Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Xunnlarga qarshi kurash.
Sin sulolasining Xitoyda hukmronligi davrida Xitoyning eng kuchli raqibi Mo‘gu- listondagi xunnlar davlati edi. Xunnlar armiyasining asosi tezkor harakat qiladigan otliqlar qismi bolgan. Ular Xitoyning shimoliy hududlariga muntazam bos- tirib kirganlar. Xitoy xunnlaming hujumini qaytarish- dan ojiz edi. Tezkor harakat qiladigan otliq xunnlami Xitoy piyodalari ta’qib qilishdan ojiz edi, bu vaqtda Xi- toy armiyasida otliq qismlari juda o‘z bolib, bu otliqlar jang san’atida xunnlarga teng kela olmaganlar. Bundan 124 tashqari, xunnlar yuqori harbiy mahoratga ega bolgan otliq jangchi bolib, ular uchun urush kundalik xavf-xa- taming bir ko'rinishi bolgan. Xunnlar jang taktikasi va strategiyasini yaxshi o'zlashtirgan bolib, dushman zarbasini qabul qilmay tez chekinish taktikasini qolla- ganlar. Xitoy armiyasi xunnlarni uzoq ta’qib qilish im- koniyatidan mahrum edilar. Mongoliyaga chekingan xunnlar o‘z oziq-ovqat zaxirasidan uzoqlashgan Xitoy armiyasi uchun yengilmas kuch edi. Ko'chmanchilar bilan kurashda Xitoy otliq qism- dan unumli foydalanishga harakat qilib, otliq qismlar soni ko'paytirilgan. Ammo Xitoy otliq qismlari ka- monda bexato nishonga urishda va otda tezkor yu- rishda xunnlarga teng kela olmas edilar. Armiya ta’minoti qiyinchilik bilan amalga oshirilgan. Xunnlar bilan urushda armiya ta’minoti Xitoyning o‘zi- dan asosan suv yoli orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa, ot va eshaklar, qoramol uchun yem-xashak tashish qiyinchilik tug'dirgan. Xachirlar transport vositasi edi, lekin ularga bu muammo edi. Mo‘g\iliston, Sharqiy Turkistonning iqlim sharoitlari harbiy kompaniyaning davomiyligini bir yilda 100 kun bilan chekladi. Mil. aw . Ill asr oxiridan Xitoyda hukmron bolgan Xan sulolasi mil. aw . II asr o'rtalarida xunnlar bilan sulh tuzishga erishdi. Bu tinchlik mil. aw . 135-yil- gacha davom etdi va xitoyliklar bu davrdan hal qi- luvchi jangga tayyorgarlik uchun foydalandilar. U Di hukmronligi davrida (mil. aw . 147-87-yillar) xitoylik lar xunnlarga qarshi zarba berishning aniq rejasini tuzdilar. Xunnlarning armiyasi harakatchan bolga- ni uchun ularga pistirma qurish, xunnlarni tuzoqqa tushirib va qurshab yo‘q qilishga qaror qilindi. Bu vazifani bajarish uchun katta armiya tuzilib, chegara yaqinidagi Ma-cheng shahari yonida to'plandi. Xunnlarga elchi sifatida bir savdogar jo ‘natilib, xunnlarning asosiy kuchlarini Ма-Cheng shahariga 125 kelish taklif qilindi. Xunn hukmdori (Shanyuy) bu taklifni qabul qilib, a lo kamonchi otliqlardan iborat katta armiya bilan Ма-Cheng shahri tomon yurdi. Xunnlar «Buyuk devor»dan tinch o‘tib, shahargacha 50 km qolganda nimadandir shubhalanib orqaga qaytdilar. Ular Xitoy devori minoralaridan biridagi qo‘riqchilarni qo‘lga oldilar va qo'riqchilar boshliglni Xitoy armiyasi qo‘mondonligi rejasini aytishga maj- bur qildilar. Shundan so‘ng ular ichki Mo‘g‘ulistonga jadal chekindilar. Ularni ta’qib qilish foyda bermadi. Natijada, xunnlarning bosqini yanada kuchaydi. Xitoy imperatori armiya boshligl lavozimiga qo- biliyatli harbiy sarkarda Vey-Tsingni tayinladi. Vey- Tsing xunnlarni qurshab olib, yo‘q qilish rejasini tuz- di. 0 ‘zlarining uzluksiz g'alabalaridan mast bolgan xunnlar ehtiyotkorlikni unutdilar. Vey Tsing bundan foydalanib, xunnlarning katta armiyasini qurshovga oldi. Ammo xunn armiyasining asosiy qismi qurshov- ni yorib o‘tdi. Xitoyliklar qolida xunnlarning qarorgo- hi, ayollar, bolalar va 15 ming asirlar qoldi. Bir necha oydan keyin xitoyliklar katta g'alabaga erishdilar. Shundan so‘ng xitoyliklar xunnlarning hududlariga katta armiya yubordi. Xunnlar bir necha janglardan so‘ng ichki Mo‘g‘ulistondan siqib chiqarildi. Mil. aw . 91-yilda shimoldagi xunnlar tashqi Mo‘g‘ulistondan ham surib chiqarildi. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling