Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Saklar.
Ahmoniylar Eroni O'rta Osiyo saklarini boysundirish uchun mil. aw . VI asming 519-yilida armiya to'plagan, lekin qattiq zarbaga uchraganlar. Sak jangchisi Shiroq dushmanni sahroga yo'naltirib adashtirgan. Bir necha kunlar qum-barxanlar ich- karisiga olib kirgan dushman jangovar qobilyatini yo'qotgan. Ochlik, suvsizlik, haddan tashqari issiqdan holdan toygan katta armiya saklaming harbiy qismi tomonidan qirib tashlangan. Bu voqea to‘g ‘risida ta- rixchi Poliyen mil. aw . II asrda o'zining »Harbiy hiyla- lar» asarida yozib qoldirgan. Forslar katta qiyinchilik bilan saklaming bir qismini boysundirgan. Doro I ning hozirgi Kirmonshoh yaqinidagi Behus- tun yozuvlarida saklarga qarshi yurishi to'grisida yozib 75 qoldirilgan: «Doro podsho so'zlaydi: Men armiya bilan birga saklar, dengiz ortida bolgan saklar mamlakati- ga yurdim, ular cho'qqi qalpoq kiyadilar. Keyin men kema ko‘prigini dengiz yaqinida uning o‘rniga qayta qurdim. Bu kema ko'prigidan mamlakatga otdim va men saklami kuchli yengdim, bir qismini men bosib oldim, boshqa qismi menga keltirildi va ularni bosib oldilar, ularning eng kattasi boglangan Skunxa edi, uni menga keltirdilar. U yerda men boshqasini boshliq qildim, meni irodam shunday boldi. Keyin mamlakat meniki boldi» (R.Rajabov. Qadimgi dunyo tarixi xres- tomatiyasi. -Т.: 2013, «ADIB» nashriyoti). Mesopotamiya, Misr, Sharqiy O'rtayer dengizi mam- lakatlari, Kichik Osiyoni bo“ysundirgan Ahmoniylar Eroni uchun sharqiy chegaralar xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan massagetlar, qolaversa, Turon past tekisligining boyliklarini bosib olish asosiy maqsad boladi. Mil. aw. 529-yilda Kayxusrav armiyasi 0 ‘rta Osiyoga bostirib kiradilar. Massagetlar davlati hukm- dori malika To'maris dushman bilan jang qilishda an’anaviy taktikadan foydalanadi. To'maris o‘z armi- yasiga chekinishni, dushmanni mamlakat ichkarisiga ko'proq kirishiga imkon berishga buyruq beradi. Fors- lar massagetlami ta’qib qilib, jadal mamlakat ichiga yo'naldilar. Malika To'maris belgilangan joyda forslar bilan jangga kirishadi. Tarixchi Yustin malumotlariga ko‘ra, jangda 200 ming fors askari qirib tashlanadi. Kayxusrav ham oldiriladi. Gerodot «Tarix»ida Kayxusrav II ning massagetlarga qarshi yurushini shunday hikoya qilgan: Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling