtirmagan bolsa, u yengiladi.
Sun-Szi «Urush san’ati»
Qadimgi davrda Xitoyda harbiy san’at bo“yicha na- 
zariy asarlar yaratildi. Qadimda Xitoy urush san’ati 
nazariyotchilari tomonidan harbiy san’at nazariyasi- 
ga tegishli 7 traktat tuzildi. Ulardan eng qadimgilari 
sarkarda Sun-Szi (mil. aw . VI asr - V asr boshlari), 
U-Szi (mil. aw . IV asr boshlari) yozgan traktatlar hi- 
soblanadi. Sun-Szi traktati Xitoy harbiy san’ati maz- 
munini va eng muhim tamoyillarini ochib beradi. U 
davlatining hukmdori Xolyuy (mil. aw . 514-495-yil- 
lar)ning lashkarboshisi bolgan Sun-Szi «Harbiy 
san’at to‘g‘risida» traktatida о‘zining jangovar tajriba- 
sini umumlashtirdi va asarni 13 bobga ajratdi. Sun- 
szi davlat uchun urushning ahamiyatini aniqlashtir- 
di. Urush bu davlat uchun ulug‘ ish, bu hayot va olim
asosi, bu hayot va olim ga yol. Urushni g'olibona olib 
borish uchun vaqt hisob-kitobi va harbiy geografiya- 
ni bilish zarur. Sun-Szi lashkarboshining qobiliyat va 
ko'nikmasiga e’tibor qaratadi. Urushni tushunadigan 
lashkarboshi davlat xavfsizligining xo‘jayini, xalq taq-
127


dirining egasi. Askarlar aniq vaziyat va lashkarboshi- 
ning reja-niyatlaridan xabardor bolishi kerak emas. 
Askarning urushga faol ishtirokini ta’minlash uchun 
unga oljaning bir qismini berish kerak. Sun-Szi lash- 
karboshining majburiyati to‘g‘risida shunday yozadi: 
Oliy qo'mondonning bilimi uning raqibni baholay bi- 
lishi, g'alabani tashkil eta olishi, joy va masofa mo- 
hiyatini hisobga olishida deb ko'rsatadi. Lashkarbo- 
shining bu bilimidan urushning yutug'i belgilanadi. 
Sun-Szi fikricha, raqibni va o‘z armiyasini bilish hal 
qiluvchi ahamiyatga ega, «shu sababli, agar (raqib)ni 
bilsang, o‘zingni (o‘z armiyangni) bilasan, yuz marta 
jang qilsang ham xavf-xatar bolmaydi; agar o'zingni 
bilsang, uni bilmasang, bir marta g'alaba qozonasan, 
ikkinchi marta maglub bolasan; agar o'zingni ham, 
uni ham bilmasang, hamma vaqt urush qilganing- 
da ham magTubiyatga uchraysan» (III bob, 9 p). Bi­
lim nimaligi, aniqrog'i, bu g'alabani tashkil qiladigan 
barcha qismlar to‘g ‘risida tushuncha beradi.
Sun-Szi urush g'olibona va qisqa bolishi kerak, 
deb talddlaydi. Uzoq davom etadigan urush kuch va 
moddiy resurslarni tugallaydi, hokimiyatni zaiflash- 
tiradi, mahalliy hokimlarning markaziy hokimiyatga 
qarshi isyon ko'tarishiga imkoniyat yaratadi. Qisqa 
muddatli urush u yaxshi olib borilmagan bolsa-da 
muvaffaqiyatli boladi. Uzoq muddatli urush yuqori 
san’at bilan olib borilsa-da, urushning uzoq davom 
etishi g'alabaga olib kelmaydi. Uzoq davom etgan 
urush hech qachon davlat uchun foydali bolmaydi. 
«Urush g'alabani yoqtiradi, lekin davomiylikni emas» 
(II bob, 14 p).
Sun-Szi urush qilmasdan belgilangan maqsadga 
nozik siyosat bilan erishish mumkin, deb hisoblay- 
di. «...Kim urush olib borishni bilsa, begona armiyani 
yengadi, urush qilmasdan, qamal qilmasdan boshqa- 
laming qal’asini oladi; o‘z armiyasini uzoq ushlamay
128


begona davlatni yengadi». Sun-Szi dushmanga qarshi 
kurashning shunday tartibdagi usullarini ko'rsatdi: 
eng yaxshisi, dushmanning niyatini bilish, agar bunga 
erishilmasa «uning ittifoqlarini buzish», bu ham amal­
ga oshmasa», uning armiyasini tor-mor qilish kerak». 
«Shu sababli yuz marta jang qilish va yuz marta g'alaba 
qilish - bu aloning alosi emas; aloning alosi - jang qil- 
masdan dushman armiyasini boysundirish». Sun-Szi 
g‘alabani ta’minlaydigan besh omilni koYsatadi:
- agarda qachon jang qilish mumkin yoki mumkin 
emasligini bilsa yengish mumkin;
- agarda katta va kichik kuchlardan foydalanishni 
bilsa, g'alaba qiladi;
- qayerda yuqori va quyilar bir xil istakka ega b o l­
sa yengadi;
- qachonki o‘zi ehtiyotkor bolib, dushmanning eh- 
tiyotsizlik qilib qoyishini kuta olsa u g'alaba qiladi;
- agarda armiya qo'mondoni qobiliyatli bolib, 
hukmdor unga rahbarlik qilmasa u g'alaba qiladi.
Sun-Szi hukmdorga o‘z armiyasini bilmaganligi 
uchun unga keltiradigan uch kulfatni ko'rsatib o‘ta- 
di: hukmdor armiya hujum qilish yoki chekinishga 
qodirligini bilmasdan hujum qilishi yoki chekinishga 
buyruq bergan taqdirda, bu bilan u armiyani boglab 
qoyadi; qachonki u armiyani davlatni boshqargan- 
dek boshqarsa, bu harbiy qismlarning boshliqlarini 
o'zini у о‘qotib qo“yishga olib keladi; qachonki u ar­
miyaning taktikasini bilmay turib, lashkarboshini 
davlatning tamoyillarida ko'rsatilganidek tayinlashga 
amal qilsa, bu harbiy qism boshliqlarini taraddudga 
soladi, armiyani maglubiyatga olib keladi.
Sun-Szi urushda g'alabani ta’minlashning zaru- 
riy sharti deb harbiy sirning saqlanishini ko'rsatadi. 
«Armiyani harakatga keltirishda o‘z hisob-kitoblaring 
va rejalaring bo“yicha harakat qil va shunday qilki, 
ularga hech kim kira olmasin» (XI bob, 8 p). Lash-
129


karboshi o‘z rejalarining sir saqlanishini ta’minlashi 
uchun o‘z zobit va askarlarini ham adashtirishni tafsi- 
ya etadi. Lashkarboshi «o‘z zobit va askarlarining ko‘z 
va quloqlarini adashtirishni bilishi lozim va ularni bi- 
ror nimani bilishiga y o l qo^ymasligi kerak. U o‘z fikrla- 
ri va rejalarini almashtirishi kerak, qaysiki, boshqalar 
biror nimani tushuna olmasinlar» (XI bob 17 p).
47-rasm. Qadimgi Xitoydagi qal’a-mudofaa inshooti.
Sun-Szi urush harakatlari shakllari masalasiga alo- 
hida to'xtaladi. Urush harakatlarining asosiy shakllari
- bu mudofaa va hujum deb hisobladi va ularga tur­
li sifatlami berdi. «Yengilmaslik - bu mudofaa, g‘alaba 
qilish imkoniyati - bu hujum. Qachonki, mudofaa qi- 
lishga to‘g‘ri kelsa, demak, nimadadir kamchilik bor; 
hujum qilinsa, demak, barchasi mol-kol. Kimki yaxshi 
mudofaada bolsa, jahannamning chuqurligida yashiri- 
nadi; kim yaxshi hujum qilsa, samoning balandligidan 
harakat qilinadi» (IV bob, 2 p).
Sun-Szi harbiy san’atni jang harakatlarini u yoki bu 
shakllaridan ustalik bilan foydalanishda ko‘rdi. «Hu­
jum qilish, shu bilan ishg'ol qilish ehtimoli bu - qa­
chonki u «dushman mudofaa qilmagan joyga hujum 
qilish demakdir; mudofaa qilish shu bilan birga ushlab
130


turish ehtimoli - u hujum qila olmaydigan joy. Shu sa- 
babli, kim hujum qilishni bilsa, raqib qayerda mudofaa 
qilishni bilmaydi; kimki mudofaa qilishni bilsa, raqib 
qayerda unga hujum qilishni bilmaydi, u raqib taqdiri- 
ning hukmdori bolishi mumkin» (VI bob, 4 p).

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling