Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Himoya. 
Xettlar hujumda qanday mohir bolsalar
himoyada ham shunday edilar. Xettlar o‘z mamlakatlari 
himoyasini yuqori darajada tashkil etganlar. Mamlakat 
hududida mustahkam shahar va qal’alar bunyod qili­
nib, ulaming har birida himoya uchun tegishli harbiy 
qismlar joylashtirilgan. Hozirgi Turkiyaning Bo'gazqoya 
hududida qadimda xettlar bunyod qilgan qal’a o'zining 
yuqori darajadagi himoyasi bilan diqqatga sazovor. 
Bo'gazqoyada qurilgan qal’aning faqat janub tomoni de- 
vorlar bilan o'ralgan. Qal’aning qolgan tomonlari mus­
tahkam qoya va to'glar bilan o'ralgan. Shuning uchun 
qal’ani boshqa tomonlariga mudofaa devorlari qurishga 
ehtiyoj bolmagan. Shahami himoya qilgan janub de­
vorlari hozirgacha saqlanib qolgan. Himoya devorlari 2 
qismdan iborat bolgan: asosiy qism va yordamchi qism. 
Asosiy qism qalin devor, yordamchi devorlar ancha en- 
siz bolib, asosiy devordan 20 fut uzoqlikda joylashgan.
67


Asosiy devoming o'rta qismi qattiq katta tog‘ toshla- 
ri bilan toldirilgan. Bunday qurilish xettlaming an’- 
anaviy himoya devorlarini qurish uslubi hisoblangan. 
Devorlar balandligi 8-10 metr balandlikda bolgan. Har 
bir devorda darvoza bolgan. Darvoza to‘g‘risida xandaq 
qazilib, ustiga ko'prik qurilgan. Bu ko'prik tunda ko‘ta- 
rilib qoyilgan. Darvoza 14 fut balandlikda joylashgan. 
Bundan tashqari qal’aga kirish uchun maxfiy yollar 
ham bolgan. Bu maxfiy yollar qal’ani dushman bosib 
olishi xavfi tugllgan paytda va qamal qilinganda faqat 
podsho va uning oilasi foydalanishi uchun moljallan- 
gan. Istehkomlar qurilishi to‘g‘risidagi malumotlarda 
sapyorlar haqida faktlar beriladi. O'sha davrda sapyor- 
larning vazifasi qamal qilinayotgan qal’a-shaharlar de­
vorlari tagida lahim qazish, shaharga kiradigan maxfiy 
yerosti yollarini kavlash bolgan.
Davlat hokimiyati tomonidan armiyaning qurol-ya- 
rog‘, oziq-ovqat ta’minoti yuqori darajada tashkil etil- 
gan. Jang aravalarini yasash markazlashgan tartibda 
davlat ustaxonalarida bajarilgan. Podshoning max­
sus buyrug'i asosida jang aravalari tayyorlangan. 
Jang aravasining xomashyosi uchun yog'ochning bir 
necha navlari, charm va metallar ishlatilgan.
Harbiy ishda otlarga ehtiyoj katta bolganligi sababli 
xettlar yilqichilikka alohida e’tibor berganlar. Bizgacha 
Xett podshosi otboqari Kikkulining chavandozlik san’a­
ti otlami parvarish qilish va jang aravalariga qo'shi- 
ladigan otlami tayyorlash boyicha yo'riqnomasi yetib 
kelgan. Otlami aravani tortishga o‘rgatish bo*yicha 
mashqlar o“tkazish yolga qo“yilgan. Mashqlarda aso- 
san otlarda chidamlilik shakllantirilgan. Xett armiya­
sida otlar jang aravalariga qo‘shilgan. Armiya ta’mino- 
tida yuk tashish ot qo'shilgan og'ir aravalarda amalga 
oshirilgan. Armiyaning yuklarini tashish uchun alo- 
hida aravalar yasalgan. Bu aravalarda 2 tonnagacha 
bolgan yukni otlar bemalol torta olgan. Misr manbala- 
rida yozilishicha, Xett armiyasi yuk tashishda eshak,
68


xachirlardan ham foydalangan. Xettlar harbiy yuklarni 
holdz va eshaklar qo'shilgan to “it glldirakli og‘ir arava- 
larda olib yurganlari to‘g‘risida ham malumotlar bor. 
Otlaming nasli muntazam yaxshilanib borilgan. Xett 
armiyasida otliq qismlar ham mavjud bolgan.
Xett podsholarining o‘zlari jang san’atini mukam- 
mal egallaganlar. Ular yoshligidan harbiy ishga o‘r- 
gatilgan. Podsholar Anita, Telepin va boshqalarning 
istilochilik urushlari to‘g‘risidagi yozma matnlar biz­
gacha yetib kelgan.
Qadimda sharq mamlakat- 
laridagi chol va dashtlarda 
yirtqich 
hayvonlar 
mol-kol 
bolgan. Podsholar va aslzodalar 
sher va yolbarslami ov qilish 
bilan ko‘ngil ochganlar. Max­
sus ovchilar shahzoda va oq- 
suyak-zodagonlaming bolalari- 
ni yoshlikdan ov qilish san’atiga 
o'rgatganlar. Hozirgi Turkiya 
hududida saqlanib qolgan re­
lyef tasvirda Xett podsholarin­
ing sher ovi tasvirlangan.
Xett davlatida maxsus dav­
lat idorasi harbiy soha bi­
lan shug'ullanib, armiyaning 
qurol-yarog‘, oziq-ovqat ta’mi- 
noti va askarlar olish bilan 
mashg'ul bolgan. Xett harbiy- 
lari davlat himoyasida bolib, 
ulaming huquqlari qonun bilan himoyalangan. Harbiy 
xizmatdan bo “yin tovlash oglr jinoyat hisoblangan va 
bundaylar olim jazosiga hukm qilingan. Harbiy xizmat 
umrbod bolgan. Xettlar urushlarda asir olinganlami 
ham askarlik xizmatiga olganlar va ularga yer ulushi 
berilgan.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling